SCIENTIFIC PROGRESS
VOLUME 2 ǀ ISSUE 2 ǀ 2021
ISSN: 2181-1601
Uzbekistan
www.scientificprogress.uz
Page 176
amaliyotga o‘qitish va tarbiyalashning yangi texnologiyalarini ishlab chiqish hamda
ularni joriy qilish hozirgi kun o‘qituvchisining ta’lim
texnologiyalari sohasida
qo‘shimcha tayyorgarlikka ega bo‘lishi zarurligini ko‘rsatmoqda [1-5].
Mamlakatimizda ta’limni rivojlantirishning maqsadli dasturiga muvofiq ta’lim
tizimii
modernizatsiyalash,
kadrlarni
qayta
tayyorlash,
o‘quv
jarayonini
axborotlashtirish, axborot makonlarini yaratish kabilarni amalga oshirish zarur. Sanab
o‘tilgan talablar yangi milliy ta’lim tizimining shakllanishiga,
inson kapitalining
rivojlanishiga, mamlakatimiz iqtisodiyotiing mustahkamlanishiga olib keladi.
Pedagog kadrlarning bilimlarini, kompetensiyalarining doimiy yangilash va butun
ta’lim tizimini takomillashtirish uchun shart-sharoitlarni yaratish lozim. Ta’lim
jarayoniga innovatsion texnologiyalarning joriy qilinishi ta’lim oluvchilarni dolzarb
bilimlar bilan ta’minlash uchun o‘z kasbiy faoliyatiga yangi yondashuvlarni olib kirish
va ularni o‘zlashtirishi darajasining ortishiga imkon beradi. Ta’lim tizimini
modernizatsiyalash ta’lim oluvchilarning ham ta’lim olish faoliyatidagi o‘zgarishlarni
ko‘rsatadi [6-11].
MUHOKAMA
Bugungi kunda kompetentli
yondashuvga tayanib, bu yondashuv nafaqat kasbiy
faoliyat kometensiyalarining shakllanishini, balki bo‘lajak
mutaxassisning shaxsiy
sifatlari yuzaga chiqarilishini ham ko‘zda tutadi. Oliy ta’lim standartida bo‘lajak
mutaxassisga mehnat bozoridagi raqobatbardoshlilik, o‘z kasbini erkin egallaganlik va
faoliyatning turdosh yo‘nalishlarida yo‘nalishni topa olish imkoniyatlari haqida talablar
qo‘yiladi – bularning barchasini kompetentli yondashuv sharoitlaridagina yuzaga
chiqarish mumkin.
“Kompetensiya” tushunchasining ta’riflaridan kelib chiqib (bu tushuncha esa o‘z
navbatida hamma tomonidan bir xilda talqin qilinavermaydi), ko‘pchilik mualliflar uni
mutaxassisning o‘zi olgan bilimlarini amaliyotda qo‘llay olishga tayyorligi, boshqalari
esa muammolarni hal qila bilish qobiliyati tarzida ta’riflaydilar.
Lotinchadan tarjima qilinganda “kompetensiya” so‘zi kishi biron-bir masala
doirasida yaxshi xabardor ekanligini bildiradigan, tajribaga ega ekanligini ko‘rsatadigan
tushunchani ifodalaydi. Oliy ta’lim bo‘yicha DTS ga muvofiq kompetensiya – bu
ma’lum bir sohada muvaffaqiyatli
faoliyat yuritish uchun bilim, mahorat va shaxsiy
sifatlarni qo‘llash qobilyatidir. Kompetentli yondashuv muammosiga murojaat qilish
“kompetensiya” va “kompetentlilik” tushunchalarining bir-biridan
ajratilishini talab
qiladi, chunki, ularning pedagogik adabiyotlarda [6]. Yetarlicha ko‘p ishlatilishiga
qaramasdan mazkur tushunchalarni hozirgi vaqtlargacha bir xil ma’noda talqin qilish
variantlari mavjud emas.
“Kompetentlilik” tushunchasi (lotincha sompetentia, compete –
birgalikda
erishaman, uddalayman, mos kelaman, to‘g‘ri kelaman ma’nolaridagi so‘zidan hosil