Page 177 qilingan) lug‘atlarda bir xilda talqin qilinmaydi, balki “biron-bir narsa haqida fikr
yuritishga imkon beruvchi bilimlarga egalik” va “xabardorlik, vakolatlilik”, “obro‘ga
egalik, to‘la huquqlilik” kabi variantlarda qo‘llaniladi [2;3].
Kompetentli yondashuv g‘oyalari bir qancha xorijiy tadqiqotchi-olimlarning
ishlarida ko‘rib chiqilgan. Kompetentli yondashuv oliy ta’lim muassasalarida
mutaxassislarni kasbiy tayyorlashning maqsadi sifatida kompetentlilikning
belgilanishiga asoslanadi. Kompetentli yondashuv ta’lim oluvchilar tomonidan har xil
hayotiy va kasbiy vaziyatlarda samarali harakat qilishga imkon beruvchi turli hildagi
mahoratning o‘zlashtirilishini ko‘zda tutadi.
NATIJA Kompetentli yondashuv oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilari modeli asosiga
qo‘yiladi va oliy ta’lim bo‘yicha DTS doirasida yuzaga chiqarladi. Bitiruvchi modeli
uning kasbiy malakasini ta’lim natijalariga umum o‘quv fanlari talablari bilan
birlashtiradi va buning natijasida bo‘lajak informatika o‘qituvchisining tayyorgarligi
kompetentli yondashuv mantig‘ida amalga oshirilishi hamda oliy ta’lim muassasasi
bitiruvchisining kasbiy kompetentliligi shakllanishiga olib kelinishi lozim.
Kasbiy kompetentlilik “o‘qituvchi tomonidan uning pedagogik faoliyatini,
pedagogik muloqotini va o‘qituvchi shaxsini ma’lum bir qadriyatlar, g‘oyalar va
pedagogik ong tashuvchisi sifatida shakllanganligini belgilovchi bilim, mahorat va
ko‘nkimalarning zaruriy hajmini egallaganligi” sifatida talqin qilinadi [4].
Pedagogik faoliyatni yetarlicha yuqori darajada amalga oshira oladigan,
o‘quvchilarning o‘qitilganligi va tarbiyalanganligida yaxshi natijalarga erishadigan
hamda shaxs sifatida o‘zini yuzaga chiqara oladigan o‘qituvchi kasbiy kompetentli
bo‘lib hisoblanadi [12-18].
- kasbiy pedagogik bilimlar bilan;
- kasbiy pedagogik mahorat bilan;
- o‘qituvchining ham bilish sohasiga, ham motivatsion sohasiga tegishli bo‘lgan
kasbiy ahamiyatli sifatlari bilan;
- kasbiy pedagogik pozitsiyasi bilan;
- o‘qituvchining xulq-atvorini belgilaydigan (o‘quvchilarga, o‘ziga, hamkasblariga)
barqaror munosabatlari tizimi bilan.
O‘qitish jarayonida shakllantiriladigan bilim, mahorat va ko‘nikmalar ko‘pincha
real hayotdagi vaziyatlarda keraksiz bo‘lib qoadi. Ularning bunday o‘ziga xosligi
bo‘lajak o‘qituvchilarning eng birinchi o‘rinda, moslashuvchan, mobil bilimlari va
ulardan turli xil, shu jumladan, tipik bo‘lmagan vaziyatlarda ham foydalana olish
mahoratining shakllantirilishiga qaratiladigan kasbiy hamda metodik tayyorgarligi
mazmuniga bo‘lgan o‘ziga xos talablarni birinchi o‘ringa olib chiqadi [19-24].