Sardor Alimboyev


Ilmiylik tamoyili - tahlil



Yüklə 0,84 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/4
tarix12.12.2022
ölçüsü0,84 Mb.
#73987
1   2   3   4
Iqtisodiy tahlil

Ilmiylik tamoyili - tahlil
o‘tkazishda ilmiy asoslangan
metodika va
tartiblarga tayanish lozimligini
anglatadi. 
Aniqlik tamoyili - 
 o‘rganilayotgan
iqtisodiy hodisa va
jarayonlar
konkret real
ma’lumotlarga
asoslanishi lozim,
natijalar esa aniq
analitik
hisob-kitoblarga
asoslanadi.
Tizimlilik tamoyili – tadqiq
etilayotgan jarayonlar,
iqtisodiy
hodisalar, xo‘jalik operatsiyalari
bir-biri bilan o‘zaro
aloqadorlikda, 
yagona tizimda o‘rganilishini
anglatadi.
Komplekslilik tamoyili - tizimli tahlilning asosiy tarkibiy qismi
hisoblanadi va butun va uning qismlariga dialektik yondashuv sifatida
ko‘rib chiqiladi. Tahlil va sintez birligi haqida mulohazalarga tayangan
holda hodisa va jarayonlarning barcha jihatlari ichki aloqadorlikda
hamda omillar ta’sirida o‘rganish asosida xo‘jalik faoliyati haqida aniq
bilimlarga ega bo‘lish va uni to‘g‘ri baholash mumkin
Iqtisodiy tahlilning asosiy tamoyillari


Muntazamlik tamoyili - hodisadan hodisagacha emas, balki oldin dan belgilangan vaqt oralig‘ida
doimiy ravishda, uzluksiz tahlil olib
borilishini talab qiladi.
Amaliylik tamoyili - korxonalar faoliyatida
kamchilik va xatoliklarni o‘z vaqtida aniqlash va
kelgusida bu holatlarga yo‘l qo‘ymaslikni
anglatadi. Ishlab chiqilgan tavsiyalar belgilangan
natijalarga erishish
maqsadida yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarni bartaraf
etishga yo‘naltiriladi.
Taqqoslanuvchanlik tamoyili - 
taqoqslanuvchanlik shartiga rioya
qilinishini talab qiladi. Taqqoslanuvchanlik
ta’minlanishi uchun
taqqoslanayotgan davrlarda ko‘rsatkichlar
o‘lchanishi va aks ettirilishi
yagona uslubiyot bo‘yicha amalga oshirilishi
lozim.


 Iqtisodiy tahlilning mazmuni predmeti va vazifalari 
Iqtisodiy tahlil fan sifatida obyektiv iqtisodiy qonuniyatlar hamda obyektiv va subyektiv
omillar ta’sirida yuzaga kelgan iqtisodiy jarayonlarni tadqiq qilish bilan bog‘liq maxsus bilimlar
tizimini o‘zida aks ettiradi. 
Amaliy iqtisodiy fanlar tizimida markaziy o‘rinni egallovchi iqtisodiy tahlil bevosita xo‘jalik
faoliyati bilan bog‘liq qator o‘ziga xos funksiyalarni bajaradi. Iqtisodiy qonuniyatlar namoyon
bo‘lishini o‘rganish, korxonalarning aniq sharoitida iqtisodiy hodisalar va jarayonlarning
qonuniyatlari hamda tendensiyalarini aniqlash, ularni tadqiq qilish asosiy funksiyalardan biri
hisoblanadi.
Tahlilning keyingi muhim funksiyasi joriy va istiqboldagi rejalarni ilmiy asoslash hisoblanadi. Ilmiy
asoslangan reja korxonalar faoliyati samarasini baholash mezoni sanaladi. O‘tgan yillar (5-10 yil)
uchun korxonalar faoliyat natijalarini iqtisodiy tahlil qilmasdan, istiqbol uchun asoslangan
prognozlashsiz va korxonalar iqtisodiyotining rivojlanish qonuniyatlarini o‘rganmay turib, o‘ziga xos
ahamiyatga ega bo‘lgan kamchilik va xatoliklarni aniqlamasdan ilmiy asoslangan rejani ishlab
chiqish, boshqaruv qarorlarining optimal variantini tanlashning iloji yo‘q. 


Iqtisodiy tahlil boshqaruv obyekti (xo‘jalik faoliyati)ning asosiy va yirik bo‘limlari
hisoblanadi. Iqtisodiy tahlilni tashkil qilish, obyektlari, vazifalarni yechish usullari
o‘ziga xoslikka ega. 
Moliyaviy-iqtisodiy tahlil (korxonaning moliya xizmati, moliya va kredit
organlari) korxona faoliyati natijalariga: moliyaviy reja bajarilishi, o‘z va qarz
kapitaldan foydalanish samaradorligi, foyda miqdorini oshirish zaxiralarini aniqlash,
rentabellik o‘sishi, korxonaning moliyaviy ahvoli va to‘lov qobiliyati yaxshilanishi
kabilarga asosiy e’tibor qaratadi.
Boshqaruv tahlili korxonaning barcha xizmatlari tomonidan olib borilib, bunda
rahbariyatga rejalashtirish, nazorat, optimal boshqaruv qarorlari qabul qilish,
moliyaviy siyosat masalalari bo‘yicha strategiya va taktika ishlab chiqish, marketing
faoliyati, ishlab chiqarishni tashkil qilish, texnika, texnologiyasi uchun zaruriy
axborotlarni taqdim etish maqsad qilinib, operativ xarakterga ega. Uning natijalari
esa tijorat siri hisoblanadi.


Moliyaviy-xo'jalik faoliyatni tahlil obyektiv va subyektiv omillarga tarkiblash
mumkin. 

Yüklə 0,84 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin