www.scientificprogress.uz
«SCIENTIFIC PROGRESS» Scientific Journal
ISSN: 2181-1601 ///// \\\\\ Volume: 1, ISSUE: 1
65
S.T.Ter-Minasova insonning atrofdagi olamni tasavvur qilishining uchta shaklini
ajratib ko‘rsatadi:
dunyoning real manzarasi, dunyoning madaniy (yoki tushunchali)
manzarasi, dunyoning tildagi manzarasi.
Dunyoning real manzarasi bu insondan tashqaridagi obyektiv holat, bu insonni
o‘rab turgan olam.
Dunyoning madaniy manzarasi bu real manzaraning
insonning sezish organlari
yordamida olingan va uning jamoatchilik hamda individual ongi orqali o‘tgan
tasavvurlari negizida shakllantirilgan tushunchalar prizmasi orqali aks etishidir.
Dunyoning tildagi manzarasi voqelikni dunyoning madaniy manzarasi orqali aks
ettiradi. Til – madaniyatning bir qismi, lekin madaniyat ham tilning faqat bir qismi.
Demak, dunyoning tildagi manzarasi, mobodo madaniy
manzara deganda biz inson
ongida mujassam bo‘lgan dunyo obrazini, ya’ni, insonning jismoniy tajribasi va
ma’naviy faoliyati natijasida yaratilgan dunyoqarashni tushunadigan bo‘lsak, unda
to‘laligicha madaniy manzara bilan qamrab olinmagan. Shunday qilib, dunyoning
madaniy va tildagi manzaralari o‘zaro bir-biri bilan chambarchas bog‘langan, uzluksiz
ravishda o‘zaro harakatda bo‘ladi va dunyoning real manzarasiga chiqib boradi.
S.T.Ter-Minasovaning fikricha, dunyoning milliy
manzarasi uning tildagi
manzarasiga nisbatan birlamchidir. Milliy manzara tegishli tildagi manzaraga nisbatan
to‘larok, boyroq va teranroqdir. Biroq aynan til dunyoning milliy-madaniy manzarasini
amalga oshiradi, verballashtiradi, uni saqlaydi va avloddan avlodga yetkazadi. Til
dunyoning milliy qiyofasida mavjud bo‘lgan hamma
narsani ham qayd qila olmaydi,
lekin hamma narsani bayon qilishi mumkin. Bizning fikrimizcha, madaniyatning tilga
nisbatan yoki,
aksincha, tilning madaniyatga nisbatan birlamchiligi haqida gapirish
maqsadga muvofiq emas. Aslida bular ikkita o‘zaro bir-biri bilan bog‘langan “dunyo
manzaralari” bo‘lib, sabab-oqibatli aloqalarning ularga nisbatan qo‘llanish mumkin
emas.
Dostları ilə paylaş: