Sayohatchi va turist haqidagi tushunchalarning mohiyati



Yüklə 2,03 Mb.
səhifə5/8
tarix20.11.2023
ölçüsü2,03 Mb.
#165363
1   2   3   4   5   6   7   8
Abu Ali ibn Sino. Ibn Sino hayoti davomida muntazam ravishda sayohat qilib turgan va ko’p yurtlarni kezgan. Buxorodan keyin Xorazmda, Turkmanistonda, Eron shaharlarida va Kaspiy dengizi sohillariga sayohat qilgan.
Ibn Sino Kasbiy dengizi bo’yida, Marv daryosi bo’ylarida va Qoraqum sahrosini kesib o’tishda, Eron, Turkmaniston mamlakatlari hududlaridagi sayohatlari davrida dorivor o’simliklarning o’sish ariallari, ularning shifobaxshlik xususiyatlarini o’rganish davomida joylarning geografik xaritalardagi o’rni, tabiiy iqlim sharoitlari, ayniqsa, buloqlar, betakror tabiiy go’shalar, issiq suvlarning davolash xususiyatlari haqida juda ko’p ilmiy ma’lumotlarni o’z asarlarida qayd etgan.
Nosir Hisrav Balx shahri yaqinidagi Qobodiyon qishlog’ida tug’ilgan. U 1045-yilning kuzida Murg’ob daryosi bo’ylab janubga yurib, daryoning boshlanishigacha yetib borishda ko’rganlarini o’zining esdaliklariga tushirgan. Ikkinchi sayohatini u 1046-yil Arabistonga qarab boshladi. Manbalarda keltirilishicha, uning bu safari XI asrda amalga oshirilgan eng uzoq muddatli, qiziqarli va ma’lumotlarga boy bo’lgan sayohatlardan biri hisoblanadi.
Mazkur sayohat Marvdan boshlanib, Eronning shimoliy qismi, Armaniston, Turkiya janubi, Arabistonning Makka va Madina shaharlari, Livan va hozirgi Isroil yerlaridan o’tib, Misrgacha davom etgan. Shundan keyin olim Hindistonning shimoliy viloyatlariga sayohat qilgan. Uning «Safarnoma» asari jahon geografiyasidagi eng nodir asarlardan biri sifatida qabul qilingan.
Mahmud Qoshg’ariy Xitoyning Qashqar shahrida tug’ilgan. Manbalarga ko’ra, u Janubig’arbiy Osiyoning ko’plab shaharlarida bo’lgan, Bog’dodda ham yashagan. Turkiy tillarning xususiyatlarini o’rganish maqsadida olim ko’p yillar davomida Rumdan Mochingacha, O’rta Yer
va Qora dengizlari bo’ylaridan to Xitoygacha sayohat qilgan, turkiy qabilalar yashaydigan yerlar, shahar va qishloqlarni kezgan. Uning
«Devoni lug’atit turk» (Turkiy so’zlar lug’ati – «Devon») dunyo ilmining nodir qomusiy asari sifatida tan olingan. Shuning uchun ham, sharqshunos olim N. Baskakov Mahmud Qoshg’ariyni «Turkiy tillarni qiyoslash borasida yo’lchi yulduz» deb atagan bo’lsa, yana bir taniqli sharqshunos olim uni «XI asrning Radlovi» deya ta’riflagan edi. Uning safar marshrutlari davomidagi tabiiy geografik mintaqalarning iqlim xususiyatlari va ulardagi farqlar haqidagi ma’lumotlari hozirgi turizm sohasi uchun xizmat qilmoqda.

Yüklə 2,03 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin