Seminar mashg’ulotining o’qitish texnlogiyasi


Asosiy bilimlari bo'yicha



Yüklə 29,42 Kb.
səhifə4/7
tarix02.01.2022
ölçüsü29,42 Kb.
#43695
1   2   3   4   5   6   7
8- mavzu

Asosiy bilimlari bo'yicha:

            1. Terini tuzilishi va vazifasi.

            2. Teri gigienasi,terini parvarishi, vannalar.

Mashg'ulot mavzusi bo'yicha:

              1. Terini parvarish qilish xususiyatlari.

              2. Bolalarda ko'p uchraydigan terini toshmali kasalliklari va ularni parvarish qilish.

              3. Bolalarda teri kasalliklari profilaktikasi. 4.Shifobaxsh vannalarga ko'rsatmalar va bajarish texnikasi.

O'qituvchilik qaydlari.

Teri organizmni o'rab turgan , tashqi qoplama bo'lib, bir qancha muhim vazifalarni bajaradi: muxofaza, issiqlikni idora qilishda, moddalar almashinuvida, nafas olishda,pigment hosil qilishda ishtirok etadi.Eng muhimi sezgi a'zolaridan biri- teri analizotiri hisoblanadi.Teri mexanik shikastlanishdan, quyosh nuridan,tashqi muhitdan,zararli moddalar va mikroorganzmlardan organizmni himoya qiladi.Agar teri sog'lom va ozoda bo'lsa uning yuzasidagi mikroblar muguzlangan hujayralar bilan birga tushib ketadi.Teri mikroblarga zararli ta'sir qiladigan maxsus moddalar ajratadi.Sog'lom teri satxidagi kislotali muhit mikroblarning rivojlanishiga yo'l qo'ymaydi.U asosan 2 qavatdan: epidermis va dermadan tashkil topgan.Derma ostida gipoderma joylashadi.

Kichik yoshdagi bolalarda ko'proq uchraydigan teri kasalliklariga quyidagilar kiradi:


                1. Ekssudativ diatez

                2. bichilish

                3. issiqlik toshishi

                4. terining yiringli kasalliklari

Ekssudativ diatez teri va shilliq pardalarning jarohatlanishi qazg'ok, bichilish, quruq va ho'l ekzema, urtikar toshma, neyrodermit va boshqalar bilan kechadi.

Ekssudativ diatezni asosiy sabablari noto'g'ri ovqatlanish, sitrus mevalarni ko'p iste'mol qilish,shokolad va shirinliklarni pala - partish yeyish natijasida kelib chiqadi.Eksudativ diatez bilan og'rigan bolani parvarishida shuni esda tutish kerakki, kasalni kuchaytiruvchi mahsulotlar tuzli va shirinliklarni berish mumkin emas.

Shu jumladan apelsin, mandarin, pomidor, qulupnay, uzum sharbatlari man qilinadi. Olma, olxo'ri, qora smorodina, lavlagi sharbatini berish maqsadga muoviqdir.Ehtiyotlik bilan limonli va sabzili sharbatlar beriladi.Kisellar, sut va sutli bo'tqalar, go'shtli sho'rvalar, mol va qo'y go'shti, tuzlangan kolbasa mahsulotlari mumkin emas.

Qatiq, sabzavot sho'rvalari, karamli va lavlagili pyurelar, sabzavotli bo'tqalar(grechkali, bug'doyli, perlovkali) , olxo'ri, o'rik, smorodinalar, maymunjon pyurelar berilishi tavsiya etiladi. Oson o'zlashtiriluvchi uglevodlar (shakar, konfetlar, shirinliklar)ni sekin kamaytirish yoki butunlay cheklash kerak. Agar sun'iy va aralash ovqatlantiriladigan bolalarda sigir sutiga o'ta sezuvchanlik yuqori bo'lsa ularga fermentativ yo'l bilan ivitilgan sut mahsulotlari kefir, biolakt, laktozasiz sut aralashmalari « NAN», « ALL- 110» beriladi. Ular tarkibidagi oqsil va yog' kislotalari oson o'zlashtiriladi.




Yüklə 29,42 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin