ISSN: 2181-3337
SCIENCE AND INNOVATION
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL
2022
№ 2
81
Hatto, qoʻlingizni oddiy koʻtarishingiz ham tanangiz ogʻirligi ortganini his qilishingizga
mos boʻlgan sezgir tarozining tebranishiga sabab boʻlishi kerak. Qoʻlni yuqoriga koʻtaruvchi
mushaklar yelkaga tayanadilar va uni tana bilan birga pastga itaradi: platformaga boʻlgan
bosim ortadi. Koʻtarilayotgan qoʻlimizni toʻxtatib yelkani yuqoriga tortuvchi va qoʻlning
uchiga yaqinlashtirishga intiluvchi mushaklarni harakatlantiramiz tananing ogʻirligi, demak,
platformaga boʻlgan bosim ham kamayadi. Hullas, agar vazn deganda tayanchga boʻlgan
bosimni tushunadigan boʻlsak, u holda ichki kuchlarning ta’siri yordamida oʻz
tanamizning
vaznini koʻpaytirishimiz yoki kamaytirishimiz mumkin ekan.
TADQIQOT NATIJALARI
Tortish qonuniga koʻra, yer boshqa jismlarni oʻzining massasi xuddi shar markazida
jamlanganidek tortadi, bu tortish kuchi esa, masofaning kvadratiga teskari nisbatda kamayadi.
Biz koʻrayotgan holda toshdan yerning markazigacha boʻlgan masofa ikki marotaba ortadi.
Shu sababli tortish kuchi 2
2
ga, ya’ni 4 ga kamayadi. Agar toshni yer sirtidan 12800 km
masofaga koʻtarsak , u holda tortish kuchi 3
2
ga, ya’ni 9 marta kamaytirgan boʻlamiz: 1000
garammlik tosh bor yoʻgʻI 111 gramm oʻgʻirlikka ega boʻladi va hk.
Yuqoridagi mulohazalardan soʻng, yer qariga tushganimiz sari, ya’ni
sayyoramizning
markaziga qancha yaqinlashsak, toshning vazni ham shuncha ortadi degan faraz tugʻilishi
tabiiy. Bu notogʻri faraz: yer qariga tushgan sari jismlarning vazni ortmaydi, aksincha
kamayadi. Bu quydagicha tushuniriladi: bunday holatda
nisbatan bir tomondan emas, balki
har tomonlama ta’sir qiladi. Yer qaridagi tosh oʻzidan quyida boʻlgan zarrachalar bilan pastga
tortilayabdi, lekin shu bilan birga, oʻzidan yuqoriroqda boʻlgan zarrachalar ham uni yuqoriga
tortayabdi.
Qolaversa , faqat yer sharining markazidan jismgacha boʻlgan masofaga teng
radiusli sharning tortish kuchigina hisobga olinishini isbotlash mumkun. Shuning uchun, yer
qa’riga kirayotgan jismning ogʻirligi chuqurlik ortgan sari kamayaveradi. Yer markazidagi
jism umuman vaznsiz boʻlib qoladi, chunki jism atrofidagi zarrachalar uni har tomonga
bir xil
kuchda tortadi.
Demak, yer sirtida jism eng katta ogʻirlikka ega boʻladi, yuqoriga koʻtarilgan yoki
pastga tushgan sari uning vazni kamayadi.
Liftda pastga tushayotganingizda, tushish boshlanishida gʻalati tuygʻuni his qilishingizni
sezganmisiz? Gʻayri tabiiy yengillik, odam xuddi jarlikka tushib ketayotgandek boʻladi… Bu
vaznsizlikni his qilishning aynan oʻzidir harakatning boshlanish momentida, sizning
oyoqlaringiz ostidagi pol pastga harakatni boshlaganida, siz esa uning tezligiga teng boʻlgan
tezlikka ega boʻlishga hali ulgurmaganingizda, sizning gavdangiz polni deyarli bosmaydi va,
tabiiyki, juda kichik vaznga ega boʻladi. Lahzalar oʻtishi bilan bu gʻayri tabiiy holat toʻxtaydi,
sizning tanangiz, bir maromda harakatlanayogan liftdan farqli oʻlaroq,
tezroq pastga tushishga
intiladi va uning poliga bosadi, demak, yana oʻgʻirlikka ega boʻladi.
Dostları ilə paylaş: