Scientific progress volume ǀ issue ǀ



Yüklə 0,68 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/8
tarix12.04.2023
ölçüsü0,68 Mb.
#96754
  1   2   3   4   5   6   7   8
crispr-cas9-texnologiyasi-yordamida-soya-genomini-tahrirlash



SCIENTIFIC PROGRESS
VOLUME 2 ǀ ISSUE 5 ǀ 2021 
ISSN: 2181-1601
Uzbekistan
 
www.scientificprogress.uz
 
Page 401
CRISPR/CAS9 TEXNOLOGIYASI YORDAMIDA SOYA GENOMINI 
TAHRIRLASH 
 
Abdurahmon 
Nodirjon o’g’li 
Yusupov 
Mirzakamol 
Sobitjonovich 
Ayubov 
Bexzod Orifjon 
o’g’li Mamajonov 
Lola 
Xayriddinovna 
Pazlieva 
O‘zRFA Genomika va bioinformatika markazi 
 
ANNOTATSIYA 
CRISPR (Clustered regularly interspaced short palindromic repeats) — 
guruhlangan muntazam qisqa palindromli takrorlanishlar texnologiyasining paydo 
bo'lishi, genomni tahrir qilish va gen transkripsiyasini o'zgartirish orqali organizmlar 
genomini maqsadli o'zgartirishga imkon berdi. So’ya (Glycine max (L.) Merr.) kabi 
qimmatbaho qishloq xo’jaligi ekinlarining xo’jalik belgilarini sifat va miqdoriy jihatdan 
yaxshilashda CRISPR an'anaviy seleksiya va boshqa transgen o’simlik olish usullariga 
qaraganda maqsadli genom modifikatsiyasini tezroq va yuqori aniqlik bilan amalga 
oshirish imkoniyatiga ega. 
Shuni ta'kidlash kerakki, CRISPR/Cas asosida hosil qilingan genomdagi 
o’zgarishlar aynan nishon qilingan genni o’chirishga qaratilgan va bunda genetik 
vektordagi antibiotikka chidamlilik geni genomdan chiqib ketadi. Natijada, faqatgina 
nishon geni mutasiyaga uchragan, ammo antibiotik sintez qilmaydigan yangi o’simlik 
olishga erishiladi.
Ushbu tadqiqotda soyada soyani qurg’oqchilikka chidamliligini oshirish 
masadida qurg’oqchilikka aloqdor E-1 genini nishon sifatida tanlab olindi. Maqsadga 
muvofiq mutagenez hosil qilish uchun sintetik E-1 genining 1,3 va 4 ekzonlariga mos 
sgRNAlar tuzildi. Soyaning U6-10 va Arabidopsis thaliananing U6-26 promotorlari 
yordamida sgRNAlar bilan vector konstruksiya yaratildi. 

Yüklə 0,68 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin