Zanjirsimon indekslar,
O‘zgarmas asosli indekslar,
O‘zgaruvchan asosli indekslar.
10. Yakka indekslarga qanday xususiyatlar xos?
Yakka
indekslarning davrali (aylanma) teskarilanish xossasi,
vaqt bo‘yicha teskarilanish xossasi,
birday bo‘lish xossasi,
bir
o‘lchamlik xossasi.
11.
Guruhiy indekslar nima? Ular qanday xususiyatlarga ega?
Guruhiy indekslar tabiati jihatidan yakka va umumiy indekslar
o‘rtasida oraliq o‘rinni egallaydi.
Ayrim bir jinsli tarkibiy
unsurlarning o‘zgarishini ifodalovchi yakka indekslarga nisbatan
ular umumiy indeks xarakteriga ega.
Umumiy to‘plam chegarasida muayyan bir jinsli unsurlar
o‘zgarishini ifodalovchi indeks sifatida
ular yakka indekslar
xususiyatiga ega. Bu holda guruhiy indekslar o‘rtacha darajalarni
bevosita taqqoslashga asoslanadi.
12. Guruhiy indekslarga misollar keltiring.
Kuzatishda qatnashayotgan hududlar (shahar, tuman) bo‘yicha
ayrim tovarlar (xizmat) bahosining
yakka indekslari asosida
viloyat va respublika bo‘yicha ayrim tovarlar, tovar va xizmatlar
guruhlari uchun agregat baho indekslari aniqlanadi. Hududiy
vazn sifatida joriy yil boshiga muayyan (ya’ni tekshirilayotgan)
hudud (shahar, tuman)
aholisining viloyat, respublika aholisi
sonidagi salmog‘i, (ulushi) olinadi. Turlicha sifatga ega bo‘lgan
tovarlar (xizmatlar) dan tuzilgan ayrim tovar guruhlari uchun esa
viloyat
miqyosida umumiy indekslar yakka indekslardan
tortilgan arifmetik o‘rtachani hisoblash yo‘li bilan aniqlanadi. Bu
holda agregatlashtirish vazni qilib hududda (shahar, tuman)
muayyan guruh tarkibiga kiruvchi ayrim tovar (xizmat)lar
bahosini viloyat aholisi sonida muayyan hudud salmog‘iga
ko‘paytmasi olinadi.
13. Guruhiy indekslar qanday shakllarda tuziladi?
Gurhiy indekslar ikki shaklda: o‘zgaruvchan va o‘zgarmas
tarkibli indekslar ko‘rinishida tuziladi.
http://fayllar.org