Savol ashel Ashel madaniyati


Aleksandr, Iskandar Maqduniy



Yüklə 0,56 Mb.
səhifə9/22
tarix22.10.2023
ölçüsü0,56 Mb.
#159550
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   22
daktarantura savollari

AleksandrIskandar Maqduniy (qadimgi yunoncha: Ἀλέξανδρος ὁ Μέγας) (Sharq mamlakatlarida Iskandar, Iskandar Zulqarnayn nomi bilan mashhur) (mil. av. 356, Pella — 323.13.6, Bobil) — makedoniyalik sarkarda va davlat arbobi.

Fayl:Alexander and Bucephalus – Battle of Issus mosaic – Museo Archeologico Nazionale – Naples BW.jpg
Alexander and Bucephalus — Battle of Issus mosaic — Museo Archeologico Nazionale — Naples BW

Achaemenid Empire
Makedoniya podshosi Filipp II va uning rafiqasi Olimpiadaning oʻgʻli. Aristoteldan taʼlim olgan, harbiy ishni ot-asidan oʻrgangan. 336-yil Filipp II fitnachilar tomonidan oʻldirilgach, Makedoniya taxtiga oʻtirgan.
334-yil Aleksandr Eronga yurish boshlaydi; bu bosqinchilik urushi otasi Filipp II davridayoq boshlangan boʻlib, uning oʻlimi tufayli toʻxtab qolgandi. Aleksandr qoʻshinida sarkardalardan Antipatr, Parmenion, Ptolemey Lag va boshqa, shuningdek 30 mingga yaqin piyoda jangchi, 5 ming otliq, yengil qurollangan yordamchi otryadlar va 160 kema boʻlgan.
Aleksandr Granik (334-yil), Iss (333-yil) va Gavgamela (331-yil) janglarida Doro III qoʻshinlarini yenggan. Aleksandr Eronning markaziy shaharlari — Bobil, Suza, Persepol, Ekbatana hamda Misrni egallagan.

Sʻoʻgd va Baqtriyaga yurish[tahrir | manbasini tahrirlash]



Samarqandda Aleksandr tomonidan oʻz d’osti Klitni oldirishi, Kastanie rasmi, 19 asr
Aleksandr 329-yil Baqtriyani egallagach, satrap Bess, Oke (Ukuz, Amudaryo) dan kechib oʻtib, Navtaka (Qashqadaryo vohasi) ga chekingan. Ammo Bess tezda qoʻlga olinib, qatl etilgan. Soʻng, Aleksandr Samarqand (Marokanda)ni egallab, Sirdaryo tomon yoʻl oladida, u yerda shahar barpo etib, uni Aleksandriya Esxata (Chekka Iskandariya) deb ataydi. Umuman Aleksandrning Oʻrta Osiyoga nisbatan bosqinchilik siyosati qattiq qarshilikka uchragan. Usrushonadagi yettita shahar-qal’a Aleksandrga qattiq qarshilik koʻrsatgan. Bularning ichida eng kattasi — Kiropol boʻlib, Kir II uni boshqa shahar-qal’alarga nisbatan baland devor bilan oʻrattirgandi. Uning ichida mahalliy aholining koʻpchilik qismi, eng jangovar jangchilar toʻplangandi. Aleksandr shahar atrofiga xandaq qazittirgan, manjaniqlar (devorteshar mashinalar) bilan devorning bir necha yeridan teshik ochib, u yerdan shaharga bostirib kirmoqchi boʻlgan. Bu urinishi natijasiz chiqqach, u harbiy hiyla ishlatib, shahar ichidan oʻtgan quruq daryo oʻzani orqali oʻzining xos jangchilari bilan shaharga kirgan. Kiropol mudofaachilari bilan Aleksandr jangchilari oʻrtasida shiddatli jang boʻlgan. Unda Aleksandr boshi va boʻyniga tosh tegib yarador boʻlgan, bir qancha lashkarboshilari (Krater va boshqalar) kamon oʻqidan shikastlangan. Makedon qoʻshini katta qiyinchilik bilan shaharni egallagan. Shahar mudofaachilari (jami 15 ming) dan 8000 ga yaqini halok boʻlgan, qolgani ichki qoʻrgʻonga yashiringan, soʻng tashnalikdan qiynalib taslim boʻlgan. Makedon qoʻshini qolgan shaharlarni ham shu tariqa qiyinchilik bilan egallagan.
Aleksandr mahalliy xalqning jasoratidan shu qadar xavotirga tushganki, Ptolemeyning aytishicha, u oʻz jangchilariga asir olingan kishilarni boʻlib berib, to bu mamlakatdan chiqib ketmagunlaricha ularni zanjirband holda saqlashni topshirgan. Aleksandr Sugʻdiyonada Spitamen qoʻzgʻolon koʻtarib, Marokandani qamal qilgani (qarang Spitamen, Spitamen qoʻzgʻoloni) va Tanais ortidan saklar podshosining ukasi Kartazis boshchiligidagi katta qoʻshin unga yordamga yetib kelgani haqida xabar-dor boʻlgach, qoʻzgʻolonchilarga qarshi 2000 kishilik qoʻshin joʻnatib, oʻzi saklar tomon qoʻshin tortgan (qarang Tanais daryosi boʻyidagi jang). Mazkur qoʻshin tor-mor keltirilgach, Aleksandr shaxsan oʻzi katta kuch bilan Spitamenni dasht chegarasigacha taʼqib qilib borib, ortga qaytishda 120 mingdan ortiq tinch aholini qirib tashlaydi, koʻplab qishloq va qal’alarni vayron qiladi, ekinzor, bogʻ-rogʻlarni payhon etadi. Aleksandr mil. av. 329-328-yillar qishini Zariaspa (Balx, Baqtra)da oʻtkazadi. Bahorda uning huzuriga xorasmiylar podshosi Farasman 1500 jangchisi bilan kelib oʻzaro ittifoq tuzishni taklif etadi. Aleksandr 328-327-yil boshida Sugʻdiyonadagi togʻlar ustida joylashgan qal’alardagi qoʻzgʻolonchilarni boʻysundirishga juda koʻp kuch sarflaydi, ularni magʻlub qilgach, Oksiartning qizi Roxshanak (Roksana) ga uylanadi (qarang Soʻgʻd qoyasi, Xoriyen qal’asi va boshqalar).

Yüklə 0,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   22




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin