Savod o'rgatish darlarida mantiqiy mashqlarni tashkil etish mundarija


Savod o’rgatish davrida grammatik-orfografik mashqlar



Yüklə 33,91 Kb.
səhifə3/3
tarix25.11.2022
ölçüsü33,91 Kb.
#70494
1   2   3
SAVOD O\'RGATISH DARLARIDA MANTIQIY MASHQLARNI TASHKIL ETISH

Savod o’rgatish davrida grammatik-orfografik mashqlar.

Savod o’rgatish davridayoq bolalar grammatika va imlodan ayrim materiallarni amaliy asosda o’zlashtira boradilar, ya’ni ularga mavzu tushuntirilmaydi, nazariy ma’lumot berilmaydi.


Bolalar og’zaki va yozma nutqni o’zlashtirish va yozma mashqlarni bajarish bilan o’quv yilining ikkinchi yarmida yoki keyinggi sinflarda o’rganiladigan mavzularni o’zlashtirishga tayyorlanadilar.
Savod o’rgatishning birinchi oylaridayoq bolalar Ali, Omon, Olim, Naima kabi ko’p ismlarni o’qiydilar va kishilarning ismlari bosh harf bilan yozilishini amaliy o’zlashtira boradilar.
Bu bilan ular o’quv yilining ikkinchi yarmida o’rganiladigan kishilarning ismi bosh harflar bilan yozilishiga doir imlo qoidasini o’zlashtirishga tayyorlanadilar. Til-dil, olti-oldi kabi so’zlarni o’qishni mashq qilish jarangli va jarangsiz undoshlarni o’zlashtirishga, son-sana, gul-gulchi-guldon-gulzor, bog’-bog’bon-bog’cha kabi so’zlarni mashq qilish esa bolalarning “O’zakdosh so’zlar” mavzusini o’zlashtirishga tayyorlaydi.
Propedektiv mashqlar tizimi boshlang’ich sinflar grammatika va imlo dasturining bosqichli izchillik prinsipi asosida tuzulishiga mos keladi. Amaliy ishlar natijasida bolalarda ma’lum nutq tajribasi, til hodisalarini, so’zni, uning tarkibi va yasalishini, boshqa so’zlar bilan bog’langanda o’zgarishini kuzatish tajribasi to’plana boradi. Mana shu tajribalar asosida o’quvchilar nazariy umumlashmalarni o’zlashtiradilar, bular asosida esa grammatik tushuncha va orfografik qoidalar shakllanadi. “Alifbe” turlari qaysilar?
Tekshirish uchun savol va topshiriqlar:
1. Savod o’rgatish davrida qanday darslar o’tkaziladi? Farqli va umumiy tomonlari, o’xshash tomonlarini izohlang.

  1. Darslarga qo’yiladigan asosiy talablarni ayting.

  2. Umumdidaktik talablar.

  3. Maxsus talablar.

  4. DTS talablari

  5. Ma’naviy-ahloqiy talablar.

  6. Dars turlarini tushuntiring

  7. Savod o’rgatish jarayonida qaysi mashqlardan foydalaniladi?

  8. Analiz-sintez mashqlarini kim ishlab chiqqan? Uning ahamiyatini ayting.

  9. Analiz mashqlarining turlarini ayting. Ulardan qaysi o’rinlarda foydalaniladi?

  10. Sintez mashqlarining turlarini ayting. Sintez mashqlarini uyushtirishda kesma harf va kesma bo’g’inlarning ahamiyatini misollar asosida izohlang.

  11. Tovush va harf tomondan analiz-sintezni engillashtiruvchi vositalar nimalar? Ularni yasang va dars jarayoniga tadbiq eting.

  12. Savod o’rgatish jarayonida tovushlarning to’g’ri va ravon talaffuzi ustida qanday ishlanadi?

  13. Diksiya ustida ishlash mashqlariga nimalar kiradi?

  14. R tovushini nima uchun ayrim o’quvchilar ayta olmaydi?

  15. R tovushini qanday qilib to’g’ri talaffuzga o’rgatish mumkin?

  16. Savod o’rgatish jarayonida o’quvchilar nutqini o’stirishda qanday manbalardan foydalaniladi?

  17. Savod o’rgatish jarayonida o’quvchilar nutqini o’stirish vazifalariga nimalar kiradi?

  18. Savod o’rgatish davrida nutq o’stirishga oid ish turlari nimalardan iborat?

  19. Nazariy materiallarsiz grammatika va imloni amaliy o’zlashtirish deganda nimani tushunasiz?

  20. Analitik-sintetik ishlarning ahamiyatini ko’rsating.

  21. Analitik-sintetik ishlarni o’rgatishda qaysi adabiyotlardan foydalaniladi?

  22. Savod o’rgatish darslariga dars ishlanmasi yozing.

Tayanch atamalar: : savod o’rgatish darslari, darslarga qo’yiladigan talablar, umumdidaktik, maxsus, DTS, ma’naviy, ahloqiy talablar, alifbe tuzilishi, mazmuni, bezagi, analiz mashqlari, sintez mashqlari, kesma harf, kesma bo’g’in, diksiya, tez aytish, artikulvyasiya, unli, undosh, ko’rgazma, fonetika, orfografiya, grafika, kalligrafiya, ma’no, gap, so’z, bo’g’in, o’qish, yozish.


XULOSA
Endigina maktabga qadam qo‘ygan bolaga savod o‘rgatish juda nozik ish bo‘lib, uning qulay usullarini topishga intilish ta’lim jarayonida uzoq tarixga borib taqaladi. Bu haqda Sharq qo‘lyozmalari, jumladan, «Donishnoma», «Qobusnoma» kabi nodir kitoblarda qimmatli fikrlar bitilgan. So‘nggi paytlarda pedagogik tajriba yangi metodlarni maktablarga olib kirmoqda. Aslida, pedagogik tadqiqotlar ijodkori K. D. Ushinskiy savod o‘rgatishda analitik-sintetik tovush metodini kashf etib, «Osonroq narsalarni o‘rganishdan qiyinroq narsalarni o‘rganishga qarab borish» (Y.A. Komenskiy) tizimiga yo‘l ochdi. Mazkur usul hozirgi davrgacha ancha takomillashib, o‘zining an’anaviy tamoyilini yaratdi. Bu metodning afzallik jihatishundaki, unga savod o‘rgatish jarayonida so‘zning eng kichik bo‘lagi, ya’ni nutq tovushlari asos qilib olinadi. So‘zda ma’no o‘zgartiruvchi tovushlarning harfiy ifodasi ishlanib, o‘qish va yozish parallel tarzda o‘rgatib boriladi. Keyinroq atoqli metodist S. R. Redazubov va A.I. Voskresenskayalar tovush metodida xat-savod chiqarishni takomillashtirib, uni analitik-sintetik tovush metodi deb atadilar. O‘tgan asrning boshlarida tashkil etilgan, rus-tuzem maktablarining o‘zbekcha sinflarida tovush metodidan foydalanish boshlanib, tatarcha alifbe o‘rgatildi, biroq kitobning tili va mazmuni sinfga mos kelmas edi. 1902- yilda peshqadam pedagoglardan Saidrasul Saidazizov analitik-sintetik tovush metodi talablariga muvofiq keladigan alifbeni tuzdi va «Ustodi avval» nomi bilan nashr ettirdi. Bu qo‘llanma, asosan, uch qismdan iborat edi: 1. Alifbe davri. Bunda arab harflarining so‘z tarkibida ikki xildan to‘rt xilgacha bo‘lgan ko‘rinishlari o‘quvchilarga tanishtirilib, «Qor», «Uyqu», «G‘or», «Тog‘» kabi o‘zbekcha so‘zlar misol tariqasida keltirildi. 2. Alifbedan keying davr. Bunda bilim olish xususiyatiga va tarbiyaviy mazmunga ega bo‘lgan 50 ta maqola hamda hikoya berildi. 3. Alifboyi Qur’oniy. Bu qismda muallif bolalarni «Qur’oni karim»ni qiroat bilan o‘qishga o‘rgatishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ydi. «Ustodi avval» O‘rta Osiyo hududida hijo metodining o‘rniga tovush metodi tarqalishidagi dastlabki qo‘llanma bo‘lib qoldi. Bugungi kunda ham yozuvimizning to‘rt marta o‘zgartirilganiga qaramay (arab, lotin, kirill, lotin), analitik-sintetik tovush metodi savod o‘rgatishda takomillashgan usulga aylanib qoldi. Endilikda analiz va sintez (yoyish va yig‘ish) savod o‘rgatishning hamma bosqichlariga uyg‘unlashtirilib, bir-biriga bog‘liq holda olib boriladi. So‘z tarkibidan tovushlarni ajratish va uni to‘g‘ri talaffuz qilish mashqida, o‘quvchilarga yangi tovush hamda uning yozuvdagi belgisini o‘rgatishda, mustahkamlash mashqlarida, albatta, analiz-sintez metodidan foydalaniladi. Chunki bu usul o‘quvchilarning o‘qish va yozish malakalarini ongli ravishda o‘zlashtirishga imkon beradi, ularda harflab o‘qishdan bo‘g‘inlab o‘qishga o‘tish malakasini osonlashtiradi. Buning uchun o‘qituvchining mahorati, sinfning ruhiy holatini chuqur anglashi, bo‘g‘in, so‘z va gapga doir ko‘rgazmalarni o‘rinli qo‘llay olishi, darsda didaktik mashg‘ulotga keng o‘rin berishi asosiy rol o‘ynaydi. Shunda Davlat ta’lim standartidagi «harflarni to‘g‘ri talaffuz etish», «So‘zlarni to‘g‘ri o‘qish», «So‘z urg‘ulariga rioya qilish», «Gap ohangiga amal qilgan holda ravon va obrazli o‘qish» talablari yuzaga chiqadi. Pedagogik tajribalarga tayangan holda yangi tovush va harflarni analiz-sintez metodi asosida o‘rgatish quyidagi tartibda olib borilishi maqsadga muvofiq sanaladi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR.
1.Q. Abdullaeva va boshqalar Savod o’rgatish metodikasi. –T.“O’qituvchi”. 1996. 24 – 43 b
2.Boshlang’ich ta’lim jurnallari. 2000- 2007
3 .G’apparova T. Savod o’rgatish. - T : 1997, 10 – 16 – b
4.G’ulomova X. Yo’ldosheva Sh.. Ona tili o’qitish metodikasi. Ma’ruza T.,
Hhttp// www.online bi
Yüklə 33,91 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin