Scientific Journal Impact Factor (sjif) 2021: 5


Academic Research in Educational Sciences



Yüklə 422,39 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/8
tarix22.05.2023
ölçüsü422,39 Kb.
#119413
1   2   3   4   5   6   7   8
boshlangich-sinflarda-sonni-organishda-oquvchilarni-faollashtiruvchi-talimiy-materiallar-va-vositalardan-foydalanish

Academic Research in Educational Sciences 
VOLUME 2 | ISSUE 12 | 2021 
ISSN: 2181-1385 
Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 
Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89 
DOI: 10.24412/2181-1385-2021-12-898-905 
Google Scholar 
 Scientific Library of Uzbekistan 
Academic Research, Uzbekistan 899  www.ares.uz 
3. Sonlarning imlosi ustida ishlash. 
Son boshlang’ich sinflarda quyidagi izchillikda o’rganiladi: 
– 2-sinfda nechta?, qancha? so’roqlariga javob bo’lib, shaxs va narsaning 
sanog’ini, nechanchi? so’rog’iga javob bo’lib, shaxs va narsaning tartibini bildirishi; 
– 3-sinfda “Son – so’z turkumi” tushunchasi kiritiladi. O’quvchilarda son 
predmetning miqdorini bildirishini otga bog’lanib kelishi yordamida aniqlash 
ko’nikmasi o’stiriladi. Bularni o’rganishda sonning leksik xususiyatlariga 
asoslaniladi. Sonning leksik ma`nosi uni ot bilan bog’liq holda o’rganishni taqozo 
etadi. 
– 4-sinfda sanoq va tartib sonlar, tartib sonlarning harf, rim va arab raqamlari 
bilan yozilishi, qo’sh undoshli sonlarning, grammatik shakllangan sonlarning (ikkov, 
o’ntacha, beshtadan) imlosi, sonlarning gramm, kilogramm, metr, litr, so’m, tiyin 
so’zlari bilan qo’llanishi va shu so’z bilan bitta so’roqqa javob bo’lishi o’rganiladi. 
Oldingi sonlarning otga bog’lanishi, so’roqlar yordamida sonni o’zi bog’langan so’z 
bilan ko’chirish ko’nikmalari o’stiriladi. 
 
ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA
 
Shunday qilib, sonning leksik-semantik va grammatik xususiyati uni leksik va 
grammatik aspektda o’rganishni taqozo etadi. Son grammatika va imlo o’qitishdagi 
suhbat metodida, yarim izlanishli muammoli metodda, analitik (tahlil), sintetik 
(tarkib), induktiv metodlarda o’rganiladi. Bu metodlar son yuzasidan beriladigan 
tushunchalarning mohiyatiga, o’quvchilarning tayyorgarlik darajasiga bog’liq holda 
tanlanadi. Agar o’quvchi son haqida ma`lum darajada bilimga ega bo’lsa, yarim 
izlanishli muammoli metod yoki suhbat metodidan; agar bola son haqida umuman 
tushunchaga ega bo’lmasa, induktiv va analiz metodlaridan foydalaniladi.
“Son” ustida ishlash dastur talabiga ko’ra 1-sinfdan boshlansa ham, uni 
o’rganish jarayoni, metodik jihatdan 4 bosqichga bo’linadi. “Son” boshlang’ich 
ta`limda elementar nazariy tushunchalar asosida amaliy o’rganiladi. Lekin 1-
bosqichni to’liq ma`noda sonni amaliy o’rganish bosqichi deb nomlaymiz. Chunki bu 
bosqichda umuman nazariyasiz son ustida ishlanadi va bu 1-sinfning savod o’rgatish 
va 1-sinfning 2-yarmiga to’g’ri keladi. Bu bosqich soni o’rganuvchi keyingi 
bosqichlarga zamin tayyorlaydi.
Ma`lumki, savod o’rgatish davrida o’quvchilar bilan kundalik ishlar, rasmlar, 
predmetlar, mavzular yuzasidan og’zaki savol-javoblar o’tkaziladi. Masalan: “Bugun 
nechanchi sana?, Biz nechanchi asrda yashayapmiz?, Bu yil nechanchi yil?, Darsga 



Yüklə 422,39 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin