617 ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA Milloddan avvalgi XVI-XV asrlarda Mitanni davlati kuchayadi.Mitanni Kichik
Osiyo, Finikiya, Suriya va Falastinga o’z ta’sirini o’tkazgan. Miloddan avvalgi XV
asrda Mitanni goh Misr, goh Xett, goh Ossuriya bilan urushlar olib borgan. Janglarda
Mitanni qo’shinlari goh yengadi, goh yengiladi.Bu davrda Xett davlati kuchayib,
Mitanni ustiga qo’shin tortadi. Jangda Mitanni podshosi Tushratti qo’shinlari yengiladi
.Shu vaqtda podsho saroyda fitna uyushtirilib, Tushratti o’ldiriladi. Ossuriya Alshi
davlatlar ittifoqini tuzib, ittifoqchilar Mitanni qo’shinlariga zarba beradilar. Xett
podshosi Tushrattining o’g’li Shattivasni taxtga o’tqizib, unga qizini nikohlab
beradi.Oqibatta Mitanni Xett davlatiga qaram bo’lib qoladi. Mitanni Xettlar yordamiga
tayanib Ossuriyani qaram qilib olmoqchi bo’ladi, ammo ossur qo’shinlaari yan g’alaba
qozonib, Mitanni podshosi oilasi bilan asr olinadi.Mitanni poytaxti Vashshukan ossur
qo’shinlari tomonidan vayron etiladi. Keyingi janglarda ham ossurlar g’alaba qozonib
mamlakatni vayron etadilar.Ko’p kishi qirib tashlanadi. 15 mingdan ortiq kishi asr
olinadi. Miloddan avvalgi XIII asrda Mitanni davlati parchalanib mayda davlatchalarga
bo’linib ketadi. U Ossuriya davlatining ta’siriga tushib, o’z mustaqilligini yo’qotadi.
Mitannning katta qismini Arman tog’liklari egallagan.Mamlakat janubida Yuqori
Mesopotamiya pasttekisligi joylashgan.
MUHOKAMA Mitannida kulolchilik, to’qimachlik, zargarlik, qurolsozlik, ma’dansozlik ham
rivoj topgan edi. Mitanni to’rt tomonga boradigan yo’l ustida, shuningdek madaniyat
rivoj topgan mamlakatlar o’rtasida joylashgan edi. Shuning uchun bu yerda ichki va
tashqi savdo rivojlangan edi.Mitanni Misr, Suriya, Falastin, Finikiya, Xet,
Mesopotamiya, Urartu va Ossuriya kabi davlarlar bilam qizg’in aloqalar olib borganlar.
Mitanni boshqa xalqlar ma’daniyatini mohirona o’zlashtirganlar va o’z kelajak
avlodlariga singdirganlar.Mitanni podsholigining ijtmoiy tuzumida hududiy jamlar,
qishloq, katta oilali uy jamoalari ‘’dimtular’’muhim o’rin tutgan. Yer katta oilaning
mulki hisoblangan.Davlat tepasida turgan hukmdor vafot etsa, uning o’rniga
hukmdorning o’g’li yoki ukasi taxtga o’tirgan .Viloyatlarni podsho tomonidan
tayinlangan ‘’xazannu’’-qishloq boshlig’i boshqargan.
NATIJA Mitanni podsholari hind-oriy sulolalari sulolari ismlarini saqlab qolib ‘’Mand
jangchilari podshosi’’ va ‘’Xurri jangchilari podshosi’’ unvoniga ega edilar.Hind-oriy
ma’budlari Indra, Mitra -Varuna va Nasati hukmron doiralarning homiysi hisoblangan.
Miloddan avvalgi XVI asr oxirida podsho Suttarni I davrida Mitanni Zagros va
Nineviyadan Shimoliy Suriyagacha bo’lgan hududlarni egallab, ulkan davlatga