Seminar mashg’ulotining o’qitish texnlogiyasi


Yotoq yarani davolash va profilaktikasi



Yüklə 29,42 Kb.
səhifə7/7
tarix02.01.2022
ölçüsü29,42 Kb.
#43695
1   2   3   4   5   6   7
8- mavzu

Yotoq yarani davolash va profilaktikasi.

Yotoq yara tananing ma'lum bir qismi doimiy bosim ostida bo'lib, shu erda qon aylanishinng buzilishi natijasida rivojlanuvchi terining yarali nekrotik zararlanishi hisoblanadi.Og'ir kasallangan bolalar bir joyda qimirlamasdan yotganliklari sababli yotoq yara yuzaga keladi. Bu yaralar oldin terining yuza qismida, keyin esa ichkariga tarqaladi va yarali- nekrotik jarayon vujudga keladi. Paydo bo'lish sohalari: bo'yin- ensa sohasi, dumg'aza, tovon, kaft.

Profilaktikasi:

-Kuniga bir necha marta bemorning holatini o'zgartish .

-Bemorning o'rin, choyshabini tozaligiga e'tibor berish va uni tuzatib turish.

-Bemor kiyimlarining tozaligiga e'tibor berish va ularni to'g'rilab turish.

-Dumg'aza ostiga shishirilgan rezinali chambarak qo'yish.

-Bosilgan joylarni aroq yoki kamfor spirtida , odekalon yoki uksus bilan (300ml

suvga 1osh qoshiq) artish.

-Terining giperemiyasida uni quruq sochiq bilan artish.

Davolash:


  1. Teri matseratsiyasida sovuq suv va sovun bilan yuviladi, spirt bilan artiladi va prisipka sepiladi.

  2. Sharchalar hosil bo'lsa unda brilliant yashilining spirtli eritmasi bilan artilib quruq boylam qo'yiladi.

  3. Nekroz bo'lganda esa nekroz sohasini yuvib tashlab, o`nga tozalangan (1%li kaliy permanganat eritmasida) salfetka qo'yiladi va salfetka kuniga 3-4 marta almashtiriladi. Yarani nobud bo'lgan hujayralardan tozalash uchun u yerga Vishnevskiy yoki antibakterial mazlari bilan bog'lam qo'yiladi.Zarurat bo'lganda xirurgak yo'l bilan kesib olib tashlanadi.

Shifobaxsh vannalar.

Umumiy va mahalliy bo'ladi. Vannalar kunora va kuni tayinlanadi. Shifobaxsh vannalar tarkibiga kepak, kraxmal, har xil o'tlardan tayyorlangan damlamalar, gorchitsalar qo'shilishi bilan farq qiladi. Vannani tayyorlashdan oldin uni yaxshilab yuvib dezinfektsiyalash kerak. Shifobaxsh vannalarni kunning istalgan paytida qabul qilish mumkin, lekin engil nonushtadan 30-40 daqiqadan so'ng yoki tushlikdan 2-3 soat o'tgandan so'ng qabul qilish maqsadga muovofikdir. Agar kasal charchagan bo'lsa vanna qabul qilmasdan va qabul qilgandan keyin yarim soat dam olish kerak.

Umumiy vanna qabul qilayotganda suv kasalning ko'krak qafasini yuqori qismidan boshqa hamma yerini qoplab turishi kerak. Kasal vannada tinch, bemalol hamma musqo`llari bo'shashgan holda yotishi kerak. Ayrim hollarda vanna /masalan gorchitsali/ qabul qilayotgan kasalning boshiga va yuragi ustiga sovuq /30-32S / kompress tayinlanadi.

Umumiy issis vannalar o'tkir respirator kasalliklarida qo'llaniladi. Bolani 37 S temperaturali vannaga yotqiziladi, so'ngra uning oyoq qismiga issiq suv qo'yilib, suv temperaturasini 39-40Sgacha ko'tariladi. Vannaning qabul qilish vaqti 2-5 daqiqa bo'lib, davolash kursi 4-6 marta bo'ladi. Bola tanasini vannadan so'ng quruq qilib artib adyolga o'rab, issiq choy ichiriladi.

Kraxmalli vannalar terini yumshatadi va uni qichishini kamaytiradi. Bu vannani ekssudativ diatezda qo'llaniladi. Kartoshka kraxmalini (100 gr bir chelak suvga) sovuq suvda eritib, vannada aralashtiriladi. Vannadagi suv harorati 37-380C bo'lib, 7-10 daqiqa davomida har kuni yoki kunora, bir kursga 10-12 ta vanna tayinlanadi.

Sodali vannalar / bir osh koshiq soda bir chelak suvga/ xam teri qichishini qoldiradi

Kaliy permanganat bilan qabul qilingan vanna esa dezinfektsiyalovchi ta'sir qilganligi uchun ularni teri kasalliklarida va bichilishda tayinlanadi. Vannaga kaliy permaganatning 5% li eritmasi, to suv oqish qizg'ish rangga kirgo`nga qadar qo'shiladi. Vannadagi suv harorati 36-37S bo'lib, 5-10 daqiqa davomida qabul qilinadi. Bir kursga esa 6-8 ta vanna tayinlanadi.

Gorchitsali vannalar nafas yo'llari yallig'langanda, zotiljam, bronxit, bo'g'im kasalliklarida tayinlanadi. Buning uchun 10 litr suvga 100 gr quruq gorchitsa olinadi, gorchitsani suvga solmasdan oldin uni issiq suvda yaxshilab aralashtirib olish kerak, chunki uni parlari burun shilliq qavatini va ko'zni achitadi. Vannadagi harorat 36-38 S bo'lishi kerak. Bolani vannada to uning terisi engil qizarguncha qoldiriladi.Shu tariqa maxalliy vannani, ya'ni oyoqlarga ham tayyorlanadi, lekin bunda suvning harorati 2- 3 S ga baland, qabul qilish vaqti esa 10- 15 daqiqa bo'ladi. Vannaga bolani oyog'i tushuriladi, uni oyog'i va tog'oracha adyol bilan o'raladi. Vanna qabul qilgandan so'ng bolani tez o'rniga yotqazish va issiq o'rab qo'yish kerak.

Xvoyli vannalar asab tizimining funktsiyasi buzilgan bemorlarga tayinlanadi. Bu vannani tayyorlash uchun suyuq xvoy ekstrakti 2-3 ml - bir chelak suvga , yoki 1-2 choy qoshiq maydalangan kukun bir chelak suvga solinadi.Vannadagi harorat 36-37 S bo'lib , 7-10 daqiqa davomida qabul qilinadi. Bir kursga esa 15-20 ta vanna tayinlanadi.

Natriy xloridli (tuzli) vannalar modda almashinuvini yaxshilab, organizmning tonusini oshiradi. Shuning uchun raxitni davolashda ishlatiladi va teri kasalliklarida man qilingan. Qaynatilgan 10 litr suvga 100-150 gr tuz solinadi. Bir yoshgacha bo'lgan bolalarga suvning harorati 36-36,5 S dan asta-sekin har 3-4 kunda 35 S gacha tushiriladi.Vannani qabul qilish 3 daqiqadan 10 daqiqagacha, bunda har 2-3 vannadan so'ng qabul vaqti 1 minutga uzaytirilib boriladi. Vannani kunora yoki kuni tayinlanadi. Bir kursga esa 15-20 ta vanna qabul qilish kerak. Tuzli vannadan so'ng bolalarni qaynatilgan suvda chayintiriladi, suv orati 1 S pastroq bo'lishi kerak, yaxshilab artiladi, adyolga o'raladi, o'ringa yotqiziladi. Sachratqi o'tidan tayyorlangan vanna teri kasalliklarida va yuvintirishda ishlatiladi. Bolalar vannasi uchun 1 stakan sachratqi damlamasi kifoya. Damlama 1 osh qoshiq maydalangan sachratqi o'tini 1 stakan qaynatilgan suvga solib tayyorlanadi. / 10 daqiqa turishi kerak /.

Romashkali vannalar /mahalliy/ shilliq qavatlarning har xil yallig'lanish kasalliklarida ishlatiladi. Damlama 1 osh qoshiq o'tni 1 stakan qaynagan suvga solib tayyorlanadi. / 10 daqiqa damlanadi/.

TESTLAR

1.2 yoshli bola.Eksudativ kataral diatez bilan og'rigan.Bolaga qanday sbat tavsiya etiladi.



    1. apelsinli

    2. pomidorli.

V. qulupnayli

G. uzumli

D. olmali

2.Bolada raxit belgilari bor.Qanday vannani qo'llash maqsadga muoviq.



      1. natriy xlorli

      2. kraxmalli

V. xvoyli

G. moychechak va sachratqi o'tli

D. kaliy permanganatli


        1. Yuzaki yoki ichkariga tarqalangan yarali- nekrotik jarayon nima deb nomlanadi.

          1. Yotoq yara

          2. Bichilish

V. Issiqlik toshishi

G. Abstsess

D. eroziya


        1. Romashkali damlamani tayyorlash uchun 1 stakan qaynagan suvga qancha quruq o'tni olish kerak?

          1. 1 osh qoshiq

          2. 2 osh qoshiq

V. 3 osh qoshiq

G. 4 osh qoshiq

D. 5 osh qoshiq


        1. Yotoq yaralarni davolashda qaysi dorilarni ishlatish mumkin?

          1. 1% anilin eritmasini, 1% xloramin eritmasini

          2. Vishnevskiy mazi , 1% xloramin eritmasini

V. 1% anilin eritmasini, Vishnevskiy mazi

G. 1% xloramin eritmasini

D. Gipertonik eritmasi

Nazorat savollari :



            1. Bola terisini parvarish qilish uchun qanday qoidalarga rioya qilish kerak.

            2. Ekssudativ diatez, bichilish, psevdofurunkulyoz, piodermiya va abstsessning asosiy ko'rinishlari.

            3. Teri bichilishidagi parvarish.

            4. Terining yiringli va boshqa kasalliklarini oldini olish.

            5. Dorivor vositalarni qo'llash texnikasi.

6.O'rta tibbiyot hamshirasining teri kasalliklari bilan og'rigan bolalarni parvarish qilishdagi asosiy vazifalari.

              1. Umumiy shifobaxsh vannalar qabul qilish texnikasi.

              2. Maxalliy shifobaxsh vannalar texnikasi.

9. Shifobaxsh vannalar gigienik vannalardan nimasi bilan farq qiladi.

10.Shifobaxsh vannalar uchun damlamalar tayyorlash texnikasi.




Yüklə 29,42 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin