Savol ashel Ashel madaniyati



Yüklə 0,56 Mb.
səhifə5/22
tarix22.10.2023
ölçüsü0,56 Mb.
#159550
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22
daktarantura savollari

Mustye madaniyati, mustye davri — ilk paleolit davriningeng soʻnggi madaniyati (mil. av. 150—40 ming yillik). 19-asrning 60-yillarida fransuz arxeologi G. Mortilye Fransiyaning janubi-gʻarbidagi Le-Mustye (Le Moustier) gʻoridan suyak va tosh qurollar topganligi uchun shu nom bilan yuritiladi. Bu davrda yashagan odamlar ne-andertallar nomi bilan fanga kirgan. Mustye madaniyati uchun gardishsimon nukleus va 3 burchakli tosh parrakchalar xos boʻlib, ular yogʻoch yoʻnish, ishlash, kiyim va qurol tayyorlashda ishlatilgan. Mustye davrida nayzasimon tosh qurol, oʻroqrandaqumtosh yoki ohaktoshdan yasalgan sharlar, Mustye madaniyatining oxirida esa keskich asboblar — qirgʻich, pichoq hamda suyak qurollar paydo boʻlgan. Mustye davrida odamning jismonii qiyofasi takomillasha borgan. Qad. odam (pitekantrop va sinantrop) oʻzgarib, hozirgi tipdagi odamga yaqinroq boʻlgan neandertal shakliga kiradi. Bu odam miyasida nutq markazi yuzaga keladi hamda uning jismonii qiyofasi oʻzgara boradi, bu uning ish vaqtida erkin harakat qilishini taʼminlaydi. Olovni saqlab qoʻyishdan uni ishqalash yoʻli bilan hosil qilishga oʻtilishi Mustye davrining muhim yutugʻidir. Toshni ishlashda levallua texnikasidan foydalanilgan. Mustye madaniyatida gʻor va ochiq manzil-gohlarda neandertal odamlar yashabmamontayiqshimoliy bugʻusi kabi hayvonlarni ovlab, isteʼmol qilishgan hamda terimchilik bilan shugʻullangan. Mustye davri qarorgohlarida oʻchoq, kuygan suyak va kabrlar uchraydi. Qabrlar va ulardan topilgan buyumlar dafn marosimlarida diniy eʼtiqodlar turila boshlaganini koʻrsatadi. Mustye madaniyati yod-gorliklari YevropaAfrikaYaqin SharqdaRossiyaning Yevropa qismida, KavkazOʻrta Osiyo va Qozogʻistonda topib tekshirilgan. Oʻzbekistonda — Surxondaryo (Teshiktosh gʻori), Samarqand (Omonqoʻton gʻoriQoʻtirbuloq ma-koni, Zirabuloq, Xoʻjamazgil makoni), Toshkent viloyati (Obirahmat gʻoriKoʻlbuloq makoniXoʻjakent makoni, Paltov), Fargʻona vodiysi (Qalʼacha makonlari, Soʻx daryosidagi makonlar), Navoiy viloyati (Uchtut)da Mustye madaniyati yodgorliklari topilgan va tekshirilgan. Hozirgi vaqtda Oʻrta Osiyoda neandertal zamondoshlari yashagan makonlar 90 dan ortiq joyda uchratilgan.
Must’e davri–asheldan keyingi, xronologik jihatdan muzlikning riss bosqichiga muvofiq keladigan davrdir. Bu bosqich bir necha 10 ming yillar davom etgan bo’lib, taxminan 40 ming yillar burun tugagan va u Frantsiyadagi Must’e g’or-makoni nomi bilan atalgan.
Must’e madaniyati–neandertal odamlar hayoti, faoliyati, maishiy munosabatlarining aks etishidir. Bu davrda neandertallar keng territoriyaga yoyilgan, tabiat bilan ilk paleolit odamlariga nisbatan faolroq munosabatga kirishgan. Tabiiy sharoit sovub, Evropa, Osiyo, Amerika shimoliy viloyatlarining katta qismini ulkan muzliklar qoplagan. Sharqiy Evropa hududlariga ham muz qatlamlari siljigan (uning markaziy Skandinaviya bo’lgan) va qalinligi 2 km.ni tashkil etgan. Xatto must’e bosqichida O’rta va xarbiy Sibirni ulkan muzlik qatlami qoplagan. Shimoliy-Sharqda esa markazi Chukotka bo’lgan muzlik qoplagan. Umuman, million km2 ni muz qoplab, bu joy inson faoliyat ko’rsata olmaydigan hududga aylangan.
Must’e davrida – mamontlar, shimol bug’ilari va boshqa hayvonlar keng tarqalgan.
Muzlikning siljishi natijasida ob-havoning sovushi qadimgi odamlarni tabiiy sharoitga moslashishiga turtki bo’ladi. Qadimgi odamlar tabiatning dahshatli sinovi (sovug’i)ga chidash uchun yashash zaruriyatining turli formalarini topishga harakat qiladi. Bu harakat (sovuqdan saqlanish, kiyim kiyish, ehtiyojni qondirish) natijasida insoniyat o’z taraqqiyotida hal qiluvchi asosiy qadamlardan birini tashladi.
Insonning rivojlanish jarayonida ongning taraqqiysi asosiy hal qiluvchi omillardan biridir. Must’e davrida yashagan va antropogenez jarayonida 2 chi asosiy hal qiluvchi bosqich hisoblangan – neandertallar dunyoni bilish, tabiat to’g’risida, undagi o’zgarishlar va real voqealarcha munosabat borasida ma’lum fikrga kela boshladi. O’z faoliyati davomida bilimga ega bo’lish va fikrlash ko’nikmalarini sekin-asta egallanishi odamni (insonni) rivojlantiradi. Natijada tabiatdagi voqealarning sehrli tuyulishi ta’sirida dastlabki diniy tasavvurlar paydo bo’ladi. Ya’ni hayratlanish, o’zgarishlarni sehr sifatida idrok etilishi . . . murdalarni ko’mish – chuqur kovlash, murda yoniga uning qurollarini quyilishi... va hakozolar «narigi dunyo» yoki ruh haqidagi tushunchalarni paydo bo’lganligidan dalolat beradi.
Must’e davrida tabiatning keskin o’zgarishi odamlar faoliyatida, hayotida katta muammolarni keltirib chiqardi. Avvalgi issiq iqlim o’rniga muz sovug’i - havoning keskin o’zgarishi yashash zaruratini qiyinlashtirdi. Ko’plab odamlar sovuqdan qirilib ketadi. Tabiat bilan kurashib, mol terilaridan kiyimlar tikib, ochiq manzilgohlardan baland g’orlarga joylashgan odamlar jon saqlab yangi sharoitga ko’nika boshlagan.
Gorlarga joylashgan odamlarni uzoq vaqt kollektiv mehnat faoliyati bog’lab kelgan. Ularning asosiy xo’jalik mashg’uloti – ovchilik bo’lib, u ehtiyojni qondirishdagi asosiga aylandi. Odamlarning birgalikda yashashi va uning zaruriyatga aylanishi («kollektivda» yoki g’or ichida) ichki maishiy munosabatlarni shakllanishiga olib keladi.
Must’e bosqichi ibtidoiy jamiyat ishlab chiqaruvchi kuchlari rivojlanishida katta ahamiyat kasb etadi. Chunki bu davrda o’zining ishlab chiqarish funktsiyalariga ko’ra turli tuman bo’lgan tosh qurollar paydo bo’ladi. Hozirgi kunda must’e madaniyat qurollarining 60 turi topib o’rganilgan. Chaqmoqtosh qurollar yasashning yangi texnikasi must’e davrida keng yoyildi. Qurollar yasashning yangi usuli yorma texnika deb ataladi. Bu usul orqali tosh qurolning bosh tomoni urib uchirilib, tekis maydonga hosil qilinadi. U zarb maydonchasi deb ataladi. Shunday maydoncha hosil bo’lgandan keyin uning chetlaridan avvalgi texnika usuli vositasi bilan hosil qilish mumkin bo’lmagan yupqa tosh parchalarini birin-ketin uchirib olishga imkon tug’ilgan. Tosh parrakchalar uchirib olinib bo’lgach, nihoyat tosh bo’lagidan boshqa uchirib bo’lmaydigan, tashqarisi tarashlangan o’zak qolgan. Bu o’zak nukleus bo’lib, urib uchirish uchun ishlatiladigan yaxlit tosh esa ushatgich deb atalgan. Must’e uchun ikki asosiy qurol turi: o’tkir uchli qurollar va tarashlagichlar xarakterli bo’lib, ular uch burchakli plastinkalardan yasalgan; bu plastinkalar yangi sindirish texnikasini qo’llanib, disk (gardish) shaklidagi nukleuslarga (yadro) otboynik (tosh) bilan urib hosil qilingan. Qisqa va keng qurollar tayyorlangan. O’tkir uchli qurolning asosiy ishni bajaradigan qismi-o’tkir cho’qqisi, tarashlagichning asosiy qismi esa–uch burchakli plastinkaning yoysimon tagidir. Must’e davrida shakli jihatdan tarashlagichga o’xshab ketadigan bo’lsa ham, lekin ishni bajaradigan chetidagi chuqurchasi bilan farq qiladigan o’roq randa paydo bo’lgan. Bu asbob bilan randalashgan, po’stloqni shilib olishgan. Qurollar ko’pincha chetlari o’tkir, yupqa bo’laklarga yorilishi mumkin bo’lgan qattiq chaqmoqtoshdan yasalgan. Tabiatda chaqmoqtosh keng tarqalgan. So’nggi must’eda ahyon-ahyonda istisno tariqasida suyakdan qurollar yasala boshlagan. Eng qadimgi odamlar har narsani eyaveradigan bo’lganlar: o’simliklardan tayyorlangan va go’shtli ovqatlar iste’mol qilgan. Odamzodning tongida o’simlik oziq-ovqatlar ko’proq iste’mol qilingan bo’lsa kerak. Odamlar bunday oziq-ovqatni tabiatdan tayyor shaklda olishgan. Ular o’simlik ildizlarini, mevalarini, zamburug’larni iste’mol qilgan.
Demak, must’e o’ziga xos arxeologik bosqich bo’lib, u miloddan avvalgi 100-40 ming yilliklarni o’z ichiga olib, kishilik madaniyati rivojlanishida katta ahamiyatga ega bo’lgan.
O’tgan ma’ruzada inson omil davrida olovdan foydalanganligi haqida gapirgan edik. Lekin must’e davriga qadar u faqat tabiiy olovdan foydalangan. Olov turli yo’llar bilan uzoq vaqt o’chirilmay saqlangan. Must’e davrida odamlar yog’ochni-yog’ochga ishqalash yo’li bilan sun’iy olov hosil qilgan. Xatto qirish yoki tarashlash tufayli yog’och qipig’ini hosil qilishgan, qipik ishqalanish tufayli qizib, tutagan. Uning ustiga tez o’t oladigan yog’och qovuqlari tashlanib, puflash orqali yondirilgan.
Ammo olov hosil qilishning qadimgi usuli katta bardoshni va ko’nikmani talab etgan. Olov hosil qilish mahoratini hamma ham birday egallay olmagan. Hatto o’z zamonidagi ibtidoiy qabilalar ham kerak bo’lganida har safar olov hosil qilishdan ko’ra uni saqlab turishni afzalroq ko’rganlar. Olov hosil qilishning boshqa usullari (parmalash, chaqmoq toshdan o’t chiqarish va h.k.) ancha keyingi zamonlarga xos usullardir. Must’e davridan ko’pgina gulxan qoldiqlari shu kungacha saqlanib qolgan, bu qoldiqlar o’sha zamonlarda olovdan keng foydalanilganini ko’rsatadi. Olov odamlarni sovuqdan himoya qilish bilan birga ularni Er yuzida keng o’rnashuviga imkon bergan Olov odamlarning ovqatni qovurib va pishirib iste’mol qilishlariga imkoniyat tug’dirgan, shuning orqasidan ovqat sifati yaxshilangan, hazm qilish jarayoni vaqt jihatidan qisqargan, ovqatni, ayniqsa go’shtli ovqatni yaxshiroq singdirishga qulaylik tug’dirgan. Bu ovqat inson organizmidagi bioximik o’zgarishlarga ta’sir ko’rsatgan. Odamlarning tabiat bilan bo’lgan munosabatida olovdan foydalanishi uni tabiatni ma’lum qismiga xukmron qilgan. Shu bilan qadimgi odamlar uzil-kesil inson sifatida shakllangan, ya’ni hayvonot olamidan ajralgan.
Must’e yodgorliklari Markaziy Osiyo hududlarida keng o’rganilgan. Must’e yodgorliklarini o’rganish 1938 yildan boshlagan bo’lib, hozirgi kunda Markaziy Osiyoda 300 ga yaqin must’e makonlari aniqlangan. Uning 100 ga yaqini arxeologlar tomonidan keng o’rganilgan. O’zbekiston, Qozog’iston, Turkmaniston, Tojikiston hududlarida must’e yodgorliklari mavjud. O’rta tosh asri-must’e davri arxeologik yodgorliklari O’zbekiston hududida ham mavjud bo’lib, bu davrda yashagan ajdodlarimiz antropogenez shajarasida neandertal odami nomi bilan ma’lumdir.
O’zbekistonda must’e davri yodgorliklariga Teshiktosh, Obiraxmat, Xo’jakent, Amir Temur g’ori, Qizilqum, Zirabuloq...kabi joy makonlarini kiritish mumkin. O’zbekistonda topilgan must’e davri yodgorliklari ichida Teshiktosh g’ori alohida ahamiyatga ega. Teshiktosh g’ori 1938 yilda A.Okladnikov tomonidan o’rganilgan. Teshiktosh g’oridan 9 yashar bolaning mozori - qabri topilgan. Bola skleti chuqurcha qazib unga chalqanchasiga yotqizilgan. Qabrning atrofi hayvon shoxlari (6 juft) bilan o’ralgan. Gorda qalin kul qatlami mavjud bo’lib, uning orasidan turli hayvon suyaklari topilgan. Gorda neandertal odamlari yashagan bo’lib, ularning asosiy mashg’uloti ovchilik bo’lgan.
Obiraxmat g’or makoni Toshkentdan 100 km uzoqlikd, Paltov soyining yuqori qismida joylashgan. Gor yoysimon shaklda bo’lib, eni 20 metr kenglikda. Undan 10 m qalinlikda 21 ta madaniy qatlam topiladi. Madaniy qatlamlardan ohak toshli chaqmoqtoshdan yasalgan mehnat qurollari, nukleuslar, parrakchalar, qirg’ichlar... topilgan. 30 mingdan ortiq tosh uchrindilaridan tayyorlangan pichoqlar mavjud bo’lgan.
Must’e davri yodgorliklari nafaqat ochiq manzillarda, balki g’orlarda, shuningdek tosh konlari bo’lgan ustaxonalarda ham aniqlangan. Yuqorida keltirilgan manzillardan tashqari Toshkent vohasida Xo’jakent g’ori, Samarqanddagi Omonqo’ton, Takalisoy, Zarafshonda Uchtut, Ijond tosh konlari ham arxeologlar tomonidan o’rganilgan.
Odamlarning mehnat faoliyati va uning kengaya borishi, atrof-muhit haqidagi tushunchalarga ega bo’lishi ularning fikrini o’zgartiradi. Must’e davri odamlari tabiat hodisalari bo’lgan kun bilan tun almashishi, momaqaldiroq, vulqon otilishi, zilzila va... boshqalar haqida bosh qotirgan va ularga sig’inganlar. Hatto ular tug’ilish, o’lim va narigi dunyo kabi tushunchalarga o’zlarini munosabatini bildirgan. Masalan, Teshiktosh g’oridan topilgan qabrda dafn etilgan bola qanday falokatga uchraganini ko’rish mumkin: 9-10 yoshli bola yirtqich hayvon ovi paytida qoyatoshdan yoki boshqa sharoitda yiqilgan va og’ir jarohat olib halok bo’lgan. Bola jasadi qabrga qo’yilib, atrofiga arxar shohlarini qadab qo’yilgan. Arxar shohlari ularning e’tiqodicha o’lgan odamni narigi dunyoda muhofaza qiladi. Must’e odamlari bu davrda tabiatdan tashqari kuchlarga ishongan. Insonni o’rab turgan muhitda ruhlarning mavjudligiga ishonish fanda animizm deb ataladi. U diniy tasavvurlarning dastlabki kurtagi hisoblanadi.

ADABIYOTLAR:



  1. Savol polyolit davri

Qadimgi tosh asri uch davrga bo‘linadi: ilk paleolit, o‘rta paleolit va so‘nggi paleolit. O‘rta Osiyodagi qadimgi tosh asri manzilgohlari va ularning madaniy qatlamlaridan topilgan ashyolarga qarab hukm chiqarilsa, bu o‘lkaga odamlar juda erta kelib o‘rnasha boshlaganligini bilish mumkin.
Ilk paleolit davri manzilgohlari Seleng‘ur g‘ori va Ko‘lbuloq makonidan topib o‘rganilgan. Farg‘ona vodiysining So‘x tumanida joylashgan Seleng‘ur g‘oridan tosh qurollar va odamnikiga o‘xshash suyaklar topilgan. Tadqiqotchilarning fikricha, Seleng‘ur topilmalarining yoshi 1 million yildan ziyodroqdir. Ko‘lbuloq makoni hozirgi Toshkent viloyatining Ohangaron tumani hududida bo‘lib, CHotqol tog‘ining janubiy yonbag‘rida, Qizil olma soyining chap sohilidagi Ko‘lbuloq degan manzilda joylashgan.

  1. Ilk paleolit davri manzilgohlariga Tyanshanь etaklaridagi Onarcha (Qirg‘iziston) hamda Pomir etaklaridagi Qoratov (janubiy Tojikiston) makoni ham kiradi. Bu davrda aholi asosan, ovchilik va baliqchilik bilan shug‘ullanganligini topilgan har xil ashyoviy buyum va suyak qoldiqlari tasdiqlaydi.

  2. Ilk paleolit davri odamlari kichik daryo bo‘ylari va buloqlar yonida o‘zlariga makon qurganlar. Iqlim issiq bo‘lganligidan turar-joylarga ham ehtiyoj bo‘lmagan.

  3. O‘rta paleolit davriga oid dastlabki yodgorlik Teshiktosh g‘or makonidan topilgan. Bu makon Surxondaryo viloyatining Boysun tumanidagi Boysun tog‘ining janubiy yonbag‘ridagi Turgandaryoning Zavtalashgansoy darasida joylashgan. G‘or shimoli-sharqqa qaragan bo‘lib, kengligi old qismida 20 metr, chuqurligi 21 metr va balandligi 9 metrdir. Teshiktosh g‘orini kavlash natijasida 5 ta madaniy qatlam borligi aniqlangan. Madaniy qatlamlardan 2859 ta toshdan yasalgan mehnat qurollari topilgan. Ularning xo‘jaligida ovchilikning o‘rni katta bo‘lgan. Teshiktoshliklar yashagan Boysun tog‘lari yovvoyi mevalarga boy bo‘lgani bois, aholi termachilik bilan ham shug‘ullangan.

  4. Boysundagi yana bir g‘or-makonlardan biri Amir Temur g‘oridir. U Teshiktosh g‘oridan uzoq bo‘lmagan erda joylashgan. Bu manzilgohdan topilgan mehnat qurollari ham odamlarning ovchilik hamda termachilik asosida kun kechirishganidan guvohlik beradi.

  5. Keyingi davrda arxeologlar Surxondaryo vodiysining turli joylaridan, xususan, To‘palang daryosi bo‘ylaridan o‘rta paleolit davri kishilarining mehnat qurollarini topganlar. Demak, bu davr kishilari – neandertallar faqatgina Boysundagina yashamay, balki butun Surxon vohasiga tarqalgan ekanlar.

  6. Farg‘ona vodiysi va unga tutash tog‘lik tumanlar ham ibtidoiy odamlar yashashi uchun hamma qulayliklarga ega bo‘lgan. SHuning uchun vodiy va uning tog‘li tumanlarida tosh asri kishilarining makonlari uchraydi. Farg‘ona shahri yaqinidagi Oloy tizma tog‘larining shimoliy yonbag‘ridagi So‘x va Obishir bo‘yidagi o‘rta paleolit davri yodgorliklari shular jumlasidandir.

  7. Qo‘shni Tojikiston hududida ham o‘rta paleolit davri yodgorliklari keng tarqalgan bo‘lib, ulardan eng mashhurlari Og‘zikichik, Oqjar, Qora-Bura, Qayroqqum, Semiganj, Ko‘xi-Piyoz, Baypazin kabilardir.

  8. Turkmanistonda tosh asri manzilgohlari kamroq topilgan. Buni avvalo, Turkmaniston bilan O‘rta Osiyoning boshqa, xususan, O‘zbekiston, Tojikiston, Qirg‘iziston o‘rtasida tabiiy sharoit jihatidan katta tafovut mavjudligi bilan izohlash mumkin. Barcha davr kishilari kabi tosh asri odamlari ham tabiiy sharoit, oziq-ovqat va xom ashyo imkoniyati yaxshi bo‘lgan joylarda istiqomat qilganlar.

  9. Qirg‘izistonda tosh asri manzilgohlarining eng mashhurlari Tosson va Georgiy Bugor makonlari sanaladi. SHuningdek, Janubiy Qirg‘izistondagi Isfara daryosi vodiysidagi Xo‘jag‘ayr degan joydan ham o‘rta tosh asri madaniyatiga mansub manzilgoh topilgan.

  10. Janubiy Qozog‘iston erlaridan ham ilk tosh asriga oid makonlar bilan birga o‘rta tosh asri yodgorliklari ham topib o‘rganilgan. Ularga Qorasuv, Sari Arka, Takali, SHabakti va boshqa manzilgohlarni kiritish mumkin.

  11. O‘rta paleolit davriga kelib qadimgi odamlar O‘rta Osiyoning keng hududlariga tarqala boshlaydilar. Bu davda odamlarning turmush tarzida va mehnat qurollarida yangi unsurlar paydo bo‘ladi. Qurollarning turlari ko‘payadi. Bu davrning ijtimoiy hayotdagi eng muhim xususiyati shundaki, bu davrda ibtidoiy to‘dadan urug‘chilik jamoasiga o‘tila boshlandi. Hozirgi zamon odamlariga o‘xshash odamlar paydo bo‘lishi uchun zamin hozirlandi.

  12. O‘rta paleolit davri O‘rta Osiyo hududlarida tabiiy iqlim o‘ziga xos bo‘lib, yozda ob-havo iliq va quruq, qishda esa sovuq va namgarchilik bo‘lgan. Bu davrning o‘rtalari va oxirlariga kelib shimoldan ulkan muzlikning siljib kelishi natijasida iqlim tamoman o‘zgaradi. Natijada qadimgi odamlar turmush tarzida katta o‘zgarishlar bo‘lib o‘tdi. Sovuq iqlim tufayli odamlar ko‘proq g‘orlarga joylasha boshladilar. Janubdagi kichik tuyoqli issiqsevar hayvonlar qirilib ketib, shimol bug‘ulari, mamontlar, ulkan ayiqlar paydo bo‘ladi. Bu esa jamoa bo‘lib ovchilik qilishning paydo bo‘lishiga turtki berdi.

  13. Undan tashqari sovuq iqlim tufayli o‘rta paleolit davri odamlari olovni kashf etdilar hamda sun’iy olov chiqarish va uni saqlashni o‘zlashtirdilar. Bu esa mintaqamizdagi qadimgi odamlar ijtimoiy-iqtisodiy hayotida muhim ahamiyatga ega bo‘ldi.

  14. So‘nggi paleolit bosqichi miloddan avvalgi 40-12 ming yilliklarni o‘z ichiga olib, O‘rta Osiyoda bu davrga oid 30 dan ortiq makonlar ochilgan. Ulardan biri Ko‘lbuloq makoni Ohangaron shahridan 10-12 km. g‘arbda bo‘lib, CHotqol tizmasining janubiy yonbag‘ridan chiqadigan Qizilolma soyining chap sohilidagi qir-adir ustida joylashgan. SHuningdek, Toshkentning g‘arbidagi Bo‘zsuv I makoni ham so‘nggi paleolit davriga oid ekanligi aniqlangan.

  15. Samarqand shahrining markazida Siyobcha soyining o‘ng sohilidan so‘nggi paleolit davriga oid Samarqand makoni topib o‘rganilgan. Bu manzilgoh madaniy qatlamlaridan gulxan qoldig‘i, ko‘mir parchalari, hayvon va o‘simlik qoldiqlari topilgan. Bu topilmalar mazkur manzilgohda istiqomat qilgan kishilarning ovchilik va termachilik bilan shug‘ullanganliklaridan dalolat beradi.

So‘nggi paleolit davriga doir makonlarga Xo‘jag‘or (Farg‘ona vodiysi), SHug‘nov (Pomir etaklari), Qorakamar (Tojikiston), Achisay (Qozog‘iston) yodgorliklari kiradi. Bu davrda odamlar tog‘li hududlarda yashabgina qolmay, vohalar bo‘ylab ham tarqala boshladilar. Tekisliklarda daryo va ko‘llar bo‘ylarida joylashib, qarindosh-urug‘chilik jamoalariga bo‘linadilar. Natijada jamiyatda juft oilalar paydo bo‘lib, ular ayrim urug‘larni birlashtirib, urug‘ jamoasini tashkil etadilar.
Miloddan avvalgi 12-7 ming yilliklar mezolit (o‘rta tosh) asri deb atalib, bu davrga oid yodgorliklarga Machay (Surxondaryo), Obishir (Farg‘ona vodiysi), Markaziy Farg‘ona, Bo‘zsuv, Qo‘shilish (Toshkent), Aydabol, Jayronquduq (Ustyurt), Oshxona, CHilchorchashma, Darai sho‘r (Tojikiston) kabilar kiradi.
Machay g‘or-makoni Hisor tizmasining biri – Ketmonchopti tog‘ining yonbag‘rida Machay daryosining o‘ng sohilidagi YUqori va O‘rta Machay qishloqlari orlig‘ida joylashgan. G‘ordan topilgan mehnat qurollari va paleontologik materiallar miloddan avvalgi VII-VI ming yilliklarga mansub ekanligi aniqlangan.
Obishir I g‘or-makoni Haydarkon shaharchasida 4-5 km g‘arbda, Obishir V g‘or-makoni esa undan 200 metrcha g‘arbda joylashgan. Har ikki g‘or-makondan topilgan ashyolarga asoslanib, Haydarkon-So‘x vohasidagi mezolit davrining ibtidoiy qabilalari baliqchilik, ovchilik va termachilik bilan shug‘ullangan, deyish mumkin.
4. savol naqshi rustam

Yüklə 0,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin