«scientific progress» Scientific Journal issn: 2181-1601 ///// \\\\\ Volume: 1, issue: 3



Yüklə 358,04 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/5
tarix23.05.2023
ölçüsü358,04 Kb.
#120716
1   2   3   4   5
o-zbekistonda-milliy-qadriyatlar-va-millatlararo-totuvlik (1)

211
 
O’zbekiston hozir va bundan keyin ham o’z mustaqilligini himoya qila olishi 
uchun ko’p millatli o’zbekistonliklarning har bir avlodi milliy istiqlol g’oyalari ruhida 
tarbiyalab borishi barqarorlik va umummilliy totuvlik va bag’rikevtlikni yanada 
mustaxdsamlab boradi. Zero, milliy g’oya - barcha o’zbekistonliklarning manfaatlarini 
ham ifodalovchi g’oyadir. 
Respublikada istiqomat qilib turgan 136 millat va elatning har biri o’ziga xos 
madaniyatga va ko’p asrlik an’analarga ega. O’zbekiston Respublikasi o’tkazayotgan 
milliy siyosatning eng muhim ustuvor yo’nalishi barcha millatlarning ravnaqi uchun 
tinch sharoit va imkoniyat yaratish, millatlararo munosabatlarni uygunlashtirishdan 
iborat. Bu sohada keyingi yillardagi eng katta yutug’imiz umumiy uyimizdagi tinchlik 
va barqarorlik millatlararo va fuqarolararo totuvlikdir. Odamlarimiz ongida ana shu 
qadriyat va uning o’zgarmas ahamiyati tushunchasi kun sayin oshib borayotganligidir 
deyish mumkin. 
NATIJA 
Bugun O’zbekiston diniy bag’rikenglik (tolerantlik) va millatlararo murosa 
borasida faqat MDH davlatlariga emas, balki butun dunyoga namuna bo’lmoqda.
Tariximizning har qaysi davrida din doimo odamlarda yaxshi hislatlarni 
ko’paytirib, yomonlaridan halos bo’lishga chorlagan, yuksak umuminsoniy 
qadriyatlarga asoslangan. Bugungi kunda ma’naviy va diniy jabhalarda kechayotgan 
murakkab jarayonda barcha millat va din vakillari bir-birlariga nisbatan hamjihatlik 
bag`rikenglik va o’zaro hurmat tamoyillariga amal qilishlari doimiy barqarorlikning 
muhim omillaridan biridir. 
So’nggi yillarda butun dunyo, shu jumladan, mintaqamizda kuchayib borayotgan 
diniy aqidaparastlik va jangarilik islomning asl mohiyati bo’lgan bag’rikenglikka zid 
bo’lgaya harakatlarga sabab bo’lmoqda. 
Hozirgi zamonda milliy va diniy bag’rikenglik dunyoda tinchlik va barqarorlikni 
asrash hamda diniy ekstremizm, fundamentalizm va aqidaparastlikka qarshi kurashni, 
butun jahon hamjamiyatining hamKorligini nazarda tutadi. Shu tamoyilga asoslangan 
O’zbekiston turli dinlarga mansub qadriyatlarni asrabavaylash, barcha fuqarolar o’z 
e’tiqodini amalga oshirishi uchun zarur sharoitlarni yaratib berish, dinlar va millatlararo 
hamjihatlikni yanada mustahkamlash, ular o’rtasidagi qadimiy mushtarak an’analarini 
rivojlantirishga alohida e’tibor qaratmoqda. 
Diniy bagrikenglik ham dinlararo hamda har bir dinning ichidagi turli xil 
yo’nalishlar va mazhablarning ezgu g’oyalarini qadrlash, birbirlarini hurmat qilish 
asosida amalga oshadi. 
XULOSA


www.scientificprogress.uz 
«SCIENTIFIC PROGRESS» Scientific Journal
ISSN: 2181-1601 ///// \\\\\ Volume: 1, ISSUE: 3

Yüklə 358,04 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin