www.scientificprogress.uz
«SCIENTIFIC PROGRESS» Scientific Journal
ISSN: 2181-1601 ///// \\\\\ Volume: 1, ISSUE: 6
1195
his қilib yashaydi va tezroq mustaqil bo’lib olib, ularni tashlab ketishni, alohida
yashashni ixtiyor qilib qoladi. Ona qanchalik o’z mehribonligini sun’iy ravishda
namoyon
etishga urinmasin, bola baribir ularning samimiy emasligini qalbi bilan his
etadi. Ayniqsa, otasi bilan ajralishgan yoki ota tashlab ketgan holatlarda onaning
bunday munosabati bolaga juda og’ir botadi.
MUHOKAMA
Qattiqqo’llik – bir қarashda emotsional rad etishga o’xshaydi, lekin undan
ochiqroq va og’irroqdir. Qattiqqo’llik to’g’ridan-to’g’ri
bolani yoshligidan kaltaklash,
haqorat qilish, kamsitish shaklida yoki bola ehtiyojlariga to’la befarqlik, uning bor-
yo’qligini go’yoki sezmaslik kabi ko’rinishlarda bo’lishi mumkin. Ikkala holatda ham
bola yoshligidan nima qilib bo’lsa-da, tezroq katta bo’lish, o’zi
amallab tirikchiligini
qilish, ota-ona tazyiqidan qutulishni o’ylab yashaydi. Bunday oilada bolani u yoki bu
xulqi uchun jazolash odat tusiga kirib qoladi, bola qo’rqqanidan ota-ona hukmiga itoat
etayotganligi, buning istiqbolda yomon asoratlari borligini kattalar bilmaydilar, bilsalar
ҳam bu usul ular uchun samarali tuyuladi. Aybdorlik, aybga yarasha jazo kabi usullar
bola xulq-atvorini boshqaruvchi psixologik omilga aylanadi, u ham kelajakda doimo
aybdorlarni qidirishga o’rganib boradi.
NATIJA
Z.Freyd nazariyasiga ko’ra , ana shunday jazoga hukm etilgan bola tobora agressiv
bo’lib borib, o’zida alamni qaysidir bir ob’ektdan (o’zidan kichiklardan, begonalardan,
hayvonlardan) olishga qasd qiladigan, qasoskor bo’lib o’sadi. Jismoniy jihatdan bolaga
zug’um qilib, uni kaltaklash holatlari deyarli barcha ijtimoiy qatlam vakillariga xosdir.
Hayotda, ish-faoliyatida omadi kelmagan yoki baxtsiz muhabbat qurboni bo’lgan, lekin
farzand ko’rgan ayollarning aksariyati achchig’ini bolasidan
olishga moyillik tarkib
topadi, bu tobora hayotiy ko’nikmaga aylanib boradi. Ayniqsa, stress omillar ta’sirida
ota-ona (masalan, ishsizlar, uyi yo’qlar, ish qidirib boshqa yerlarga ketib qolgan
migrantlar, etnik yoki moliyaviy ziddiyatlarning qurbonlari, kambag’allar) o’z ijtimoiy
muammolarini hal qilaolmay, tug’ilgan bolasidan o’ch ola boshlaydi.
Turmushdagi muammolar qanchalik ota yoki ona uchun murakkab tuyulsa,
ularning
bolasini kaltaklashi, undan o’ch olish ehtimoli shuncha yuqori bo’lishini
olimlar o’rganishgan. Shunisi xarakterliki, bolasini tez-tez do’pposlaydigan ota-ona
ayrim holatlarga unga qattiqqo’lliklarining sababini aytib,
bu kabi harakatlarni nima
uchun, nima sababdan amalga oshirayotganligini tushuntirishga ham jazm qiladi, bolani
ularni tushunishga, hattoki, ko’mak berishga chaqiradi. Masalan, topganini o’zi
ko’chada yeb, alkogolga almashtirib kelib, achchig’ini yana boladan oladi-da, puli asli
kam ekanligini, ichmasa turolmasligini bolaga tushuntiradi.
Gipoprotektsiya – shunday
www.scientificprogress.uz
«SCIENTIFIC PROGRESS» Scientific Journal
ISSN: 2181-1601 ///// \\\\\ Volume: 1, ISSUE: 6
Dostları ilə paylaş: