«scientific progress» Scientific Journal issn: 2181-1601 ///// \\\\\ Volume: 1, issue: 6



Yüklə 0,53 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/5
tarix07.06.2023
ölçüsü0,53 Mb.
#126090
1   2   3   4   5
oilada-bola-shaxsini-shakllanishida-tarbiya-usullarining-ahamiyati

 
1196 
 
holatki, unda ota-onaning bola bilan shug’ullanishga yo vaqti yetishmaydi, yoki bu ishni 
boshqalarga yuklab qo’yadi. Ayrim ota-onalar shu tarzda hayot kechirib, farzandlarini 
umuman nazorat ham qilmaydi, uning taқdiriga befarq bo’ladi, g’amho’rlik 
ko’rsatmaydi, bolasining kelajagiga qayg’urmaydi. Gipoprotektsiyaning yashirin 
shaklida ota-ona bola ustidan nomiga nimalardir qilganday bo'ladi. Lekin aslida ularni 
faqat o'zlarining kundalik muammolari qiziqtiradi. Bola bu holatlarni tahlil etib, o'zining 
kerak emasligini, oilada ortiqcha ekanligini anglab boradi. 
Tashlab qo'yilgan bolalar yoki tashlandiq bolalar – odatda yoshligidan na moddiy, 
na ma’naviy ehtiyojlari qondirilmagan bolalardir. Ular masalan, qorni to'ymaganidan 
jismoniy taraqqiyotdan orqada qolsa, nazorat va e’tiborning yo'qligidan turli jinoyat 
yo'llariga kirib qoladi, yaxshi, samimiy e’tibor va mehrning yo'қligidan jamiyatda
odamlar orasida o'z o'rnini topishga qiynaladigan, odamovi, savodsiz bo'lib o'sadi. 
Bularning barchasi ularning kelajakda jinoyat yo'llariga kirib qolishiga yoki zararli 
odatlarga o'rganishi (giyohvand moddalar iste’mol qilish)ga sabab bo'ladi.
XULOSA
Oilaviy tarbiyaning yana bir shakli – ziddiyatli tarbiya. Bunda oila a’zolarining har 
biri bitta bolaga nisbatan turlicha tarbiya uslublarini qo'llaydi, masalan, otasi o'ta 
qattiqqo'l, ona o'ta mehribon, yoki ota-ona bolaning xulqini juda nazorat қilib, 
mas’uliyat bilan uning axloqiy tarbiyasi bilan shug'ullalanadi, buvilari esa aksincha, uni 
erkalatib, izdan chiqib ketishini – “hali yosh, katta bo'lganda o'zi yaxshi bo'lib ketadi”, 
qabilida ma’qullayveradi. Bunday beqaror tarbiya uslublarini E.Eydemiller, V.Yustitskiy, 
N.Leongardlar o'rganib, uning oqibatida bolada salbiy xarakter xususiyatlari, masalan, 
qaysarlik, obro'li shaxslarning tazyiqini noto'g'ri baholash kabilar shakllanishini 
isbotlaganlar. Ota-ona tarbiyadagi beqarorlikning oqibatlarini tasavvur qilsalarda, uning 
oldini olishni bilmaydi. Ko'pincha bu – bolalikka xos sifatlar ekanligi fikri ularni 
tinchlantiradi. Aksariyat ota-onalar bolasini yo'qotib qo'yish yoki uning ko'ngli 
qolishidan qo'rqib ham noto'g'ri tarbiya yo'llarini tutadi. Shuning uchun oilaviy tarbiya 
o'ta murakkab jarayon bo'lib, unda ota-onalar oldindan psixologik jihatdan tayyor 
bo'lishlari kerak. 

Yüklə 0,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin