Sayohatchi va turist haqidagi tushunchalarning mohiyati


Zahiriddin Muhammad Bobur (1483-1530)



Yüklə 2,03 Mb.
səhifə7/8
tarix20.11.2023
ölçüsü2,03 Mb.
#165363
1   2   3   4   5   6   7   8
Zahiriddin Muhammad Bobur (1483-1530). Zahiriddin yoshlik chog’laridanoq turli sayohatlarni yaxshi ko’rgan. U 15-16 yasharligida Farg’ona, Samarqand va Toshkent hududlarini bir necha marta aylanib chiqqan. 19 yoshga to’lganda, Hisor tarafidan toqqa ko’tarilib, Fandaryo va Iskandarko’l orqali Zarafshon vodiysiga o’tib, Samarqandga kelgan. Boburning yozishicha, 21 yoshigacha Farg’onadan Buxorogacha, Toshkentdan Hisor va Hirotgacha bo’lgan barcha shahar va qishloqlarda hamda dashtu tog’larda bo’lgan. U umrining 30 yilini safarlarda o’tkazdi. Sayohatlari davrida o’zining shoh asari «Boburnoma» uchun boy ma’lumotlar to’plagan. «Boburnoma» O’rta Osiyo, Afg’oniston va Hindiston davlatlarining geografiyasi, tarixi, ijtimoiy-iqtisodiy hayoti, tabiati, etnografiyasi va tibbiyotiga oid muhim ma’lumotlar to’plami jihatidan dunyodagi eng mukammal asarlar ro’yhatiga kiritilgan. «Boburnoma» da 1000 dan ortiq geografik nomlar, mamlakat, shahar, qishloq, qal’a, dasht, tog’, dovon, dara, daryo, ko’prik, kechuv, ko’l, chashma, bog’, yaylov va joylarning nomlari keltirilgan.
Xulosa qilib aytish mumkinki, Markaziy Osiyoda qadimgi sayyohlik Buyuk Ipak yo’lining paydo bo’lishi bilan bog’liq bo’lib, IX-XI asrlarda rivojlangan sayyohlik tufayli, kishilar bilimini oshiradigan turizmning ilmiy turiga asos solingan va ziyoratchilikning keng rivojlanishi asosida diniy turizmning ham ochilishiga asos qo’yilgan edi.
Tayanch so’z va iboralar: Markaziy Osiyo sayohatchilari, qadimgi sayohatlar va ziyoratchilik, sayohat va sayohatchi, turist haqidagi tushunchalar, ziyoratchi olimlar, turizmni sayohatdan ajratib turuvchi asosiy farqlar, turizm kuchli jahon miqyosidagi iqtisodiyot tarmog’i, zamon va makonda ko’chib yurish, bo’sh vaqtning va mablag’ning mavjudligi.


Mustaqil ishlash uchun savollar


  1. Sayohat deganda nimani tushunasiz?

  2. Ilk sayohatchilar kimlar bo’lgan?

  3. Ziyoratchilar qanday sayohatlarni amalga oshiradilar?

  4. Savdogarlar sayohati haqida nimalarni bilasiz?

  5. Markaziy Osiyo sayohatchilarining turizmga qo’shgan hissasi nimadan iborat?

  6. Nima uchun Tomas Kuk turizmning asoschisi deyiladi?

  7. «Turizm» ga berilgan ta’rifni keltiring.

  8. Turistni sayohatchidan farqi nimalardan iborat?



Yüklə 2,03 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin