Savol ashel Ashel madaniyati



Yüklə 0,56 Mb.
səhifə2/22
tarix22.10.2023
ölçüsü0,56 Mb.
#159550
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22
daktarantura savollari

8. Mavzu: Ashel davri.

Reja:

1. Ashel davri tabiiy-geografik sharoiti.

2. Ashel davri xronologiyasi

3. Ashel madaniyati.

4. Levallua texnikasi.

5. O’rta Osiyoning ashel davri arxeologiyasi.

Ashel davri. Bu bosqichda yer yuzida ikkita muzlik oralig’i va ikki muzliklar hukmronlik qilgan davrga to’g’ri keladi (gyuns-mindel, mindel, mindel-riss va riss). Olduvay davrining oxirlarida Еvrosiyoga, ya'ni Sharqiy O'rta yer dengizi hududlarigacha tarqalgan ibtidoiy kishilar guruhining shimoliy-g’arbga tomon tarqala borishi Kichik Osiyodan Dardanell va Bosfor bug’ozlari orqali Bolqon yarim oroliga o'tib Еvropaning sharqiy va janubiy hududlari bo'ylab tarqala boshlaydi.
Afrikaning shimoli-g’arbiy qismi bo'ylab siljigan boshqa bir to'lqini ilk ashel davridan Dardanel bug’ozi orqali Priney yarim oroliga o'tib, Еvropaning janubiy hududlarini egallaydi va shimoliga tomon kengayib boradi. Bu davrda Еvropa, ayniqsa uning janubiy hududlarida issiq iqlim sharoiti hukron bo'lib, unga xos villafrank faunasiga xos issiq iqlim sharoitiga mos hayvonot dunyosi keng tarqalgan. Ilk ashel davriga oid arxeologik yodgorliklar Ispaniya, Portugaliya, Fransiya kabi davlatlarning hududlarida ko'plab uchraydi.

Ashel davri xronologiyasi. Shuni ta’kidlash kerakki, ashel davri xronologik jihatdan shell davridan katta farq qilmasada, ashel qurollari shell qurollariga nisbatan hiyla taraqqiy etgan. Ashel qurollarida tosh uzoqdan uchrindilar olingan joy ma’lum shaklga ega bo’lgan. Ya’ni bu davrda odamlar tosh qurollarni qulayroq shaklga keltira olgan. Uchburchak shakldagi, uzunchoq, dumaloq va boshqa shakldagi qurollar hosil qilingan. Ashel davrida ayrim qurollarning shakli uni ishlatish xususiyatiga bog’liq bo’lgan.
So’nggi ashelda tabiat keskin o’zgara boshlaydi. O’simliklar, hayvonot dunyosi, iqlimning o’zgarishi ibtidoiy odam xo’jaligiga ham ta’sir etadi. Iqlimning o’zgarishi yer yuzini ulkan muzliklar qoplashi bilan xarakterlanadi. Muzlik – odamning paydo bo’lishi davri bo’lgan kaynozoy erasining to’rtlamchi bosqichida siljiy boshlaydi. Muzlik izlarini olimlar mo’tadil iqlim mintaqalarida o’rganganlar. Tropik zonalarda muzlikning siljishi plyuvia davrini (plyuvia-yomg’ir) shakllantirgan. Masalan, bu davrda Sahroi Kabirdan daryolar oqqan.
Ashel davrida Shimoliy Amerika hududlari deyarli muzlik bilan qoplangan. Janubiy Amerikada muzlik ancha ichkariga kirib borgan. Yevropaning katta va Osiyoning bir qismini muzlik egallagan. Muzlikning markazi Grenlandiya bo’lgan. Muzlik paleolit davrida bir necha million kv.km. ni tashkil etgan. Uning balandligi 1-2 km dan ortiq bo’lgan.
Olimlar to’rt marotaba muz siljib kelgan degan fikrni ilgari suradi. Muzlikning siljishini gints, mindel, riss va vyurm deb bosqichlarga bo’lganlar. Bu terminlar Alp tog’idagi qishloqlar nomidan kelib chiqqan. Bu qishloqlarda muzliklar va muzlik yotqiziqlari birin-ketin qatlamlangan bo’lib, uning izlari XX asrning o’rtalarigacha saqlanib qolgan. Gints va mindel muzligi O’rta Yevropa hududlariga yetib kelgan. Riss esa yanada kengroq hududlarni qoplagan. So’nggi ashel davri esa xronologik jihatdan riss muzligidan oldingi bosqich bo’lgan. Muzlikning siljib kelishi natijasida sovuqqa chidamsiz hayvonlar qirilib ketadi. Ularning ko’p qismi janubiy hududlarga qarab siljidi. Muzlik bilan kurashish vositalari kam bo’lganligi uchun ko’plab ibtidoiy odamlar sovuqqa bardosh bera olmagan.
Shell va ashel makonlari ochiq turdagi makonlar bo’lib, ular chaqmoqtosh xom ashyolari mavjud bo’lgan ochiq joylarda, tepaliklarda joylashgan. Ibtidoiy odamlar o’z ehtiyojini qondirish maqsadida bir joydan ikkinchi joyga ko’chib yurgan. Ular tabiatdagi tayyor mahsulotlarni o’zlashtirib, hayot kechirgan. Ovchilik ham ular hayotida asosiy o’rinda bo’lgan. Odamlarning eng qadimgi mashg’uloti - terimchilik va ov-o’zlashtiruvchi xo’jalik deb nomlanadi.
Shell davrida yashagan odamlar asta-sekin yer yuzining ko’plab hududlariga o’rnasha boshlagan. Ashel davrida ular shimoliy hududlarga qarab siljigan. Ashel davridan odamlar sun’iy makonlarda yashashga harakat qiladi. Dastlabki sun’iy makonlar - g’orlar edi. Qadimgi odamlarning g’orlarga joylashishi va o’rnashishi bilan odamlar ko’chmanchi hayotdan o’troq kun kechirishga o’ta boshladi. Ibtidoiy to’da ichida ayollar va erkaklar o’rtasidagi mehnat taqsimlanadi. Ya’ni erkaklar ozuqa topish zarurati tufayli ko’proq ovga intilgan bo’lsa, ayollar g’orni qo’riqlash, bu davrda o’zlashtirilgan olovni o’chirmasdan saqlashga harakat qilishgan.
Bu davr ozuqalari – yeyish mumkin bo’lgan o’simlik tomirlari, o’simlik mevalari, hayvon go’shtlari edi. Yangi ko’nikmalarning paydo bo’lishi va o’zlashtirilishi ijtimoiy munosabatlarni rivojlantiradi. Ilg’or jarayonlarning rivojlanishiga olovdan foydalanish kuchli turtki beradi. Tabiat bilan kurashish vositalarini topilishi bundan keyingi kishilik madaniyati taraqqiyotining bevosita natijasi bo’ladi. Chunki odamzodni halokatdan saqlab qolgan vosita - mehnat ko’nikmasi edi. So’nggi ashelda odamzod olovdan tabiiy holda foydalangan. Chunki o’t - olov sovuqdan, yirtqich hayvonlardan saqlanish uchun zarur edi.
Bu davrda ibtidoiy odamlar turar joylarga ham zarurat seza boshladi. Chunki iqlim sovuq, havo nam bo’lib, odamlar g’orlarni egallashga kirishadi. Asta – sekin hayvon terilariga ehtiyoj tug’iladi. Bu davrda xo’jalik hayoti yuritilishida ham o’zgarishlar paydo bo’ladi. O’zlashtiruvchi xo’jalikni asosiy shakli bo’lgan terimchilik o’zining hal qiluvchi ahamiyatini yo’qota boshladi. Sababi, sovuq iqlimda tabiatda uchraydigan daraxt mevalari, o’simlik tomirlari kamyob bo’lib qoladi. Natijada hayvonlarni ovlashning ahamiyati ortadi. Asta - sekin ovlash usullari ishlab chiqiladi.
Ovchilikda yog’och nayzalar, chaqmoqtosh qurollar ishlatila boshlanadi. Yangi sharoit va yashash zarurati ehtiyojni qondirish yo’llarini izlash (qurollarni mukammallashtirish, teridan kiyim tikish), qurollar evolyutsiyasida yangiliklarni paydo bo’lishiga olib keladi.


Yüklə 0,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin