Page 178 Modernizatsiyalash davrida o‘qitishning amaliy-yo‘naltirilgan jarayonini shunday
tarzda tashkil etish dolzarb bo‘lib qoladiki, bunda ta’lim natijasi talabalarda
o‘qitishning, fikrlashning, tasavvurning, ijodiy qobiliyatlarning, bilishga barqaror
qiziqishning o‘z ichki motivatsiyasi shakllanishida namoyon bo‘lishi kerak. Hayotiy
muhim, amaliy jihatdan kerakli bilim, mahorat va amaliy tajribalar tizimini
shakllantirish zarur bo‘lib, bu bo‘lajak bitiruvchilarga hayotga yengil moslashish va
unga faol, ijodiy munosabatda bo‘lishga imkon beradi. Amaliy-yo‘naltirilgan
o‘qitishning mohiyati ta’lim jarayonining yo‘nalishini mazmun komponentlari –
umumiy va kasbiy kompetensiyalarning, yangi bilim, mahoratni egallashning va hayotiy
muhim vazifa hamda muammolarni hal qilishda ulardan foydalanishning amaliy
tajribalarii shakllanishining yaxlitligi asosida tuzishdan iborat bo‘ladi. Amaliy-
yo‘naltirilgan ta’lim asosida fundamental ta’lim va kasbiy-amaliy tayyorgarlikning
oqilona uyg‘unlashtirilishi yotadi. Amaliy-yo‘naltirilgan o‘qitish - bu o‘qitishning bir
turi bo‘lib, uning asosiy maqsadi bo‘lib ta’lim oluvchilarda bugungi kunlarda ish
beruvchilar talabi mavjud bo‘lgan amaliy ishning kasbiy kompetensiyalarini
shakllantirish, shu jumladan, olingan kompetensiyalardan amaliyotda qanday qilib,
qaerda va nima uchun foydalanilishi lozimligini tushunishning shakllantirilishi
hisoblanadi [25-28]. O‘qitishning kasbiy-yo‘naltirilgan texnologiyalarining joriy
etilishini eng samarali usuli bu talabalarda ularning kelgusi kasbiy faoliyatlarida
ahamiyatli bo‘lgan shaxsiy sifatlarning, shu jumladan, tanlab olingan mutaxassislik
bo‘yicha funksional majburiyatlarning sifatli bajarilishini ta’minlaydigan bilim, mahorat
va ko‘nikmalarning shakllanishiga yordam beradi. Amaliy-yo‘naltirilgan ta’limning
yuzaga kelishini kasbiy yo‘nalishli va kasbiy yo‘nalishga ega bo‘lmagan o‘quv fanlarini
o‘rganishning kontekstli imkoniyatlaridan foydalanish bilan bog‘lanadi. Ta’lim
jarayonida amaliy-yo‘naltirilgan texnologiyalardan foydalanish o‘quv faoliyatidagi
urg‘uni o‘zgartiradi, ta’lim oluvchilarni reproduktiv faoliyatning ulushi qisqarishi
hisobiga intellektual rivojlanishga undaydi. Amaliy-yo‘naltirilgan o‘qitish doirasida
ta’lim oluvchilarnng ichki motivatsiyasi rivojlanadi, chunki muhokama qilinayotgan
muammoning hal qilinish usullarini erkin tanlab olish imkoniyati paydo bo‘ladi; ta’lim
oluvchilar o‘z kompetentliliklarini his qiladilar; o‘z mustaqilliklarini boshdan
kechiradilar [5]. Bilim, mahorat, kasbiy kompetensiyalarni izlab topish, egallash
jarayonining intensifikatsiyalashuvi amaliy-yo‘naltirilgan o‘qitishning maqsadi bo‘lib
hisoblanadi. Amaliy faoliyata o‘zi egallagan kompetensiyalardan foydalana oladigan
mutaxassis amaliy-yo‘naltirilgan yondashuvning natijasi bo‘lib hisoblanadi [29].