5-MAVZU. OLAMNING UNIVERSAL ALOQALARI VA RIVOJLANISH. FALSAFANING QONUN VA KATEGORIYALARI 73
Sifat – xossalarning oddiy majmui emas, balki ularning muayyan yaxlitlikdan o‘rin olgan va
predmetning alohida mohiyat sifatida mavjudligini belgilovchi tizimidir. Predmetlarning
munosabatlari va aloqalarining rang-barangligi ayni bir predmetda qarama-qarshi xossalar va
sifatlar mavjudligini izohlaydi. Bir jihatdan engil narsa boshqa bir jihatdan og‘ir bo‘ladi, bir
aloqada oq narsa boshqa bir aloqada qora bo‘ladi va hokazo. Masalan, suv va bug‘ bir-biridan
sifat jihatidan farq qiladimi yoki miqdor jihatidanmi? Moddaning agregat holatini
taqqoslaydigan bo‘lsak, suv va bug‘ sifat jihatidan farq qiladi. Taqqoslash suv va bug‘ning
kimyoviy tarkibini aniqlashni nazarda tutsa, ularning o‘rtasida miqdoriy farq mavjud bo‘ladi.
Ammo har qanday narsa bir jihatdan bitta sifatga va turli jihatlardan ko‘plab sifatlarga ega
bo‘ladi.
Xossa –
predmetning jihati bo‘lib, uning boshqa predmetlardan farqi yoki ular bilan o‘xshashligini belgilaydi va ular bilan o‘zaro aloqada namoyon bo‘ladi. Xossalar muhim va
ikkinchi darajali bo‘lishi mumkin. Muhim xossalar predmetning sifatini belgilaydi. Ularning
yo‘qolishi mohiyatini mazkur xossalar
tashkil etgan predmetning ham yo‘qolishini anglatadi.
Ikkinchi darajali xossalar o‘zlashtirilishi yoki predmetning sifatini o‘zgartirmasdan yo‘qolishi
mumkin. Har qanday xossa (temperatura, hajm, energiya va sh.k.) muayyan miqdor va
sifatga
ega bo‘ladi. Har qanday predmet o‘zining mavjudligini belgilovchi barcha xossalar majmuidir.
Miqdor –
predmet muayyan xossasining namoyon bo‘lishi, intensivligi darajasi. Barcha
narsalar, jarayonlar, hodisalar sifat bilan bir qatorda muayyan
miqdorga ham ega. Ular muqarrar
tarzda muayyan o‘lcham, hajm, massa va shu kabilar bilan tavsiflanadi. U sifat jihatidan
o‘xshash xossalar yoki butunning
qismlarini taqqoslash yo‘li bilan aniqlanadi. Miqdoriy
munosabatlar
sifatgabog‘lanmasdan aniqlanishi mumkin. SHuningdek, miqdor turli
predmetlarning
ayrim umumiy xossasi sifatida, predmetlarni sifat jihatidan tenglashtiradi. SHu
ma’noda miqdor sifatning ziddidir. Ammo predmetning sifat xususiyatini mavhumlashtirish sifat
jihatidan har xil tuzilmalarni o‘rganishga
tadqiqotning miqdoriy metodlarini jalb qilish imkonini
beradi. Masalan, o‘lchash taqqoslashning o‘rganilayotgan ob’ektning miqdor ko‘rsatkichlarini
predmet muayyan xossasining namoyon bo‘lishi, intensivligi dara aniqlovchi ayrim ko‘rinishi
sifatida, sifat haqida aniqroq xulosa chiqarish imkonini beradi. Matematikada miqdoriy
munosabatlar son, qiymat, funksiya,to‘plam tushunchalarida ifodalanadi. Hozirgi zamon fani
matematik apparatdan foydalanib, mikrodunyoning teran qatlamlariga kiradi, Olamning cheksiz
makonlarini tadqiq etadi. Matematika tabiat va jamiyatni o‘rganishning samarali vositalaridan
biriga aylangan.
Har qanday predmet miqdor va sifat qarama-qarshiliklarining muayyan sintezidir . Uning borlig‘i ob’ektga xos bo‘lgan muhim xossalarni saqlashni nazarda tutadi.
Olamning ko‘p sifatliligi uning elementlari nisbatan barqarorligi va mustaqilligi bilan
ta’minlanadi. Ammo olam, shu jumladan, har qanday predmet muttasil o‘zgarishda bo‘ladi. Hech
narsa boqiy emas. Butun borliq qachondir paydo bo‘lgan va qachondir halok bo‘ladi. Dunyo
o‘zgaradi va ayni zamonda o‘zligini saqlab qoladi, o‘z-o‘ziga nisbatan ayniy bo‘ladi.