2-MAVZU: FALSAFIY TAFAKKUR TARAQQIYOTI BOSQICHLARI:
SHARQ FALSAFASI
18
ko‘rsatgichi va uning 12 bo‘lakka bo‘linishini azaldan bilishgan. Antik davr ma’lumotlariga ko‘ra,
Bobilda matematika, geometriya, astronomiya bilan bir qatorda, tibbiyot, tarix, geografiya,
filologiya, musiqa, tasviriy san’at, astrologiya kabi bilim sohalari asta-sekin kurtak yoza boshlagan.
Qadimgi Misr ham jahon madaniyatining eng qadimgi o‘choqlaridan biri bo‘lib, unda ham ilk
madaniy yodgorliklar eramizdan avvalgi to‘rt ming yillikning boshlarida vujudga kelgan. Bobil
madaniyati kabi qadimgi Misr madaniy yodgorliklarida ham xalq donishmandligining hamma
turlarida o‘sha davrdagi ijtimoiy, iqtisodiy hayot, tabiat hodisalariga munosabat, kishilarning
ijtimoiy, siyosiy, ahloqiy, huquqiy, ularning sintezi bo‘lgan falsafiy qarashlarida o‘z ifodasini
topgan.
Qadimgi misrliklar suvni odamga oziq-ovqat etishtiruvchi, inson uchun dastlabki ulug‘ ne’mat, deb
bilganlar. Suv ularga butun tabiatning, hayotning asosi bo‘lib ko‘ringan. Ular Nil daryosini ilohiy
bir mo‘‘jiza deb, tabiatdagi o‘simlik va daraxtlarga talpinganlar. Qadimgi misrliklar astronomiya
sohasida ba’zi bilimlarga ega bo‘lib, sayyoralarni yulduzlardan ajrata bilganlar, alohida yulduzlar
xaritasini va har xil taqvimlar tuzganlar. Qadimgi Misrda tibbiyot juda rivojlangan, misrliklar
kasalliklarning juda ko‘p turlaridan xabardor bo‘lishib, tashhis qo‘yish sohasida katta tajribalarni
qo‘lga kiritganlar. Qadimgi misrliklar, ayniqsa qurilish, arxitekturaga, san’atning juda ko‘p
turlariga, hisob-kitob, o‘lcham va chizmachilik, matematik va astronomik bilimlarga egaligi
jihatdan boshqalardan tubdan farq qilishgan. Haqiqiy ma’noda ular geometriya va astronomiyaga
oid bilimlarning ilk yaratuvchilari bo‘lishgan. Misr ehromlari-piramidalar buning rad qilib bo‘lmas
hayotiy guvohlaridir. Umuman, Qadimgi Bobil va Misr xalqlarining madaniyati, urf odatlari,
dunyoqarashlari, ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, huquqiy, badiiy, ahloqiy va falsafiy qarashlari butun
qadimiy SHarq xalqlari kabi diniy qarashlar bilan sug‘orilgan bo‘lgan. Ularning bu qarashlari
nasldan-naslga, avlodlardan-avlodlarga o‘tib, SHarqdagi boshqa ko‘pchilik xalqlar madaniy-
ma’naviy taraqqiyotiga, ijtimoiy-falsafiy fikrlar rivojiga o‘zining ijobiy ta’sirini ko‘rsatgan. Buni
biz qadimiy Hindistonning madaniy-ma’naviy taraqqiyoti misolida yaqqol ko‘rishimiz
mumkin.Qadimgi Hindiston o‘zining boy tarixi va madaniyatiga, diniy va falsafiy ma’lumotlariga
ega bo‘lgan. Hindistonda eramizdan 3 ming yil muqaddam erni sun’iy sug‘orish, dehqonchilik
taraqqiy etgan, anhorlar qazilgan, kulolchilik, yog‘ochsozlik, to‘qimachilik, zargarlik,
hunarmandchilik, pishiq g‘ishtlardan ko‘p qavvatli binolar qurish, jun va zig‘ir tolasidan matolar
tayyorlash, mis va temir, qalay va qo‘rg‘oshindan qurol-aslahalar yasash taraqqiy etgan. Abu
Rayhon Beruniyning «Hindiston» asarida yozilishicha, eramizning birinchi asrlaridayoq
Hindistonda tibbiyot, riyoziyot, ilmi nujum, kimyo, musiqa, po’ziya, tarix, san’at va falsafaga oid
bilimlar keng rivojlangan bo‘lgan. Ayniqsa, noyob tabiatga, sa[iy zaminga, ajoyib nabotot va
hayvonot olamiga boy bo‘lgan Qadimgi Hindistonda madaniyat va san’atga oid, diniy, falsafiy
qarashlar keng rivojlangan. Bunga bizgacha etib kelgan «Ramayana», «Mahobhorat»
(«Maxayana»), «Kamila va Dimna» kabi buyuk asarlar to‘liq guvohlik beradi. Bu buyuk nafosat va
betimsol hikmat hazinasi bo‘lgan asarlarda hind xalqining qadimiy urf-odatlari, an’analari, odob-
axloqi, madaniyati, dini va tarixi, milliy qadriyatlari bilan birga, ularning ijtimoiy-siyosiy, huquqiy
badiiy va falsafiy qarashlari yorqin ifodasini topgan. Bulardan tashqari, qadimiy Hindistonda
falsafiy fikrlar to‘rtta Vedalarda ham ifodalangan. Ular: Rigveda, Samaveda, Yajurveda,
Atxarvavedalardir. Bu vedalardan eng muhimi Rigveda bo‘lib, u eramizdan 1500 yil oldin paydo
bo‘lgan. Bu Vedalarda diniy qarashlar bilan birga olam, borliq fazo va vaqt inson, inson hayotining
ruhiy va tabiiy asoslari, tabiat va jamiyat o‘rtasidagi aloqadorlik, ilohiy kuchlar, ularning
faoliyatlari haqida muhim falsafiy fikrlar va qarashlar ilgari suriladi. Keyinchalik bu vedalarni
|