16-MAVZU. ESTETIKA: ESTETIKANING PREDMETI, MAQSADI VA VAZIFALARI 238
Gegel san’atga yuqori baho beradi. San’at, uning fikricha, go‘zallikning asl makonidir.
Gegel ulug‘vorlikni ham san’at asarlari zaminida tahlil etadi. Gegel fikricha, mutlaq ruh –
go‘zallikning namoyon bo‘lishidir.
IX-XII asrlarda O‘rta Osiyoda Muso Xorazmiy, Abu Nasr Forobiy, Abu Rayhon Beruniy,
Abu Ali ibn Sino kabi buyuk olimlar, shoirlar, musiqashunoslar, faylasuflar yashab ijod etdilar.
Ular tabiiy-ilmiy, falsafiy, ijtimoiy-siyosiy, axloqiy masalalar bilan bir qatorda tilshunoslik,
she’riyat, notiqlik san’ati, musiqa nazariyasiga oid ham asarlar yozdilar.
Forobiy “Baxt-saodatga erishuv haqida”gi risolasida “Inson aql-idroki tufayli haqiqiy
insonga aylanadi, bilim insonga baxt va shodlik keltiradi, inson bilish orqali o‘zida go‘zallik va
mukammallikni kashf etadi” deb ko‘rsatadi. SHaxsni kamol toptirish jarayoni, Forobiy fikricha,
inson o‘z hayoti davomida ilm, hunar o‘rganishi, axloqiy qonun-qoidalarni egallashi va san’atni
hayotiy tajriba bilan boyitish orqali sodir bo‘ladi. Estetik fazilatlar inson atrofini qurshagan
muhit ta’si-rida shakllanadi. Forobiy shaxs tarbiyasida she’riyat va musiqa san’atining o‘rnini
alohida ta’kidlaydi. U san’at turlarini bir-biridan farq qiladi: she’riyat so‘z bilan, tasviriy san’at
esa bo‘yoqlar bilan ish ko‘radi. Lekin har ikkovi ham inson ruhiy hayotining in’ikosidir. San’at
insonda go‘zal estetik fazilatlarni tarbiyalashga qodir kuchga egadir. Ta’lim-tarbiya masalalariga
Forobiy alohida to‘xtalib, yoshlarning axloqiy fazilati nizomlarini hamda ularning san’atni
egallashi uchun amaliy malakalarini tarbiyalashni muhim vazifa deb hisoblaydi.
Abu Rayhon Beruniy (973-1048) nafosat haqidagi qarashlarida voqea-hodisalarning
o‘zaro bog‘liqligi va aloqadorligi manbai hamohanglik va uyg‘unlikdir deb ko‘rsatadi.
Go‘zallikni tabiat va insonga xos bo‘lgan kamolot, etuklik sifati darajasida baholaydi.
Abu Ali ibn Sino (980-1037) o‘zining estetik qarashlarida estetika bilan axloq
muammolarini bir-biriga uzviy bog‘laydi. U “Kitob ush-shifo” asarida musiqaning estetik
xususiyati haqida so‘z yuritib, uning axloqiy tarbiyadagi ahamiyatiga, she’riyatning kishilarga
go‘zal fazilatlar singdirishi imkoniyatlariga to‘xtalib o‘tadi. YOshlarni tarbiyalash oila va
davlatning muhim vazifasi, jamiyat taraqqiyoti, yutuqlari ma’lumotli, madaniyatli kishilarning
o‘sishiga bog‘liq, “barcha bilimlarga ega narsalar mukammallikka moyildir” der ekan,
“mukammallik” atamasida u insonning ichki go‘zalligi va ezgulikka intilishini ifodalaydi.
O‘rta Osiyo Uyg‘onish davri mutafakkirlari “Alloh go‘zal va u go‘zallikni yaxshi
ko‘radi” tamoyiliga amal qilganlar. Ular Alloh go‘zalligini ulug‘lab, diniy e’tiqod doirasida
insonparvarlik ta’limotini yaratdilar, diniy e’tiqodni inson aql-idroki kuchi, inson irodasi
erkinligi g‘oyasi bilan bog‘lab talqin qildilar.
Estetik tafakkur XIV-XV asrlarda yanada rivojlandi. Ayniqsa, Alisher Navoiy o‘z
asarlarida go‘zallikni, san’atni yuksak qadrlab, san’at inson ma’naviy olami, komil shaxs bo‘lib
etishishi uchun zarur ekanligini ta’kidlaydi. Uning adabiy-estetik qarashlari “Majolis un-nafois”,
“Mezon ul-avzon” va “Mufradot” asarlarida bayon etiladi. Navoiy badiiy so‘z san’atining
ma’rifiy-tarbiyaviy, hissiy-ruhiy ahamiyatini alohida ta’kidlar ekan, ijodkorlarning axloqiy
qiyofasiga e’tibor qaratadi. Ularning kamtarlik, himmatlilik, xush-muomalalilik, sahiylik kabi
fazilatlarini ta’kidlaydi. “Majolis un-nafois”da mashhur sozandalar, hofizlar haqida ham so‘z
yuritiladi. “Mezon ul-avzon”da turkiy she’riyatning yozma va og‘zaki adabiyot hamkorligida
yuzaga kelgan janrlar (tuyuq…), og‘zaki adabiyotning yozma adabiyotga kirib borishi (o‘lan-