Scientific progress volume ǀ issue ǀ 2021 issn: 2181-1601 Uzbekistan



Yüklə 0,61 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/7
tarix07.11.2022
ölçüsü0,61 Mb.
#67857
1   2   3   4   5   6   7
turkistonda-yangi-usul-maktablarining-faoliyati-xix-asr-oxiri-xx-asr-boshlari

SCIENTIFIC PROGRESS
 
VOLUME 2 ǀ ISSUE 3 ǀ 2021 
ISSN: 2181-1601
Uzbekistan
 
www.scientificprogress.uz
  
Page 271
Ozarbayjon turklari bizdan burun ko‘z ochib, boylarining himmati bilan yangi 
maktablar, yangi o‘rta, yuqori (oliy) madrasalar solib, ming-ming xalq bolalarini 
ko‘zlarin Ovrupo bilimlari bilan ochmoqda edilar. Ufa shahrida “Oliya”, “Usmoniya”, 
Qozon shahrida “Muhammadiya”, Orenburg‘da “Husayniya”, Qafqazda biz otini 
bilmagan yana qancha maktablar, madrasalar ko‘p edi. Bul yangi madrasalarni solmoq 
uchun yuz minglab, millionlab aqchalar ketgan, Nikolayning to‘ralari, chinovniklari 
oldida necha dapqir so‘roqlar berilgan edi... Olmaota (Verniy)da o‘rus mullalarining 
katta yig‘ini bo‘ldi, shul yig‘inda: «Tatarlar qozoqlar bilan sart bolalarini o‘qitmasin! 
O‘qumushli tatarlarg‘a Turkiston o‘lkasida turish uchun yo‘l qo‘ymaslik kerak! Chunki 
ular sart, qozoqlarg‘a bilim tarqatib, ko‘zlarini va fikrlarini ochadurlar, so‘ngra bizga 
yemak uchun Turkistonda non qolmaydur. Ikkinchi, yangi tartib bilan o‘qituvchi-
muallimlar, purog‘ramlari, o‘qitadurg‘on kitoblarini kimlarning asari ekanligin 
“inespektur”larga yozib kursatmaguncha, bola yig‘ib o‘qutolmaydurlar!» – deb qaror 
berdilar. Shuning uchun hukumatning o‘rus va musulmon ma’murlaridan ham imtihon 
ko‘rish bahonasi bilan kelib-ketib turmoqda edilar”[1]. 
Agar Ismoilbek Gasprali g‘oyalari mohiyatiga nazar tashlasak, ularning, ayniqsa, 
dastlabki davrda Rossiyaning ruslashtirish siyosatiga qarshi qaratilganligi, yuksak 
taraqqiyotga milliylikni saqlagan holda erishishga chaqirishi sezilib turishini ko‘ramiz. 
Jumladan u shunday yozadi: “Ovrupa bir keksa choldir, tajribasi ko‘pdir. Ulug‘ yoshiga 
hurmatimiz bor. Tajribasidan o‘rganamiz. Lekin xatolarini takrorlamaymiz. 
Maktablarini, universitetlarini biz ham quramiz. Ammo aqllarimizni qanchalik yoritsak, 
qalblarimizni ham shuncha haqqoniyat bilan to‘ldirmoqqa harakat qilamiz. Ovrupada 
nimani ko‘rsak, yosh boladek olib yugurmaymiz. Esli-hushli insonlardek “bu nimadir?, 
Oqibati nima bo‘ladi?, Vijdon va haqoniyatga uyg‘unmi?”, - deya aql tarozisiga tortib 
olamiz. Ovrupa madaniyati mulohazasiz qabul qilaverish mumkin bo‘lgan bir narsa 
emas”[2].Bundan ko’rinadiki, jadidlar yevropaliklarning tajribasini to’g’ridan-to’g’ri 
emas,balki uni faqatgina ijobiy tomonlarini qabul qilganlar. 

Yüklə 0,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin