«scientific progress» Scientific Journal issn: 2181-1601 ///// \\\\\ Volume: 1, issue: 3



Yüklə 358,04 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/5
tarix23.05.2023
ölçüsü358,04 Kb.
#120716
1   2   3   4   5
o-zbekistonda-milliy-qadriyatlar-va-millatlararo-totuvlik (1)

209
 
Keywords: values, interethnic, ethnicity, inter-ethnicity, national centers, 
principles of democracy, historical roots, universal. 
KIRISH 
Qadriyatlar deganda biz narsa va voqealar, jamiyat moddiy va ma’naviy 
boyliklarning ahamiyatini ifodalash uchun qo’llaniladigan tushuncha. Milliy-ma’naviy 
qadriyatlar – “milliylik” “ma’naviyat” va “qadriyat” tushunchalari kesishgan nuqtada 
jamlashgan ijtimoiy xodisalarni o’z ichiga oladi. Deylik ayrim millatlar tarixiy 
taraqqiyot davomida ishlab chiqarishning ma’lum sahasida yuksak layoqatni 
shakllantirgan tarbiya, tafakkurning ta’siri yo’nalishiga e’tibor beradi. Milliy 
xarakterida, hayotga, ijtimoiy hodisalarga munosabatida o’ziga xosliklari bor. Axloqiy, 
huquqiy, siyosiy madaniyat sohalaridagi xattiharakatlarda ham ma’lum ijobiy tafovutlar 
uchraydi. Bunga o’xshash rangbaranglik nafaqat boyligimiz, balki taraqqiyotimiz 
sur’atini tezlashtiruvchi omil bo’lishi mumkin. 
ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA 
Jahon keng, dunyoda mamlakat ko’p, lekin bu olamda betakror ona yurtimiz, 
O’zbekistonimiz yakka-yu yagonadir. O’zbekiston deb atalmish yurtning yagonaligi 
uning betakror tabiati, boy tarixi, mehnatkash insonlari bilan bir qatorda bu zaminda 
turli millat va elat vakillarining yagona oila farzandlaridek yashashlarida namoyon 
bo’lmoqda. Bunday ahillik, do’stlik va hamkorlik o’zining chuqur tarixiy ildizlariga va 
asosiga ham ega. Adolatli milliy siyosat olib borilganida ko’p millatlilik maqsadimiz 
yagonaligini, taqdirimiz birligini, hamjihatlik zarurligini tushunishta yordam beradi, 
umuminsoniy g’oyalarning ustuvor bo’lishini, shaxsiy manfaatlarni to’g’ri anglab 
olishni osonlashtiradi. Aksincha, milliy munosabatlarga ziyraklik va noziklik bilan 
yondashmaslik umummilliy tamoyillarga biroz e’tiborsizlik ham tinchlik va 
barqarorlikka salbiy ta’sir ko’rsatishi mumkin. Xususan, qomusimizning 18-moddasida 
barcha fuqarolar bir xil huquq va erkinliklarga ega bo’lib, jinsi, irqi, millati, dini, 
ijtimoiy kelib chiqishi, e’tiqodi, shaxsi va ijtimoiy mavqeidan qat’iy nazar, qonun 
oldida tengdir»1, - degan qoida ana shu bag’rikenglikning zamonaviy siyosiy-huquqiy 
ifodasidir. Birinchi prezidentimiz I.A.Karimov shunday yozadi: "Ayni chog’da 
insoniyat tarixida buning aksini, ya’ni ko’p elatli davlatlardagi millatlararo 
munosabatlarda uyg’unlikning yo’qligi, butunbutun xalqlar va mamlakatlarni ancha 
orqaga uloqtirib tashlagan ijtimoiysiyosiy falokatlarga olib borganini ko’rsatuvchi 
misollar ham oz emas. Zero, ko’p elatlilik nafaqat ayrim mamlakatlarning, balki 
butunbutun mintaqalarning ham ichki siyosiy barqarorligi va milliy xavfsizligiga putur 
yetkazuvchi bosh omilga aylangan" 


www.scientificprogress.uz 
«SCIENTIFIC PROGRESS» Scientific Journal
ISSN: 2181-1601 ///// \\\\\ Volume: 1, ISSUE: 3

Yüklə 358,04 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin