Scientific progress volume ǀ issue ǀ 2021 issn: 2181-1601 Uzbekistan



Yüklə 0,61 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/7
tarix07.11.2022
ölçüsü0,61 Mb.
#67857
1   2   3   4   5   6   7
turkistonda-yangi-usul-maktablarining-faoliyati-xix-asr-oxiri-xx-asr-boshlari

SCIENTIFIC PROGRESS
 
VOLUME 2 ǀ ISSUE 3 ǀ 2021 
ISSN: 2181-1601
Uzbekistan
 
www.scientificprogress.uz
  
Page 273
nuqtai nazaridan zararlimi yoki yo‘qmi, shularni tekshirish edi”[5]. General-
gubernatorlik ma’murlari usuli jadid maktablarining keng quloch yozishiga qanchalik 
to‘siqlar qo‘ymasin, tabiiy-tarixiy jarayonni to‘xtata olmadi. 
“Usuli jadid” nomini olgan “usuli savtiya”ga asoslangan maktablar mohiyat 
e’tibori bilan “rus-tuzem” maktablariga qarshi vujudga keldi. “Usuli jadid” 
maktablarida milliy ma’naviyati yuksak, millat, Vatan istiqboli uchun jon kuydiruvchi 
yoshlarni tarbiyalab yetishtirish birinchi o‘rinda turgan. Jadid pedagoglarining buyuk 
xizmatlari shundaki, ular maktablarda ona tilida ta’lim-tarbiya berishga, milliy adabiyot, 
musulmon dini va ma’naviyati asoslarini o‘qitishga hal qiluvchi masala sifatida 
qaradilar. Chunki ular millatning o‘zligini saqlovchi asosiy vosita ona tili va milliy 
adabiyot deb bildilar [6]. 
1909 yilda Rossiya Davlat dumasida – «G‘ayri ruslarning davlat tasarrufidagi 
maktablarda ta’lim-tarbiya qaysi tilda olib borilishi kerak?» degan mavzu yana 
muhokama etiladi. Unga binoan «turkistonliklarning adabiy tili yo‘qligi» sababli ta’lim-
tarbiya faqat rus tilida olib boriladi, agar mahalliy so‘zlarga ehtiyoj tug‘ilgan taqdirda 
esa arab yozuvida emas, faqat kirill yozuvida ta’lim beriladi, degan farmoyish e’lon 
qilinadi. Bu farmoyish turkiyzabon ziyolilarning, pedagoglarning qattiq noroziligiga 
sabab bo‘ldi. Unga qarshi «Tarjimon» gazetasida e’lon qilingan «Chig‘atoy tili» 
sarlavhali maqolada quyidagilarni o‘qiymiz: «Samarqand, Farg‘ona, Sirdaryo 
qit’alarining shevalari eski chig‘atoy shevasidur. Bu sheva adabiy o‘ldig‘i butun jahona 
ma’lumdur. Hatto turk shevai adabiyalarining eng qadimi va mabdai o‘ldug‘i lisoniyun 
(tilshunoslar) oldida masdaq (tasdiqlangan)dur. Taftazoniylar, Ahmad Yassaviylar, Ali 
Qushchi, Alisher Navoiy va boshqalar vujuda keltirmish Turkiston tili nechuk «tilsiz», 
«adabiyotsiz» ot o‘linur?! Rus millatining lisoni adabiy o‘lmadig‘i zamonda 
Lomo‘no‘suf, Pushkin kabi rus adiblarining vujudidan uch va to‘rt yuz sana muqaddam 
(«Muhokamat ul-lug‘atayn» risolasina boq!» – gazeta izohi – U.D.) Chig‘atoy, ya’ni 
Turkiston tili forsiyya foyiq (g‘olib) bo‘lindig‘i da’vo o‘linur-da, bugun Turkiston 
belisondur, deyu nasil (qanday) hukm o‘linur?! Kiyev va Mo‘sqva baldalarinda rum va 
lotin lisoninda biror rahbon (rohiblar) shqolasi ta’sis edilmasdan muqaddam Buxoro va 
Samarqandda ilmi tibb, hay’at, falsafa, ta’rix, jug‘rofiya, xandasa va soira dars va tahsil 
edilur. Ulug‘beklar, Forobiylar, Ibn Sinolar kabi turk hukamosi yetishur-da
buyuklarning ahfodi (avlodi) bu kun nechuk tilsiz ot o‘linur?!»[7]. 
Mana shunday og‘ir sharoitda o‘zbek jadid pedagoglari ona tili hamda milliy 
adabiyotni o‘qitishga millatning hayot yoki mamoti masalasi sifatida qaradilar, ona tili 
va adabiyot o‘qitishning nazariy va amaliy asoslarini ishlab chiqdilar. Bunday masalalar 
ularning darsliklarida o‘z ifodasini topdi. Milliylik va milliyat masalasi Behbudiy, 
Munavvarqori, Avloniy, Fitrat kabi mutafakkirlar faoliyatida hal qiluvchi ahamiyat kasb 
etdi. Mahmudxo‘ja Behbudiyning bu haqdagi so‘zlariga e’tibor bering: “Barchamizga 
oftob kabi ravshan va ayondurki, makotib taraqqiyning boshlang‘ichi, madaniyat va 



Yüklə 0,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin