Page 274 saodatning darvozasidur. Har millat eng avvalo makotibi ibtidoiysini zamoncha isloh
etib ko‘payturmaguncha, taraqqiy yo‘lig‘a kirub, madaniyatdin foydalanmas. Binoan
alayh, yer yuzidagi barcha millatlar o‘z bolalarini ibtidoiy tarbiyasig‘a va
maktablarining har jihatdan intizom va akmolig‘a ahamiyat berib, bolalarini milliy va
diniy ruhda mukammal suratda yetushdururlar. Aning uchundurki, o‘zga millatlar diniy
va milliy hissiyotg‘a molik bo‘lub, har ishda diyonat va milliyatni muqaddam
tutarlar”[8].
Jadidlar yurt istiqloli va taraqqiyotini zamonaviy mutaxasislarsiz tasavvur qila
olmadilar.Shu munosabat bilan jadidlar asosiy e’tiborni mahalliy xalq bolalaridan kuchli
kadrlar tayyorlashga kirishdilar.Ular bu vazifani amalaga oshirish uchun maktab-maorif
tizimini takomillashtirish kerak ekanligini anglab yetdilar.Shu maqsad yo’lida yangi
usul maktablarini yaratishni o’z oldilariga maqsad qilib qo’ydilar.
Yangi usul maktablarining boshqa maktablaridan farqi va yutuqlari shundaki,bu
maktablarda sinf dars tizimiga o’tildi.Ko’rgazmali materiallardan foydalanish ancha
samarali usul ekanligi isbotlandi.Sinf xonalarning toza va yorug’ligi,partalarda o’tirib
o’qitilishi,dars tanafuslarining joriy etilishi muhim ahamiyatga ega bo’ldi.
Jadid maktablari ortib borgan sari ularning dars berish tizimi takomillashib
boraverdi.O’rta Osiyo jadidchilik harakatining yoyilishida Mahmudxo’ja Behbudiyning
o’rni beqiyosdir.
Behbudiya maktabida har yilning oxirlarida tanatanali imtihonlar o'tkazilib
turilardi. Imtihonlarga, albatta, ota-onalar va boshqa mehmonlar ham taklif qilinardi.
Bu birinchidan: «usuli jadid» maktablarini ko'proq targ'ib qilish va|uning o'qish
tartiblarini ko'rsatish bo'lsa; ikkinchidan maktabni hayotiyroq qilish, ya'ni bola va
maktab birligini amalga oshirish edi.
Sakkiz sinf, ya'ni birinch bosqichni tugatgan shogird arabcha, forscha va
turkchada bemalol so'zlab, yozardi. Ruschani ham o'qib, bemalol gaplasha olardi.
Turkistoning boshqarma mahkamalarining barchasida ishlashga qurbi yetardi. Bu
shogird maktabda muallimlik ham qila olardi, tijorat bilan ham shug'ullanar, hatto
muharrirlik ham qo'lidan kelardi.Har yilgi imtihonlarga barcha joydagi vakillarga xat
yuborilib taklif etilardi. Lekin ko'pchilik maktabning yutuqlarini ko'ra olmaganlar
kelmasdi.
Behbudiy aytar ediki:«Kelib ko'rsunlar, durust bo'lsa, rivoj bersunlar, nodurust
bo'lsa, dalil ila isbot qilsunlar... maqsadimizda xizmatdan va millatdan boshqa narsa
yo'qdur».