«scientific progress» Scientific Journal issn: 2181-1601 ///// \\\\\ Volume: 1, issue: 6



Yüklə 0,53 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/5
tarix07.06.2023
ölçüsü0,53 Mb.
#126090
1   2   3   4   5
oilada-bola-shaxsini-shakllanishida-tarbiya-usullarining-ahamiyati

 
1194 
 
toқati yo’q, ko’pchilikning ichida o’zini tuta olmaydigan, hayotning past-balandliklarida 
o’zini nochor his etadigan, tantiq, erka bo’lib qoladi. Ayniqsa, bola o’smirlik yoshiga 
yetganda, erka, tantiқ bo’lgani uchun do’stlari va tengqurlari davrasida ham hamma 
aytganlari bo’lishini istaydigan, liderlikka intiluvchanligini namoyon etgisi keladi, lekin 
ikkinchi tomondan, aslida unda bunday sifatlar bo’lmaydi. Gap shundaki, bunday 
holatlarda ota-ona zurriyodi timsolida ilgari o’z hayot tajribasida erisholmagan 
armonlarini ro’yobga chiqargisi keladi, ularning tarbiya uslublari aynan shunga 
qaratilgan bo’ladi, lekin bola ko’p jihatdan nochor ekanligini keyinchalik ijtimoiy 
muhitning turli vaziyatlariga tushganida his eta boshlaydi. 
ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA 
G’amho’rlikdan ustun keladigan giperprotektsiya – bunda erkalatishdan ko’ra 
ota-ona tomonidan bolasining har bir yurgan qadami va xatti-harakatini nazoratga olish 
orqali unga e’tibor berish nazarda tutiladi. Shuning uchun bu tarbiya uslubida turli xil 
ta’qiqlar, chegaralashlar (“u mumkin emas”, “bu mumkin emas” qabilida) bisyor 
bo’ladi. Bunday sharoitda katta bo’lgan bola odatda mustaqil fikrli, mustaqil qarorlar 
chiqaruvchi bo’lolmaydi, lekin salga jahli chiqadigan, ko’p narsalardan norozi holda 
katta bo’ladi, chunki u doimiy nazoratga, birovlarning hamma yo’l-yo’riqlarni ko’rsatib, 
aytib berishlariga o’rganib qoladi: onasisiz dars tayyorlay olmaydigan, otasisiz ko’chaga 
chiqmaydigan bo’ladi, barcha ishlarida kattalarning aralashuviga ko’nikib ketadi. 
O’ta kuchli axloqiy mas’uliyat – bunda ota-ona tomonidan bolaga nisbatan 
talablar darajasi yuqori bo’ladi, lekin uning asl xohish-istaklari, ehtiyojlari unchalik 
e’tiborga olinmaydi. Ota-ona bolasining kelajagini puxta қilishni o’ylab, uning yurish-
turishi uchun ўzlarini mas’ul deb his қilgan holda, shaxsiy tasavvuridagi insonni 
yaratishga, shaxsni shakllantirishga urinadilar, ba’zan nazorat ostida bolaning yoshi, 
aqliy yoki jismoniy imkoniyatlariga zid talablar, to’shiriqlar ham berilaveradi. Masalan, 
“sen to’ng’ichimizsan, ukalaringga sen qarashing kerak”, degan ma’noda unga oiladagi 
kichik a’zolarga yoki kasallikka chalingan oila a’zosini parvarish qilish kabi 
mas’uliyatli va og’ir ishlar ham yuklanadi. 

Yüklə 0,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin