Seminar mashg’ulotlari 1-mavzu. Falsafa fanining predmeti, mazmuni va jamiyatdagi roli Muhokama uchun savollar


-MAVZU. BILISH NAZARIYASI: ASOSIY MUAMMOLARI VA YO‘NALISHLARI



Yüklə 5,02 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə221/452
tarix14.12.2023
ölçüsü5,02 Mb.
#176881
1   ...   217   218   219   220   221   222   223   224   ...   452
Seminar mashg\'uloti FALSAFA

6-MAVZU. BILISH NAZARIYASI: ASOSIY MUAMMOLARI VA YO‘NALISHLARI 
90 
Tasavvurlar 

bu bir paytlar insonning sezgi a’zolariga ta’sir ko‘rsatgan va keyinchalik miyada 
saqlanib qolgan aloqalar bo‘yicha gavdalanadigan narsalarning obrazlaridir. 
Sezish va idrok 
etish ong, fikr shakllanishining boshlanishi hisoblanadi. Xotira olingan axborotni qayd etadi va 
saqlaydi. Tasavvurda esa ong ilk bor o‘zining bevosita manbaidan ajraladi va nisbatan mustaqil 
sub’ektiv hodisa sifatida mavjud bo‘la boshlaydi. Inson nisbatan yangi obrazlarni erkin 
yaratishga qodir. Tasavvur – bu idrok etish va nazariy tafakkur o‘rtasidagi bog‘lovchi bo‘g‘in. 
Xayol 
insonning muhim xossasi. 
Xayol kuchi tajribada (ongda) mavjud obrazlarni nafaqat 
qayta chaqiradi, balki ularni bir-biri bilan bog‘laydi va shu tariqa ularni umumiy tasavvurlar 
darajasiga ko‘taradi. 
Empirik bilim va uning shakllari
. Empirik bilim mavjud narsaning 
bevosita emas, balki 
bilvosita in’ikosi
. Masalan, olim o‘zi ko‘rmayotgan tegishli ob’ektning holati haqida unga 
axborot berayotgan asbob ko‘rsatkichi yoki elektro-kardiogrammaning elektr chizig‘ini ko‘radi. 
Boshqacha aytganda, bilishning empirik darajasi har xil asbob lardan foydalanish bilan bog‘liq; u 
kuzatish, kuzatilayotgan narsa yoki hodisani tavsiflash, bayonnomalar yuritish, hujjatlardan 
foydalanishni nazarda tutadi, masalan, tarixchi arxivlar va boshqa manbalar bilan ishlaydi. 
Xullas, bu oddiy sezgi darajasida bilishga qaraganda bilishning yuqoriroq darajasidir. 
Kuzatish 
– 
bilish ob’ektining muhim xossalari va munosabatlarini aniqlash maqsadida ataylab 
amalga oshiriladigan izchil idrok etishdir
. Kuzatish
 
maqsadini belgilash, uning usullarini 
aniqlash, o‘rganilayotgan ob’ekt xulq-atvorini nazorat qilishning rejasini tuzish, asboblardan 
foydalanish kabilar kuzatishning muhim xususiyatlaridir. Kuzatishlarning natijalari bizga
 
borliq 
haqida ilmiy dalillar ko‘rinishida dastlabki axborot beradi.Kuzatish bevosita yoki bilvosita, 
masalan, mikroskop yordamida bo‘lishi mumkin. Hozirda elektron mikroskop yordamida 
molekulalarni vizual kuzatish mumkin. Kuzatish – bu faoliyatning muayyan ob’ektlarga 
qaratilgan maqsadlar va
 
vazifalarni ta’riflashni nazarda tutadigan faoliyat shakli. Biron-bir 
narsani bilishni xohlagan har qanday odam o‘z ko‘zlarini kuzatuvchanlikka o‘rgatishi
 
lozim. 

Yüklə 5,02 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   217   218   219   220   221   222   223   224   ...   452




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin