Savod o'rgatish darlarida mantiqiy mashqlarni tashkil etish mundarija



Yüklə 33,91 Kb.
səhifə1/3
tarix25.11.2022
ölçüsü33,91 Kb.
#70494
  1   2   3
SAVOD O\'RGATISH DARLARIDA MANTIQIY MASHQLARNI TASHKIL ETISH


SAVOD O'RGATISH DARLARIDA MANTIQIY MASHQLARNI TASHKIL ETISH

MUNDARIJA

1. Savod o’rgatish davrida o’qish va yozuv darslari


2. O’qish va yozuv darslarining o’ziga xos xususiyatlari nimada?
3. O’qish va yozuv darslariga qo’yiladigan talablar:

    1. umumdidaktik;

    2. maxsus va xususiyatlari.

  1. O’qish va yozuv darslarining turlari.

  2. Savod o’rgatish jarayonida o’qish va yozuv darslari tizimi.

  3. Oz komplektli maktablarda savod o’rgatish darslarining xususiyatlari.

  4. “Alifbe” kitobi va unga qo’yiladigan talablar.

  5. Savod o’rgatish davrida grammatik-orfografik mashqlar. Savod o’rgatish davrida lisoniy bilimlar berish.

  6. Savod o’rgatish davrida nutq o’stirish.

XULOSA
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

KIRISH
O‘qituvchi har bir dars yoki mashg‘ulot maqsadi va mazmuniga mos keladigan motivatsiya me’yorini aniqlashi lozim. Savod o‘rgatishning alifbegacha bo‘lgan davrida maktabga endi qadam qo‘yayotgan bolaning hafsalasini so‘ndirmaslik uchun o‘qituvchi faoliyatida didaktik jarayonning nechog‘liq muhimligini tushunish izoh talab qilmas haqiqatdir. Maktab o‘qituvchi faoliyati bilan bog‘liq bo‘lgan ma’naviyat maskani bo‘lib, bolaning ichki dunyosini nurlantirmog‘i, axloqiy barkamolligini shakllantirmog‘i shartdir. Тa’lim islohoti «Uchinchi ming yillikning bolasi» tayanch dasturini e’lon qilarkan, maktabga tayyorlov davri (6 yoshdan 7 yoshgacha)da bolalarni ma’nan rivojlantirishning quyidagi ta’lim yo‘nalishiga e’tiborni qaratdi:


— bolalarda nafosat va orastalikni tarbiyalash;
— milliy odob-axloq me’yorlarini singdirish;
— jamoat joylarida, uyda tartib va ozodalikni saqlash;
— o‘zini kamtarona tutish;
— bolalarni «Keling, marhamat!», «Mumkinmi?», «Kechirasiz», «Oq yo‘l», «Osh bo‘lsin», «Labbay», «Xo‘p bo‘ladi», «Xush kelibsiz», «Rahmat», «Marhamat», «Xayrli tun» kabi so‘zlarni o‘z o‘rnida qo‘llashga o‘rgatish;
— bolalarni go‘zallikni farqlashga, orasta va chiroyli kiyinishga odatlantirish; — bolalarning badiiy didini o‘stirish;
— bolalarni o‘zi bilgan hikoya, ertak, voqea-hodisalarni so‘zlab berishga, mustaqil ravishda hikoya tuzishga o‘rgatish;
— bolalarda o‘zbek xalq og‘zaki ijodi namunalarini, mumtoz adabiyot vakillari va hozirgi zamon ijodkorlari haqida dastlabki tushunchalarni uyg‘otib, obrazli ifodani his etishga odatlantirish;
— bolalarning adabiy nutqini o‘stirish.Biz alifbegacha bo‘lgan davrni bog‘cha, oila va maktab mushtarakligi asosida tahlil etishni nazarda tutdik.
Bundan tashqari, alifbegacha bo‘lgan davrning tashkiliy-tarbiyaviy vazifalari ham mavjud. Bular:
1.O‘qituvchining bola xarakterini o‘rganishi.
2.Bolalarni maktab va uning ichki intizomi bilan tanishtirish.
3.O‘quv predmeti va o‘quv qurollaridan foydalanish tartibini tushuntirish.
4.Qo‘lni yozuvga tayyorlovchi mashqlar o‘tkazish.
5.Nutq o‘stirish — so‘z talaffuzi, gap tuzish va hikoya qilishni kuzatish.
6.Sodda matnlarni analiz va sintez qilish.
7.Bolalarning fonetik hushyorligini sinash (suhbat asosida). Alifbegacha bo‘lgan tayyorlov davrida bolalar o‘quv ishlari bilan mashg‘ul bo‘ladigan yangi faoliyat turiga o‘tishadi. Barqaror diqqat, kuchli iroda talab qilinadigan bu aqliy mehnat bolalarning yangi sharoitga ko‘nikishida ancha qiyinchilik tug‘diradi. Uni yengillashtirish uchun darsni aqliy mehnat bilan jismoniy mashqlar galmagal o‘tkaziladigan va «o‘n daqiqa» ish turini almashtirib turiladigan yo‘sinda tashkil etish zarur. Unda dars 35 daqiqa davom etadi. Mashg‘ulot yengil muammoli, bahsli, anjuman tarzida o‘tkazilsa, murabbiyning pedagogik mahoratiga bog‘liq holda o‘quvchilarda hosil bo‘ladigan motivlar kuchayadi. Ular topshiriqni to‘g‘ri bajarishga o‘rganadi, o‘quvchilar mashg‘ulot qoidasiga bo‘ysunib, o‘rtoqlari bilan savol-javob qilish odobiga rioya etadi va birbirlarining xatolarini aniqlashga odatlanadi. O‘quvchilarda ta’limga bo‘lgan mehr va jamoatchilikka nisbatan hurmat uyg‘onadi, go‘zal axloqiy fazilatlar tarkib topa boradi. Savod o’rgatish jaraynining bosqichlari:
1.Alifbe davri — savod o‘rgatishning eng mas’uliyatli jarayoni.
2.Alifbe davrining bosqichlarga bo‘linishi:
— 1-bosqichda unlilar va aytilishi oson bo‘lgan undoshlarni o‘rgatish;
— harflar yozuvini o‘rgatish;
— bo‘g‘in va so‘z hosil qilib o‘qish va ularning yozuvdagi ifodasini o‘zlashtirish;
— ongli va ifodali o‘qish malakasini shakllantirish;
— 2-bosqichda tovush va harflarning analiz-sintezini takomillashtirish, artikulatsiyasi qiyin bo‘lgan tovushlarni o‘rganish;
— 3-bosqich mohiyatini belgilash.
3. Alifbe davrining so‘nggi bosqichida o‘quvchilar egallashi shart bo‘lgan malaka va ko‘nikmalar. Mashhur pedagoglardan biri Y. A. Komenskiy shunday degan edi: «Faylasuflar insonni mikrokosm (kichik olam) deyishadi... Hamma narsani bilish inson tabiatiga juda xosdir. Agar yetti yoshli boladan falsafaga oid hamma narsalar oqilona so‘ralsa, bola hamma savollarga javob berishi mumkin, chunki aql-idrok barcha narsani qamrab olishga qodir».
Ana shu yetti yoshli bola — jajji mikrokosm barcha donoliklarning kaliti bo‘lgan bilimni egallashga sa’yharakat qilsa, birinchi qadamni savod o‘rganishdan boshlashi lozim. Unda birgina o‘qish va yozishni o‘zlashtirishning o‘zi o‘tkir aql-idrok bilan hal qilinadigan kashfiyotdir. Bu kashfiyot esa alifbe davrida hal etiladi. Boshlang‘ich ta’limda alifbe davri eng uzoq davom etadigan mas’uliyatli jarayon bo‘lib, unda tirishqoq o‘quvchilar o‘z ona tilisidagi tovushlarni bilib oladilar, barcha harflarni tanib, o‘qish va yozishga o‘rganadilar. Bu davrni shartli ravishda uch bosqichga bo‘lish mumkin: 1-bosqichda a, o, i, u, e, o‘ kabi unli tovushlar, n, m, t, l, b, k,d, g kabi undosh tovushlarning o‘qilishi va yozilishi o‘rgatiladi. Bosqichning asosiy vazifasi quyidagicha belgilanadi: — tovushlarning bosma va yozma shakllarini darslik talabi asosida o‘rgatish;
— so‘z va bo‘g‘inni tovush tomonidan analiz qilish (ana, a-na, a-n-a);
20 — rangli rasmlarda aks etgan predmet atamasi bo‘lgan so‘zni bo‘g‘inlab, kitobda berilgan kubikchalarga joylash;
— bo‘g‘inlab o‘qish asosini yaratish (ma, mi, mo; ma-na, O-mi-na);
— o‘rganilgan tovushlarning grafik ifodasi bo‘lgan bosh va kichik harflarni yozish va so‘z yasash (N,n; O, o; Non);
— ayrim bo‘g‘indan bir necha so‘z hosil qilish (o-na, o-la; lo-la, bo-la, to-la, xo-la, no-la); — ikki-uch gapdan tuzilgan dialogni o‘qish va yozish:
— Shukriya, mana, kitob.
— Yaxshi, lekin bu kitob kimniki, Akmal? — Kitob — Muhammad Aminniki. — harflar tartibini o‘zgartirish bilan so‘zda yangi ma’no yaratishga o‘rganish (o b o d, o s m o n); — 1 4 3 2, 2 1 3 4 5; — matnlardagi katak o‘rniga so‘z topib qo‘yish, o‘qish va qayta o‘z so‘zlari bilan aytish («Odobli bo‘l», «Bo‘ri bilan turna» kabi matnlar). Bu bosqichda bolalarning og‘zaki nutqini o‘stirishga, ifodalilikka, so‘zlardagi ma’noni yo‘qotmaslikka, urg‘uli bo‘g‘inlarga e’tibor berib, diksiyani rivojlantirishga diqqati jalb etiladi.

Savod o’rgatish davrida o’qish va yozuv darslari


Dars ta’limning asosiy shakli hisoblanadi. Savod o’rgatish darslari xilma-xil bo’lishiga qaramay o’qish yoki yozuv darslari va ularning ayrim turlari uchun umumiy bo’lgan asosiy talablar mavjud. Bu o’rinda umumdidaktik talablardan so’rab aniqlanadi. So’ngra ona tili darslariga qo’yiladigan talablar sanab ko’rsatiladi.
O’quvchilar nutqi uchun qayg’urish.
Darsda adabiy til nuqtai nazaridan to’g’ri, ifodali, obrazli, aniq, logik nutq eshittirish.
Darsda nutq madaniyati hukmron bo’ladi.
O’qish va yozuv ko’nikma malakalarini shakllantirish mashqlari darsda etakchi o’rinni egallab taxminan, darsning 3\2 qismiga to’g’ri kelishi lozim.
Har bir o’qish va yozuv darsida “Alifbe”dagi matnlar bilan bir qatorda Q.Muhammadiy, P.Mo’min, A.Obidjon kabi sevimli bolalar shoiri va yozuvchilari asarlaridan namunalar tanlanadi. Shunday qilib, o’qish sinfdan tashqari o’qish, o’qib berilgan matnni eshitish bilan bog’lanadi. O’qish va yozuv darslari bir-biri bilan uzviy bog’lanadi: o’qish darsi o’quvchilarni yozuv darsiga tayyorlaydi, yozuv darsi oldingi o’qish darsining davomi sifatida xizmat qiladi.
Talabalar bilan “Dars va uning vazifalari, qurilishi” haqida suhbat qilinadi. Ularning javoblarini yakunlab, savod o’rgatish darslari quyidagi belgilarga ko’ra farqlanadi.
Savod o’rgatish davrida o’quvchilar bilimi dars jarayonida ishlarga bog’lab aniqlanadi, bog’lanishli nutqni o’stirish ham o’qish va yozuv darslariga uzviy bog’lanib ketadi. O’quvchilarning sinfdan tashqari o’qishlariga rahbarlik qilishlariga haftada bir marta 20 daqiqa ajratiladi.
Savod o’rgatish darslarida vaqti-vaqti bilan dam olish daqiqalari o’tkaziladi. Darslar sistemasi deyilganda o’quv vaqtini mavzularga nazariy va amaliy jihatdan rejali taqsimlangan darslarning mantiqiyligi va istiqboli bir-biri bog’langan dars turlari va unda o’qituvchi bilan o’quvchilar foydalaniladigan asosiy metodik vositalar xilma-xil bo’lgan izchillik nazarda tutiladi.
Amaldagi “Alifbe” darsliklari va ularga yozilgan qo’llanmalarga asosan savod o’rgatishda tayyorgarlik davri uchun 8 dars, alifbedan so’nggi davrga ham 8 dars ajratiladi. Oraliq davr “Alifbe” davri hisoblanadi. Ta’limning har bir bosqichidagi darsning o’ziga xos xususiyatlari mavjud. Darsning tizimini qurilishida ichki mantiqiylik bo’lib, har bir tizimda Yangi tovush harf o’rganiladigan dars bilan Yangi mavzu o’rganilmaydigan darsni navbatlashtirish, orfografiya va so’zning bo’g’in tuzilishi haqida ma’lumot berish, o’quvchilar nutqi va tafakkurini o’stirish kabi talablarga rioya qilinadi. Darslar tizimi takrorlash-umumlashtirish darsi bilan yakunlanadi.
Oz komplektli maktablarda o’qituvchi bir vaqtning o’zida ikki yoki uch sinf bilan ishlaydi. Bunday sinflarda o’qituvchi bir vaqtning o’zida bir necha sinf o’quvchilari bilan ish olib boradi. Bunday sinflarda dars jadvali integrallashtirilgan bo’lishi kerak va darslar 30 daqiqa qisqartirilishi mumkin.
Oz komplektli maktablarda o’quvchilarning mustaqil ishlariga alohida ahamiyat beriladi. Shuning uchun mustaqil ishlar tizimi ishlab chiqilishi zarur. Chunonchi, harf terish kartoni va abak yordamida turli xil analitik-sintetik ishlar yoki hikoya qilishga tayyorlanish, texnika vositalaridan foydalanish va hokazo.
“Alifbe” darsligi sizningcha qanday bo’lishi kerak?” savoliga olingan javoblar umumlashtiriladi.



  1. “Alifbe” materiali bolalarda ongli, to’g’ri, ravon o’qish va to’g’ri yozish malakalarini hosil qilishga yordam berishi kerak.

  2. O’qish uchun berilgan matnlar, rasmlar bolalar saviyasiga mos bo’lishi, shu bilan birga ularning tafakkuri va nutqini o’stirish.

  3. “Alifbe” tuzilishida tovush harflarning tez va ko’p ishlatilishi tamoyilidan foydalaniladi.

  4. “Alifbe” turlarini sanang.

  5. “Alifbe”ning hajmi savod o’rgatishga ajratilgan vaqtga mos bo’lishi kerak.

  6. “Alifbe” mualliflarini ayting.

  7. “Alifbe”ning harfi terilishi, qog’ozi, rasmlarining bo’yoqlari gigienik talablarga javob berishi.

  8. “Alifbe”ning tuzilishi qanday?

  9. “Alifbe”ning tashqi ko’rinishi chiroyli, bolalar diqqatini o’ziga tortadigan bo’lishi kerak.

  10. “Alifbe”, “Yozuv daftari” va savod o’rgatish metodikasi qo’llanmalarini qiyoslang. Savod o’rgatish darslarini tahlil qiling.

Alifbega qo’yilgan barcha talab va tamoyillarni faqatgina alifbe tuzuvchilari emas, balki u bilan ishlaydigan o’qituvchi ham bilishi zarur; o’qituvchi, avvalo, alifbening mazmunini, tuzilishini, yaxshi bilib olib, undagi materialdan pedagogik jarayonni tashkil etish (alohida dars rejasini tuzish, darslar sistemasini belgilash, alifbe materialiga qo’shimcha material tanlash, ba’zi materiallarni qayta ko’rib chiqish)da foydalanadi. Shundagina o’qituvchi kitobga ijodiy yondoshib, undan metodika talablari va o’zining pedagogik tajribasidan kelib chiqib foydalangan bo’ladi.


1. Tovush savod o’rgatishning asosi bo’lib xizmat qiladi. Savod o’rgatish davrida so’z va bo’g’inlarni tovush tomonidan analiz va sintez qilish, tovush va ularning artikulyasiyasini analiz qilish mashqlari o’tkaziladi, diksiya (ravshan, burro gapirish) ustida ishlanadi, logopedik ishlar olib boriladi. Tovush ustida ishlash bilan ayniqsa, kesma harflardan so’z tuzish kabi sirtez qilish pryomlarida birlashib ketadi; tovush va harf o’rtasidagi munosabatni doimo aniqlab borish o’qish malakalari shakllantirish uchun ham, imlo tomnidan savodli yozish asosini yaratish uchun ham foydalidir.
S.P.Redozubov tovushni analiz va sintez qilish metodlarini to’liq ishlab chiqqan. Shulardan, o’zbek tilida savod o’rgatishda quyidagi metodlardan foydalaniladi:
a) Analiz. Analitik ishlar. Analitik-sintetik ishlar.
1. Nutq (gap) dan so’zni ajratish; so’zni aniq taffuz qilish; bo’g’inlarga bo’lish va bo’g’inlarni aniq talaffuz qilish; urg’uli bo’g’inni ajratish va uni boshqa bo’g’inlardan farqlab, kuchli talaffuz qilib o’qish, maxsus tovushni ajratgan holda so’zni bo’g’inlab o’qish (aaaa-na, nooon, iiil. Sssa-na, yyyo’l, ki-yyyik, iiish).
2. Shu darsda o’rganiladigan Yangi tovushni ajratish. Yangi tovushni birnchi marta ajratishning bir necha usuli bor:
a) so’zdan tovushni uzun talaffuz qilib ajratish: aaa-na, looo-la, iiin, booo-la;
b) undosh tovushni yopiq bo’g’indan ajratish: Usss-mon, O-limmm, O-minnn.
v) sirg’aluvchi undoshni ochiq bo’g’indan ajratish: sssa-na, to-yyyb, zzzi-rak.
s) bo’g’in hosil qilgan bir unlini ajratish: o-na, u-num, o’-tin, yo-rug’, o-ta, yu-tuq, u-zuk;
d) o’rganilgan tovushni so’z boshida kelgan so’zlardan ajratish (so’zni o’qituvchi aytadi, birinchi tovushni esa o’quvchi aytadi): nok, tok, lola, ...;
e) rasm nomini ifodalovchi so’zni aytish; o’qituvchi nokning rasmini ko’rsatib, noo deydi, o’quvchilar k tovushini o’zlari qo’shadilar: nok.
Asosan, darsda yangi tovush birinchi marta ajratib, talaffuz qilingandan so’ng, shu tovush so’z boshida, o’rtasida, oxirida kelgan va aniq talaffuz qilinadigan so’zlar tanlanib, o’quvchilarga talaffuz qildiriladi: k tovushi uchun: kuz, tik, tok.
O tovushi: olma, osh, O-mon;
D tovushi: dog’, Odil (so’z oxirida jarangsizlashadigan ozod, hisob kabi so’zlarni tanlash tavsiya qilinmaydi).
3. So’zdagi tovushlarni sanash va ularning nomini tartibi bilan aytish, sonini aniqlash, bo’g’inlarni sanash: olma – ol-ma, o-l-m-a; 4 ta tovush, 4 ta harf, ikki unli tovush, ikki undosh tovush, ikki bo’g’in... Bu priyomdan o’quv yilining ikkinchi yarmida va keyinggi sinflarda ham fonetik tahlil sifatida foydalaniladi.
4. Jarangli va jarangsiz undoshli so’zlarni taqqoslash: dil-til, oldin-oltin, tog’-tosh, moy-choy-loy-boy-soy-toy kabi.
Savod o’rgatishda analiz-sintez bir-biridan ajratilmaydi. Chunki, analiz o’qish jarayonini egallash uchun zamin yaratadi, sintez esa ko’proq o’qish malakasini shakllantiradi.
b) Sintez: sintetik ishlar. Analitik-sintetik ishlar.
1. Tovush tomonidan analiz qilingan so’zni yoki bo’g’inni talaffuz qilish va uni kesma harfdan tuzish (yozish); shu so’z yoki bo’g’inni o’qish.
2. O’rganilgan undosh bilan (na, no, la, lo, ni, li, bi, si, ma, mo, mi, ta, to, ti, dl, do, so, sa, ..) bo’g’in jadvalini tuzish; bo’g’in jadvalini kitobdan yoki matndan o’qish; kesma harflardan bo’g’in jadvalini tuzish.
3. Bola-lola-tola, boy-toy-soy-loy, baxt-taxt, ona-ota, mosh-bosh kabi bir undosh harf bilan farqlanadigan yoki ona-ana, ukki-ikki, osh-ish kabi bir unli harf bilan farqlanadigan so’zlarni o’qish (bunday so’zlarni o’quvchilarning o’zlari topib o’qishlari mumkin).
4. So’zning boshiga yoki oxiriga bir harf qo’shib, Yangi so’z hosil qilib o’qish; ola-lola, osh-bosh, oy-toy, boy, soy, loy; o’roq-so’roq; ol-hol, sol; sava-savat, elka-elkan; son-oson; ayiq-qayiq; o’lka-yo’lka; olti-oltin; oldi-oldin.
5. So’z o’rtasiga harf qo’shib, Yangi so’z hosil qilib o’qish: ko’mak-ko’lmak, ziray-ziyrak, tana-tashna, osha-oshna.
6. Bo’g’inlarni almashtirib Yangi so’z hosil qilish va o’qish: Gulnor-Norgul.
7. Tovushlarning o’rnini almashtirib Yangi so’zni hosil qilish va o’qish: somon-osmon, tilak-kalit, qo’y-yo’q.
8. Tovushni yoki bo’g’inni tushirib qoldirib Yangi so’z hosil qilish va o’qish: anor-nor, gulnor-gul, elkan-elka, bog’la-bog’.
Bo’g’in qo’shib Yangi so’z hosil qilish va o’qish: bog’-bog’cha, gul-gulzor, bog’bon, dorboz.
Sintetik ishlarning bu priyomlari tovush ustida ishlashni harf ustida ishlash bilan birga qo’shib olib borishni talab qiladi. Bu ish priyomlari qiziqarli bo’lib, darsda yarim o’yin holatini vujudga keltirishga imkon beradi.
Xulosa qilganda faqat analiz yoki faqatgina sintez bilan kifoyalanib bo’lmaydi, ammo tafakkur faoliyatining u yoki bu turi etakchi rol o’ynaydi. So’zni analiz qilish bilan o’quvchi so’zni leksik ma’noga ega bo’lgan bir butun sifatida anglaydi, bu sintezdir; so’z sintez qilinganda uning tovush tarkibiga diqqat jalb etiladi, bu esa analizdir.
Umuman, savod o’rgatish jarayonida analitik-sintetik ishlar sistemasi bolaning aktiv fikrlashini ta’minlaydi. Analitik-sintetik ishlar usuligina o’quvchilarning bilish mustaqilligini ta’minlaydi, muammoli vaziyat yaratadi, bolalarda kuzatuvchanlikni, ziyraklikni o’stiradi.
Tovush-harf tomonidan analiz va sintezni engillashtiradigan foydali vositalar sifatida kesma harflar, kesma bo’g’inlar va harf terish polotnosi, shuningdek, harf yoki bo’g’in abak, kadoskopdan foydalaniladi; tovushlarning talaffuzi ustida ishlash uchun, shuningdek, yozib olingan ifodali nutqni (asosan, badiiy asarni) takroriy eshittirish uchun magnitafon (yoki lingafon) kabineti xizmat qiladi.
V) tovushlar artikulyasiyasi, diksiya ustida ishlash.
Analiz-sintez ishlari sistemasida tovushning o’zini analiz va sintez qilish, tovushni talaffuz qilish vaqtidagi nutq apparati organlarining holati va harakatini kuzatish (analiz) va harf bilan ifodalangan tovush va tovushlar birikmasini talaffuz qilish maqsadida nutq organlarini zarur holaga keltirish(sintez) muhim o’rin tutadi masalan: u tovushning analizini olsak: til tanglayga tomon baland ko’tariladi, tanglay bilan til orasida torgina bo’shliq qoladi, lablar bir-biriga yaqinlashib yumshoqlashadi, ovoz hosil bo’ladi;
R tovushining sintezi og’iz ozroq ochiq tishlar orasida bo’shliq bo’ladi, lablar ozgina kengroq tortilgan, til ozroq orqaga itarilgan va tanglay (tepa)ga tomon baland ko’tarilgan holatda; ovoz eshitiladi, o’tayotgan havo kuchi bilan tilning uchi titraydi.
Sinfda barcha tovushlarning artikulyasiyasi (hosil bo’lishi) va ko’rsatib bo’lmaydi. Masalan: afrikatlar (ch, j) , chuqur til orqa (q, g’, x), bo’g’iz tovushi (h) artikulyasiyasini ko’rsatish qiyin. Ammo bunday tovushlarning hosil bo’lishini tushuntirish uchun o’qituvchi, o’quvchilar diqqatini jalb qilgan holda, tovushni talaffuz qilib ko’rsatadi, so’ngra o’quvchilar talaffuz qiladilar. Bunday usulni bir necha bor takrorlagan ma’qul.

Diksiya ustida ishlash o’quvchilar nutqini tushunarli, sof, aniq, jarangdor bo’lishiga erishishdir. Bu savod o’rgatish uchun ham, ifodali o’qish, orfoepik va orfografik malakani, jo’rovozlik ko’nikmasini o’stirish uchun ham juda muhimdir. Ya’ni diksiya tovush hosil qiluvchi apparatning egiluvchanligiga bog’liq, shuning uchun diksiyani o’stirish mashqlari tovush hosil qiluvchi apparatning elastikligini o’stirishga qaratiladi.




Yüklə 33,91 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin