Ikkinchi boskichning «V» davrida klinik belgilar yuk. Bemorga shu davrda
fakat vakti - vakti bilan bir necha gurux limfotugunchalarning kattaligi aniklanadi. Bemorning umumiy xolati konikarli, kattalashgan limfotugunchalar soxasida ogrikka shikoyat kilishi mumkin. Jinsiy va ish faoliyati saklangan, konda limfotsitlar soni normaning 50% dan kuprok. Zarur bulganda, bemor ambulator davolanish bilan chegaralanadi. Davrning kechishi xar - xil bulib, bir necha yilgacha chuzilishi mumkin.
Uchinchi boskich - immunitet buzilishi tufayli, bakterial, virusli va
protozoyli kasalliklar yoki usma jarayon rivojnishlari bilan kechadi (Limfoma, sarkoma Kaposhi va boshkalar).
Ikkilamchi kasalliklarni chakiruvchi xar- xil bulib, bemorning turar joyiga moyil mikroblardan iboratdir. Kupincha bizning sharoitimizda, bular katoriga kokklar, salmanellalar, gelmintlar, shigellalar, Kox tayokchasi, viruslar kirishi mumkin.
Kushilgan kasalliklarning belgilari kuzatilishi bilan bir katorda,
kasallikning kaytarilishi va kasalliklar bir- birini almashtirishi bilan kechishi kuzatiladi.
Boskichning kechishi kushilgan kasallikni davolash natijasiga, OIV
infeksiyasini spetsifik davolash va immunologik dorilar ta'siriga boglikdir. Bemorning axvoli ogir. Davolash, asosan, maxsus shifoxonalarda olib boriladi.
Turtinchi boskich - terminal boskich oddiy suz bilan aytganda, bemor ulim
tushagida yotadi. Axvoli uta ogir, uta ozib ketgan, vakti - vakti bilan tana xarorati kutarilib turadi, ongi buzilgan. Konda gemoglobin mikdori normaning 50% dan oz. OIVga karshi antitelalar kamaygan, aksincha, viruslar soni oshgan, limfotsitlar soni uta past, kullanilayotgan davo natija bermaydi. Bemor axvoli kun sayin ogirlashib, ulim bilan tugaydi.
Subklinik boskichda OIV infeksiyasi klinik belgilari bulmaydi. Limfadenopatik boskichda kuprok ensa, jag osti, kultik osti, kam xollarda chov soxasi limfa tuganlarini doimiy kattalashishi bilan namoyon buladi. Bu gurux limfa tugunlari 1,5-2sm. ba'zida 2,5 sm.gacha kattalashib, yumshok konsistensiyalik, ogriksiz, xarakatli buladi. Limfa tuganlari tomonidan yakkol namoyon bulgan uzgarish bolalarda OIV infeksiyasini eng asosiy belgilaridan biri deyish mumkin. Kam xollarda jigar va talok kattalashadi, ba'zida zaxarlanish (intoksikatsiya) belgilari, bushashish, ishtaxani pasayishi, yukori bulmagan istima kuzatiladi. Kamdan - kam xolatlarda utib ketuvchi piodermiya, gerpetik toshma, terlashni kuchayishi, ichni buzilishi, tana vaznini kamayishi kuzatiladi.
3. OITSni davolashni xamma usullari bemorni tuzalishini ta'minlamaydi, fakat klinik belgilarni namoyon bulishini kamaytiradi xamda bemor umrini uzaytiradi. OITS ni davolash uchun kullaniladigan dori preparatlari kuyidagilarga bulinadi:
- etiotrop;
- patogenetik;
- simptomatik
OITS ni davolashni kup usullari kullanilishiga karamasdan, OIV terapiyasi natijalari xozirgi vaktda bemorni tula tuzalishga olib kelmaydi. Shu sababli OITS muammosini kelgusida urganishni takazo kiladi. OIV infeksiyasini davolashni umumiy asoslari kasallikni kuchayishini oldini olish, sust surunkali kechuvchi infeksiyalardan saklab kolish, ikkilamchi opportunistik kasalliklarni aniklash va davolashdan iborat. OIV infeksiyasini etiotrop davolashga virusga karshi retrovirus terapiyasi (virus replikatsiyasini tuxtatishga karatilgan) va ikkilamchi kasalliklarni ximioprofilaktikasi.
Antiretrovirus terapiya. Xozirgi davrda ancha mikdordagi maxsus antiretrovirus preparatlari ishlab chikarilgan. Bular ta'sir mexanizmi buyicha ikki guruxga bulinadi: kaytuvchi transkriptiaza ingibitorlari (nuklozitlar va nuklozit bulmaganlar) va proteaza ingibitorlari.
Dostları ilə paylaş: |