www.scientificprogress.uz
«SCIENTIFIC PROGRESS» Scientific Journal
ISSN: 2181-1601 ///// \\\\\ Volume: 1, ISSUE: 1
66
Y.D.Apresyan dunyoning tildagi “sodda” manzarasi haqidagi masalaning hozirgi
holatini tavsiflab, bunday tadqiqotning ikkita asosiy yo‘nalishda ketayotganini qayd
qiladi.
1.
Bir tomondan, tilga oid va umumiy madaniy ong “stereotiplari”ning ushbu
etnosga xos bo‘lgan ayrim jihatlari tadqiq qilinadi. Muallif ularni o‘ziga xos
lingvomadaniy izoglosslar va izoglosslar turkumlari deb ataydi. Bular ko‘ngil, hasrat,
taqdir, kechmish, iroda va shu kabi tipik jihatlardir. Boshqa tomondan, deb qayd qiladi
muallif, bular nospetsifik jihatlarning o‘ziga xos konnotatsiyalaridir (masalan, turli
madaniyatlardagi ranglar bilan ifodalanadigan ramzlar).
2. Ayni bir vaqtda “til uchun xos bo‘lgan dunyoga nisbatan garchi “sodda”
bo‘lsada, lekin ilmiygacha bo‘lgan yaxlit qarashni izlash va qayta ta’mirlash bo‘yicha
izlanishlar bormoqda” Ya’ni, “umuman dialekt” tadqiq qilinayapti.
Muallifning
fikricha, bu o‘rinda milliy o‘ziga xoslikning hisobga olinishida baribir “asosiy diqqat-
e’tibor aynan shu dunyoning tildagi yaxlit manzarasiga qaratiladi”
Muallif oxirgi yo‘nalishning asosiy qoidalarini xulosalab, shunday ta’kidlaydi:
“1. Har bir tabiiy til dunyoni idrok etish va tashkil qilish (konseptuallashtirish)ning
muayyan usulini aks ettiradi. Unda ifodalanadigan mohiyatlar qarashlarning qandaydir
yagona tizimda, o‘ziga xos jamoatchilik falsafasiga mujassamlashadi, bunday falsafa
ushbu tilda gaplashuvchilar uchun majburiy qoida sifatida belgilanadi...
2. Til uchun xos bo‘lgan voqelikni konseptuallashtirish usuli (dunyoqarash) qisman
universal, qisman milliy jihatdan o‘ziga xos bo‘lib, turli tillarda so‘zlashuvchilar
dunyoni birozgina
turlicha, o‘z tillari prizmasi orqali ko‘rishlari mumkin.
3. Boshqa tomondan, u ko‘pgina muhim detallari yuzasidan dunyoning ilmiy
manzarasidan farq qilishi sababli “sodda” hamdir. Bunda oddiy
tasavvurlar aslo faqat
soddagina emas. Ko‘pchilik hollarda ular xuddi ilmiy tasavvur kabi murakkab va
qiziqarlidir. Masalan, insonning ichki olami haqidagi oddiy tasavvurlar shundaydir...”
G.V. Kolshanskiyning qayd qilishicha, tilning mazmunan tashkil qilinishidagi bir
tizimga soluvchi negizni izlashlar lingvistlarni tilning semantik tahliliga olib keldi.
Tilga nisbatan bunday yondashuv so‘zlarning ahamiyatiga nisbatan bir tizimli qarashni
nazarda tutadi. Gap semantik maydon uslubi haqida bormoqda. Semantik maydon
deganda qaydaydir tushuncha (ba’zan – g‘oya) atrofida guruhlashadigan so‘zlar va so‘z
birikmalari nazarda tutiladi. Matnning bunday elementlari “semantik primitivlar”
so‘zlar va idiomalar amal qilishini faraz qiladi. I.Trir fikriga binoan “semantik maydon”
lug‘atning ushbu tilning muayyan “tushunchali” sohasini
qamrab oladigan muqim
qismidan iborat. “U betakror, o‘zining ichki qonunlari bilan boshqariladi va o‘zining
turli tillar hamda aynan bir til tarixidagi mavjud shunga o‘xshash hodisalarg
o‘xshamaydigan “dunyo manzarasini” amalga oshiradi”.
www.scientificprogress.uz
«SCIENTIFIC PROGRESS» Scientific Journal
ISSN: 2181-1601 ///// \\\\\ Volume: 1, ISSUE: 1
Dostları ilə paylaş: