Kurs ishining vazifasi: “Ta'lim to’g’risida”gi Qonun hamda Kadrlar tayyorlash milliy dasturining mohiyati barkamol avlodni tarbiyalashga qaratilgan bo’lib, unda quyidagi vazifalar bеlgilab qo’yilgan. Xususan, yoshlarni ma'naviy-axloqiy jihatdan tarbiyalash, yosh avlodni ma'naviy-axloqiy tarbiya asosida yеtuk qilib tarbiyalash, talabalarning ma'naviyatini milliy istiqlol g’oyasi asosida tarbiyalash va shakllantirishda ommaviy axborot vositalari imkoniyatlaridan kеng va samarali foydalanish, yoshlarda Vatanga va xalqqa muhabbat, yurt farovonligi uchun kurashish,
insonparvarlik, o’zlikni anglash, milliy qurur, milliy iftixor, o’zga millat kishilari va ularning sadriyatlarini xurmat qilish kabi fazilatlarni tarbiyalash, yoshlarda vijdon erkinligi, ta'lim-tarbiya masalalari ustuvor vazifa sifatida amalga oshirilmoqda.
I BOB SAVOD O’RGATISH METODIKASI TARIXIDAN.
Savod o’rgatish metodlarining qiyosiy-tanqidiy tahlili
Eski maktabda o’qish bilan yozish bir vaqtda o’rgatilmagan, avval faqat o’qish o’rgatilgan. O’qish hijo (bo’g’in) usuli bilan o’rgatilgan. O’qishga o’rgatishning “hijjai qadimiy” deb atalgan usuli asarlar davomida hech qanday o’zgarishsiz davom etib kelgan.
Hijo usulida o’qishga o’rgatishni 3 bosqichga bo’lish mumkin.
1-bosqich. Harflarning nomini yodlatish (harfiy metod). Bu metodning mohiyati asosan quyidagilardan iborat: bir necha yildan beri o’qiyotgan bolalar maktab xonaga Yangi kelgan bolaga bir necha kichik-kichik surani og’zaki yodlatgan. Bola aytayotgan suradagi so’zlarining ma’nosini tushunmay, ularni birin-ketin yodlab olgan, bu orada taxminan bir yilga yaqin vaqt o’tgan. SHundan keyin arab alfaviti yodlatila boshlagan; bola uyida har ikki tomoni randalanib silliqlangan maxsus taxta olib kelgan. Maktabdor taxtaning bir tomoniga qora siyoh bilan 28 ta arabcha harfning yolg’iz shaklini alfavit tartibida bandlarga bo’lib yozib bergan.
Maktabdor birinchi banddagi harflarning nomini alif, be, te, se deb aytgan; bola domlaga ergashib takrorlagan; ayta olmasa, domla Yana aytgan va shuni yaxshilab o’rganishni vazifa qilib topshirgan. Bola birinchi bandni yodlab olgach, ikkinchi bandni shu tariqa yodlagan va h. Bolalar 26 harf nomini 5-6 oyda zo’rg’a bilib olganlar. Ular harflarning nomini yodlab olsalar ham, qaysisi be, qaysisi se ekanini ko’rsatib bera olmaganlar. Ayrim domlalar, otinoyilar yosh bolalarning eslab qolishiga yordam berish maqsadida har bir harf uchun shartli iboralar o’ylab topganlar (- uzunchoqqina alif, bittagina be, - ikkitagina te, uchtagina se kabi).
Dostları ilə paylaş: |