Page 1396 • ta’lim oluvchining shaxsiy tajribasi va individual xususiyatlarini hisobga olish;
• mustaqil o’quv faoliyatini olib borish, bunda ta’lim oluvchi mustaqil o’qib va
rivojlanib boradi;
• ta’lim oluvchilarda, o’zlarining kasbiy vazifalarini muvaffaqiyatli bajarish uchun
hozirgi tez o’zgaruvchan ijtimoiy sharoitlarga moslashuviga yordam beradigan
zamonaviy ta’lim texnologiyalaridan foydalanish ko’nikmalarini hosil qilish.
Multimedia vositalari yordamida shaxsga yo’naltirilgan ta’limni amalga oshirish
jarayoni zamonaviy, ko’ptarmoqli, predmetga yo’naltirilgan multimediali o’quv
vositalarini ishlab chiqishni va foydalanishni talab etadi. Ular tarkibiga keng
ma’lumotlar bazasi, ta’lim yo’nalishi bo’yicha bilimlar bazasi, sun’iy intellekt tizimlari,
ekspert-o’rgatuvchi tizimlar, o’rganilayotgan jarayon va hodisalarning matematik
modelini yaratish imkoniyati bo’lgan laboratoriya amaliyotlari kiradi. Ta’lim
oluvchilarning individual xususiyatlarini hisobga olish va ularning manfaatdorligini
(motivasiyasini) oshirishga ko’maklashish imkoniyatlariga ko’ra, shuningdek, har xil
turdagi
multimediali
o’quv
axborotlarining
uyg’unlashuvi,
interfaollik,
moslashuvchanlik sifatlariga ko’ra multimedia foydali va mahsuldor ta’lim
texnologiyasi hisoblanadi. Interfaollikning ta’minlanishi axborotlarni taqdim etishning
boshqa vositalari bilan taqqoslaganda raqamli multimedianing muhim yutuqlaridan
hisoblanadi. Interfaollik ta’lim oluvchining ehtiyojlariga mos ravishda tegishli
axborotlarni taqdim etishni nazarda tutadi. Interfaollik ma’lum bir darajada axborotlarni
taqdim etishni boshqarish imkonini beradi: ta’lim oluvchilar dasturda belgilangan
sozlovlarni individual tarzda o’zgartirishi, natijalarini o’rganishi, foydalanuvchining
muayyan xohishi haqidagi dastur so’roviga javob berishi, materiallarni taqdim etish
tezligini hamda takrorlashlar sonini belgilashi mumkin. Lekin multimediadan
foydalanishda bir qator jihatlarni e’tiborga olish muhim. Multimediada taqdim
etilayotgan o’quv materiallari tushunish uchun qulay bo’lishi, zamonaviy axborotlar va
qulay vositalar orqali taqdim etilishi talab qilinadi. Multimedia texnologiyalarining
barcha imkoniyatlarini to’liq ochib berish va ulardan samarali foydalanish uchun ta’lim
oluvchilarga salohiyatli (kompetentli) o’qituvchining ko’magi zarur bo’ladi.
Darsliklardan foydalanilgandagi singari, multimedia vositalarini qo’llashda ham ta’lim
strategiyasi ta’lim jarayonida o’qituvchi nafaqat axborotlarni taqdim etish, balki ta’lim
oluvchilarga ko’maklashish, qo’llab-quvvatlash va jarayonni boshqarib borish bilan
shug’ullangandagina mazmunan boyitilishi mumkin. Odatda, chiroyli tasvirlar yoki
animasiyalar bilan boyitilgan taqdimotlar oddiy ko’rinishdagi matnlarga qaraganda
ancha jozibali chiqadi va ular taqdim etilayotgan materiallarni to’ldirgan holda zaruriy
emosional darajani ta’minlab turishi mumkin. Multimedia vositalari har xil ta’lim
yo’nalishlari (stillari) uyg’unligida qo’llanilishi va ta’lim olish hamda bilimlarni qabul
qilishning turli ruhiy va yoshga doir hususiyatlariga ega bo’lgan shaxslar tomonidan
foydalanilishi mumkin: ayrim ta’lim oluvchilar bevosita o’qish orqali, ba’zilari esa