«scientific progress» Scientific Journal issn: 2181-1601 ///// \\\\\ Volume: 1, issue: 6



Yüklə 0,53 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/5
tarix07.06.2023
ölçüsü0,53 Mb.
#126090
1   2   3   4   5
oilada-bola-shaxsini-shakllanishida-tarbiya-usullarining-ahamiyati

Emotsional raddiya – bunda ota-ona bolasini shunday tarbiyalaydiki, uning ota-
ona hayotida u o’ziga yarasha tashvish, ortiqcha yuk ekanligi, u bo’lmaganida ota-
onaning hayoti boshqachi bo’lishi muntazam ravishda eslatib turiladi. Agar bu farzand 
oilada yagona bo’lmasa, boshqa arzandaroq, suyukliroқ inson bo’lsa, vaziyat yanada 
og’irlashadi, “sen bo’lmaganingda…” yoki қiz bolaga qarab: “Sening o’rningda og’il 
bo’lganda edi...” qabilidagi kesatiqlar tez-tez aytib turiladi. 
Ayrim ota-onalar bu kabi emotsional jihatdan bolasini rad etayotganligini 
yashirishga urinadi, “nega bolani yoqtirmaysan?” kabi savollarga aslida uni sevishi, 
kerakligini ta’kidlagan bilan baribir bola ota-onasi uchun ortiqcha tashvish ekanligini 


www.scientificprogress.uz 
«SCIENTIFIC PROGRESS» Scientific Journal
ISSN: 2181-1601 ///// \\\\\ Volume: 1, ISSUE: 6
 
1195 
 
his қilib yashaydi va tezroq mustaqil bo’lib olib, ularni tashlab ketishni, alohida 
yashashni ixtiyor qilib qoladi. Ona qanchalik o’z mehribonligini sun’iy ravishda 
namoyon etishga urinmasin, bola baribir ularning samimiy emasligini qalbi bilan his 
etadi. Ayniqsa, otasi bilan ajralishgan yoki ota tashlab ketgan holatlarda onaning 
bunday munosabati bolaga juda og’ir botadi. 
MUHOKAMA
Qattiqqo’llik – bir қarashda emotsional rad etishga o’xshaydi, lekin undan 
ochiqroq va og’irroqdir. Qattiqqo’llik to’g’ridan-to’g’ri bolani yoshligidan kaltaklash
haqorat qilish, kamsitish shaklida yoki bola ehtiyojlariga to’la befarqlik, uning bor-
yo’qligini go’yoki sezmaslik kabi ko’rinishlarda bo’lishi mumkin. Ikkala holatda ham 
bola yoshligidan nima qilib bo’lsa-da, tezroq katta bo’lish, o’zi amallab tirikchiligini 
qilish, ota-ona tazyiqidan qutulishni o’ylab yashaydi. Bunday oilada bolani u yoki bu 
xulqi uchun jazolash odat tusiga kirib qoladi, bola qo’rqqanidan ota-ona hukmiga itoat 
etayotganligi, buning istiqbolda yomon asoratlari borligini kattalar bilmaydilar, bilsalar 
ҳam bu usul ular uchun samarali tuyuladi. Aybdorlik, aybga yarasha jazo kabi usullar 
bola xulq-atvorini boshqaruvchi psixologik omilga aylanadi, u ham kelajakda doimo 
aybdorlarni qidirishga o’rganib boradi. 
NATIJA
Z.Freyd nazariyasiga ko’ra , ana shunday jazoga hukm etilgan bola tobora agressiv 
bo’lib borib, o’zida alamni qaysidir bir ob’ektdan (o’zidan kichiklardan, begonalardan, 
hayvonlardan) olishga qasd qiladigan, qasoskor bo’lib o’sadi. Jismoniy jihatdan bolaga 
zug’um qilib, uni kaltaklash holatlari deyarli barcha ijtimoiy qatlam vakillariga xosdir. 
Hayotda, ish-faoliyatida omadi kelmagan yoki baxtsiz muhabbat qurboni bo’lgan, lekin 
farzand ko’rgan ayollarning aksariyati achchig’ini bolasidan olishga moyillik tarkib 
topadi, bu tobora hayotiy ko’nikmaga aylanib boradi. Ayniqsa, stress omillar ta’sirida 
ota-ona (masalan, ishsizlar, uyi yo’qlar, ish qidirib boshqa yerlarga ketib qolgan 
migrantlar, etnik yoki moliyaviy ziddiyatlarning qurbonlari, kambag’allar) o’z ijtimoiy 
muammolarini hal qilaolmay, tug’ilgan bolasidan o’ch ola boshlaydi. 
Turmushdagi muammolar qanchalik ota yoki ona uchun murakkab tuyulsa, 
ularning bolasini kaltaklashi, undan o’ch olish ehtimoli shuncha yuqori bo’lishini 
olimlar o’rganishgan. Shunisi xarakterliki, bolasini tez-tez do’pposlaydigan ota-ona 
ayrim holatlarga unga qattiqqo’lliklarining sababini aytib, bu kabi harakatlarni nima 
uchun, nima sababdan amalga oshirayotganligini tushuntirishga ham jazm qiladi, bolani 
ularni tushunishga, hattoki, ko’mak berishga chaqiradi. Masalan, topganini o’zi 
ko’chada yeb, alkogolga almashtirib kelib, achchig’ini yana boladan oladi-da, puli asli 
kam ekanligini, ichmasa turolmasligini bolaga tushuntiradi. Gipoprotektsiya – shunday 


www.scientificprogress.uz 
«SCIENTIFIC PROGRESS» Scientific Journal
ISSN: 2181-1601 ///// \\\\\ Volume: 1, ISSUE: 6

Yüklə 0,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin