«scientific progress» Scientific Journal issn: 2181-1601 ///// \\\\\ Volume: 1, issue: 1



Yüklə 138,16 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/12
tarix26.12.2023
ölçüsü138,16 Kb.
#197931
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
hozirgi-zamon-tilshunosligida-til-va-madaniyatning-talqini

62
 
o‘zgarishi natijasida simvolizm hayotni tark etganida madaniyatning ajralib qolgan 
elementi sifatidagi til ham shu asnoda halok bo‘lgan. 
Shunday qilib, til, tafakkur va madaniyat o‘zaro shunchalik chambarchas bog‘lanib 
ketganki, amalda ular uchta tarkibiy qismdan iborat yaxlitlikni tashkil qiladiki, bu 
tarkibiy qismlarning hech biri boshqa ikkita tarkibiy qismsiz faoliyat yuritishi 
(binobarin, amal qilishi) mumkin emas. Ularning hammasi birgalikda atrofdagi olam 
bilan o‘zaro nisbatda bo‘ladi, uni aks ettiradi va ayni bir vaqtda shakllantiradi. Bunda 
ular dunyo manzaralari deb ataladigan hodisalarni hosil qiladi. 
Hozirgi tadqiqotlarda o‘zaro bir-birining o‘rnini almashtirib ishlatiladigan: “dunyo 
manzarasi” va “dunyo modeli” degan ikkita atama parallel ravishda qo‘llaniladi. Biroq 
bizning fikrimizcha, ularning ma’nosida jiddiy farq bor. “Model” so‘zi “qandaydir” 
mantiqan uyushgan, rejali narsadek tuyuladi, “manzara” tushunchasi esa birmuncha 
o‘zgacha xususiyatga ega, unda ijodkorlik elementlari aks etadi. Shu sababli biz bundan 
keyin “dunyo manzarasi” atamasini ko‘proq ishlatamiz. 
MUHOKAMA
G.V Kolshanskiyning fikricha, “dunyo manzarasi” – inson va uning turmushining 
o‘ziga xos xususiyatlari, uning tevarak-olam bilan o‘zaro munosabatlari, shuningdek 
uning ushbu dunyoda hayot kechirish shart-sharoitlarini aks ettiradigan asosiy 
tushunchadir.“Dunyo manzarasi – bu insonning dunyoni idrok etishiga asos bo‘ladigan, 
bunday manzarani til sohiblari tushunchasida dunyoning mohiyatga oid xususiyatlarini 
aks ettiradigan va insonning butun ma’naviy faolligi natijasi hisoblanadigan olamning 
asosiy global obrazidir” Muallif alohida qayd qiladiki, bu har doim obyektiv 
voqelikning subyektiv obrazi bo‘ladi, chunki dunyo manzarasi voqelikdagi voqea-
hodisalarning ko‘zgudagi aksi emas, balki atigi bir talqini, xolos. “Dunyo manzarasi”ga 
o‘zgarib turish xos, binobarin u dinamik tusga ega va bilish jarayoniga yo‘naltirilgan. U 
insonning olam bilan aloqalari jarayonida vujudga keladi, bunda aloqalar tajribasi va 
shakllari g‘oyat xilma-xilligi bilan tavsiflanadi. 
O.N.Yermolayeva dunyoning tildagi manzarasi tadqiqotining ikkita negizini aniq 
tabaqalashtirish zarurligi haqida yozadi: 
1) bizdan tashqarida, bizga umuman bog‘liq bo‘lmasdan amal qiladigan
predmetlari o‘rtasida o‘ziga xos maxsus munosabatlar va aloqalar mavjud bo‘ladigan 
dunyo manzarasining tildagi aksi; 
2) tildan bizdan tashqarida, predmetlari o‘rtasida o‘ziga xos maxsus munosabatlar 
va aloqalar mavjud bo‘ladigan bizga umuman bog‘liq bo‘lmasdan amal qiladigan dunyo 
manzarasining olinishi. 
Muallifning qayd qilishicha, “birinchi holatda tadqiqotchi barcha tillar uchun 
obyektiv olamning bir xilligidan dunyo manzaralarining ko‘p xilligiga boradi, ikkinchi 


www.scientificprogress.uz 
«SCIENTIFIC PROGRESS» Scientific Journal
ISSN: 2181-1601 ///// \\\\\ Volume: 1, ISSUE: 1

Yüklə 138,16 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin