«scientific progress» Scientific Journal issn: 2181-1601 ///// \\\\\ Volume: 1, issue: 3



Yüklə 358,04 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/5
tarix23.05.2023
ölçüsü358,04 Kb.
#120716
1   2   3   4   5
o-zbekistonda-milliy-qadriyatlar-va-millatlararo-totuvlik (1)

210
 
Millatlararo hamjihatlik qaror topmasa, tajovuzkor Millatchilik va 
shovinizmning halokatli g’oyalari tarqalishi uchun qulay vaziyat yaratiladi. Milliy 
istiqlol royasining amal qilishiga, kishilar qalbi va ongiga singdirilishiga jiddiy zarar 
yetkazadi. Shuni hisobga olib, mamlakatimizda bu muammo ilmiy asosda, xolisona hal 
qilinmoqda.
Mamlakatimizda statistik ma’lumotlarga ko’ra, 136 millat, elat, xalq va etnik 
guruhlarning vakillari yashaydi. Ularning har biri o’z milliy madaniy urfodatlari
an’analari, tiliga, konstitusiyaviy huquqiy tenglikka ega. O’zbekistonda bugungi kunda 
100 dan ortiq milliymadaniy markaz faoliyat ko’rsatmoqda. Shu yo’nalishda markazlar 
tuzish bo’yicha 15 ta tashabbuskor guruh ish olib bormoqda. 
Turli millat vakillarining ijodiy tadbirlari, badiiy ko’rgazmalari, bir tomondan, 
ayni millatning O’zbekiston fuqarosi sifatida o’z o’rni borligini ko’rsatsa, ikkinchi 
tomondan, shu zaminda yashovchi barcha millatlarning O’zbekiston xalqi-O’zbekiston 
fuqarosi ekanligani namoyon etuvchi, mustahkamlovchi milliy g’oya atrofida 
birlashuviga olib boradi. 
Ulug’ bobokalonimiz Abu Nasr Forobiy ham «Agar fikrlari va harakatlari 
jamiyat manfaatlariga xizmat qilmaydigan bO’lsa, mamlakatni bunday kishilardan 
tozalash kerak», degan fikrni bejiz aytmagan. Bashariyat tushunchasi rangorang 
millatlar va elatlar, shuningdek turli din va irqqa mansub insonlarni o’ziga qamrab 
oladi. Demak har bir inson bashariyat va ayni vaqtda o’z xalqi, o’z Vatanining farzandi 
hamdir. Har bir kishida o’z xalqining tili, ruhiyati, an’analari, qadriyatlari barq urib 
turadi. 
E’tibor berilsa, mazkur qoidada milliy hayotga, fuqarolarning milliy 
histuygulariga daxldor muhym ahamiyatga ega bir qator tamoyillar belgilab 
qo’yilganiga ishonch hosil qilish mumkin. 
Tarixiy tajriba ko’p millatli davlatning barqarorligi millatlararo munosabatlarga 
daxldor huquq va erkinliklarni to’gri belgilab qo’yish bilan bir qatorda amaliyotda unga 
qanchalik rioya qilishga ham bog’liqligini ko’rsatadi. 
MUHOKAMA 
Xususan, millatlararo munosabatlar sohasidagi amaliyot haqida gap ketar ekan, 
istiqlol yurtimizdagi turli millat va elat vakillariga o’zining tarixiy vatanlari bilan 
aloqalar o’rnatishga imkon berganini qayd etish lozim. O’rnatilgan aloqalar ona tilini 
o’qitish va o’rganishni yo’lga qo’yish, turli qo’llanmalar va adabiyotlarni o’z vaqtida 
olish, yoshlarni ta’lim olish uchun rivojlangan mamlakatlar, ba’zan esa ularning tarixiy 
vataniga yuborish imkoniyatlarini yaratdi. Shuningdek keng qamrovli madaniyma’rifiy 
dasturlarni amalga oshirish uchun sharoit yuzaga keldi. 


www.scientificprogress.uz 
«SCIENTIFIC PROGRESS» Scientific Journal
ISSN: 2181-1601 ///// \\\\\ Volume: 1, ISSUE: 3

Yüklə 358,04 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin