Semestr Mavzu : Katta ijtimoiy guruhlar psixologiyasi


Etnopsixologik tadqiqotlarda qo`llaniladigan metodlar



Yüklə 462,63 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/5
tarix19.10.2022
ölçüsü462,63 Kb.
#65508
1   2   3   4   5
5 semestr 3 Mavzu 8b0261fa530c1e5be3736f3c00267235

Etnopsixologik tadqiqotlarda qo`llaniladigan metodlar 
Etnopsixologik tadqiqotlarda xilma-xil uslub va metodlar qo`llaniladi. Chunki bunday 
tadqiqotlarda shaxs xususiyatlarini o`rganuvchi turlicha testlardan tortib, proektiv 
metodlar, eksperimentlarning turlicha ko`rinishlari, so`roq metodlari — anketa, 
intervyu, sotsiometriya, shakl metodlari va boshqalar ishlatiladi. Bu metodlar hozirgi 
kunlarda ham ''madaniy muhit va shaxs", guruhlararo munosabatlar hamda boshqa 
tadqiqotlarda qo`llanilmokda. Bunday ishlarni faqatgina ijtimoiy psixologlar emas, 
balki umuman psixologiya bilan shug`ullanuvchi olimlar ham o`tkazmokdalar. Lekin 
shunday bo`lishiga qaramay, etnopsixologik metodlarni hammaga ham birday 
qo`llash to`g`ri kelmasligi tufayli ularning tanqisligi sezilarlidir. Chunki 
etnopsixologiya muammosi bilan shug`ullanishni maqsad qilib qo`ygan har bir 
tadqiqotchi yo mavjud metodikalardan birini qayta o`zgartirishga, yoki bo`lmasa, 
o`zicha yangi metodni kashf qilishga majbur bo`lmokda. Nihoyat, etnopsixologik 
metodlarni qo`llashning noqulayligi shundaki, masalan, Amerikada juda yaxshi natija 
berib, ishonchli ma’lumotlar to`plangan metodika Osiyo mamlakatlari yoki bizning 
jumxuriyatimiz sharoitida umuman hech narsani o`lchamasligi mumkin. Shuning 
uchun ham hozirda butun jahon olimlari har qanday madaniy muhitdan ham yuqori 
turadigan, universal test yoki metodika yaratish fikrining asossizligi haqida umumiy 
fikr bildirmoqdalar. 


Etnopsixologik tadqiqotlar o`tkazishni maqsad qilib qo`ygan har qanday tadqiqotchi 
asosiy prinsiplar sifatida madaniy muhit sharoitlarining xilma-xilliga va ularning 
o`zaro bir-birlariga ta’sir ko`rsatishini inobatga olmog`i zarur. Bu narsa 
etnopsixologik tadqiqot dasturini tuzishda albatta, hisobga olinishi kerak Misol uchun, 
O`zbekiston sharoitida tadqiqot o`tkazilmoqchi bo`linsa, quyidagi narsalarga e’tiborni 
qaratish lozim: bu sharoitida yashovchi barcha millatlarga xos bo`lgan umumiy 
psixologik omillar va ularni aniqlash usullari; faqat o`zbek millatiga xos bo`lgan 
psixologik sifatlar va omillarni aniqlash; aniqlangan omillarni yoki psixologik 
sifatlarnn o`lchaydigan yoki eksperimental usulda tekshirishga imkon beradigan 
metodlarni tanlash va ularni konkret sharoitlarga moslash; tadqiqotchilar guruhini 
tekshirilayotgan milliy guruh tilini, urf-odatini biladigan xodimlar bilan ta’minlash. 
Chunki, tadqiqot ob’ekti hisoblangan guruhda o`sha guruh tilida tadqiqot o`tkazish 
kerak, bu orqali esa tekshiriluvchilarga qo`yilgan har bir talab, savol va topshiriqlar 
ular uchun tushunarli bo`lishi ta’minlanadi. 
Shuni alohida ta’kidlash lozimki, u yoki bu milliy guruh psixologiyasini, undagi etnik 
stereotiplarni tekshirishga qaratilgan maxsus metodlar yo`q, shuning uchun ham 
tadqiqotlar mavjud metodlar orasidan keragini tanlab, ularni joy sharoitlariga 
moslashtirish zaruratini tug`diradi va buning uchun zarurat bo`lsa bu metodlarni u 
tildan bu tilga tarjima qilish ham kerakdir. Tarjima xususida shuni aytish kerakki, 
maxsus psixologik testlar yoki metodlarni (anketalar, so`roqlar, shkalalar savollarini) 
tarjima qilish tarjimondan yuksak bilimdonlik va professional sifatlarni talab qiladi. 
Aks holda, metodika o`z qimmatini yo`qotishi yoki kerakli sifatni aniqlamasligi yoki 
o`lchamasligi mumkin. Hattoki, noverbal (og`zaki berilgan) testlarni turli sharoitlarda 
qo`llab, olingan ma’lumotlarni sharhlash bosqichida uning mazmuni yoki maqsadi 
o`zgarganligi ko`plab tadqiqotlarda isbotlangan. Shuning uchun ham har qanday 
metodik uslubni qo`llashdan oldin uni kichikroq guruh doirasida sinab ko`rish va 
natijalarni ekspertlarga berib yoki boshqa yordamchi metodlar yordamida qayta 
sinovdan o`tkazish yo`li bilan tekshirib olish maqsadga muvofiqdir. 
Konkret etnopsixologik tadqiqotlarga qo`yiladigan yana bir talab — tadqiqotni tabiiy 
sharoitlarda, tekshiriluvchilar uchun tanish bo`lgan joylarda qisqa ko`rsatmalar berish 
yo`li bilan o`tkazishdir. Chunki etnopsixologik tadqiqotlarda ko`pincha turli yosh
kasb va ma’lumotga ega bo`lgan shaxslar ishtirok etadilar. Shuning uchun ham 
ularning barchasi uchun tushunarli, aniq topshiriqlar tizimini tuza olish ham 
psixologdan qator professional malakalarni talab qiladi. Metodik uslublar milliy 
psixologiyani o`rganishda millatning ko`p qirralarini, psixologik holatini aniqlashga 
imkon beradi. Bu esa tadqiqotchining uslubiy tayyorgarlik darajasiga bog`liqdir. 


Mavzu yuzasidan qisqacha xulosa: 
Shaxsning turli vaziyatlarda o`z xulqni namoyon etishida guruhning o`rni va ta’siri 
mavjud bo`lib, guruxlarning o`zi ikki turli: katta va kichik toifalarga bo`linadi. 
Mazkur mavzuda katta guruxlarning psixologiyasi, chunonchi ularning etnik turi 
atroflicha bayon etib berilgan. Etnik guruxlarni maxsus o`rganish sohasi bo`lgan 
etnopsixologiyaga doir bilim, malaka va tushunchalarni shakllantirish ko`zda tutilgan.

Yüklə 462,63 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin