1-MAVZU: FALSAFA FANINING PREDMETI, MAZMUNI VA JAMIYATDAGI ROLI 13
ishlov berishga qodir emasligiga e’tiborni qaratar ekan, notizimlilik,Evropa an’anaviy-falsafiy
bilimining negizlari, qadriyatlari va chegaralarini o‘zgartirish g‘oyasini ilgari surdilar.
Nihoyat, XX–XXI asr chegarasida eng yangi falsafada birinchi o‘ringa chiqqan va eng muhim
mavzular qatoridan o‘rin olgan yana bir mavzu globallashuv jarayonlarining mohiyatini va
ularning rivojlanish yo‘nalishini aniqlashga alohida e’tibor qaratildi. Bu jarayonlar hozirgi
vaqtda jamiyat hayotining deyarli barcha jabhalarini qamrab oldi va davrimizning olamshumul
muammolarini yuzaga keltirdiki, ularning nazariy va amaliy echimini topish bu muammolarni
shu jumladan, falsafiy darajada anglab etishni ham nazarda tutadi. Xalqaro miqyosda alohida
e’tibor berish va kelishilgan harakatlarni taqozo etuvchi eng muhim muammolar qatoriga
ekologiya, demografiya, xavfsizlik, xalqaro jinoyatchilik, energetika resurslari, qashshoqlikka
chek qo‘yish muammolarini kiritish mumkin.
Ko‘rib turganimizdek, falsafaning predmetini qandaydir bitta, qat’iy cheklangan, muayyan
masalalar doirasi bilan bog‘lash mumkin emas. U vaqt omiliga va ob’ektiv sabablar to‘plamiga
qarab, doim u yoki bu muammo yoki ularning muayyan majmui tarzida birinchi o‘ringa chiqadi.
Falsafaning strukturasi. Falsafa o‘z shakllanishi va rivojlanishining qadimgi davridayoq,
tabiat, inson, jamiyat va ma’naviyatni, shuningdek, sababiy bog‘lanishlar, qonunlar va shu
kabilarni bilish sohasida yuksak natijalarga erishdi va ratsionallik nuqtai nazaridan odamlarning
dunyo haqidagi umumiy tasavvuriga aylandi. Ammo olamning cheksiz darajada rang-barangligi
va serqirraligi tufayli o‘sha davrdayoq parchalanmagan falsafiy bilimlar va tasavvurlardan ayrim
bo‘limlar ajralib chiqa boshladi, vaqt o‘tishi bilan rivojlanib, ancha aniq shakl-shamoyil kasb
etdi va yangi bilimlar bilan to‘ldirildi.
Falsafaning asosiy masalasi strukturasida ikki tomon ajratiladi. Ruh birlamchimi yoki tabiatmi, degan savol mazkur masalaning ontologik tomonini tashkil qiladi. Dunyoni bilish imkoniyati to‘g‘risidagi masala, «inson tafakkuri dunyoni haqqoniy bilishga qodirmi, u o‘zining haqiqiy dunyo haqidagi tasavvurlarida voqelikni to‘g‘ri aks ettirishga qodirmi», degan savol falsafa asosiy masalasining gnoseologik tomonini o‘zida ifodalaydi. «Dunyo – inson» tizimidagi munosabatlarning rang-barangligi predmetli – amaliy, gnoseologik, akseologik, estetik, axloqiy va boshqa xil munosabatlar bilan belgilanadi. Quyidagilar falsafiy bilimning strukturasi hisoblanadi: • ontologiya – mavjudlik, borliq haqidagi bilim; • gnoseologiya (boshqa bir terminologiyaga ko‘ra – epistemologiya) – bilish nazariyasi; • ijtimoiy falsafa – jamiyat haqidagi ta’limot; • etika – axloq haqidagi ta’limot; • aksiologiya – qadriyatlar haqidagi ta’limot; • falsafiy antropologiya – inson haqidagi ta’limot va boshqalar. Falsafa ularning muhim xususiyatlari, birinchi sabablari va asoslarini
aniqlashdan manfaatdor. U yoki bu munosabatni dunyoga yondashuv mezoni sifatida tanlash
(masalan, dunyoga uyg‘unlik, go‘zallik, mutanosiblik nuqtai nazaridan yondashish) u yoki bu
falsafiy fanni (ayni holda estetikani) belgilaydi.
Dunyoga uni bilish imkoniyatlari va qonuniyatlari nuqtai nazaridan yondashish bilish nazariyasi – gnoseologiyani vujudga keltiradi. «Inson – dunyo» tizimiga hokimiyat munosabatlari nuqtai nazaridan yondashish siyosatshunoslikning predmetini tashkil etadi. Munosabatlar o‘zagini axloqiy me’yorlar tashkil qilgan taqdirda esa tadqiqotchi etika sohasiga qadam qo‘yadi. SHunday qilib, falsafaning asosiy masalasi strukturasi falsafaning o‘z strukturasini aks ettiradi, falsafa esa o‘z asosiy masalasining keng nazariyasi sifatida namoyon bo‘ladi. Boshqacha qilib aytganda, falsafaning asosiy masalasi xususida mulohaza yuritish jarayonida biz borliq nima, tafakkur nima degan savollarga turli xil javoblar olamiz. Vaqt o‘tishi bilan bu javoblar o‘z dalillar tizimi, metodologik tamoyillarini shakllantiradi va falsafiy yo‘nalishlarga aylanadi. Falsafaning jamiyatdagi ahamiyati - falsafa insoniyat tarixiy taraqqiyoti davomida yaratilgan
ma’naviy madaniyatning bir qismi bo‘lib, insonning o‘zi va borliq to‘g‘risidagi bir butun
dunyoqarashi tizimidan iboratdir. Falsafa inson muammosini o‘zining asosiy o‘rganish mavzusi
hisoblab, uning o‘ziga, borliqqa munosabatini falsafaning bosh masalasi deb qaraydi. SHu