Seminar mashg’ulotlari 1-mavzu. Falsafa fanining predmeti, mazmuni va jamiyatdagi roli Muhokama uchun savollar


-MAVZU: FALSAFA FANINING PREDMETI, MAZMUNI VA JAMIYATDAGI ROLI



Yüklə 15,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə118/452
tarix28.11.2023
ölçüsü15,64 Mb.
#167693
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   452
Seminar mashg’ulotlari 1-mavzu. Falsafa fanining predmeti, mazmu

1-MAVZU: FALSAFA FANINING PREDMETI, MAZMUNI VA JAMIYATDAGI ROLI 
14 
sababli uning asosiy maqsadi ham inson manfaatlariga xizmat qilishdan iboratdir.Falsafa o‘z 
tadqiqot mavzusi sifatida insonning mohiyati, jamiyatdagi ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy, ma’naviy 
munosabatlarning asoslari va sabablari, borliq, materiya, tabiat taraqqiyotining eng umumiy 
muammolarini o‘rganadi. Falsafa qadim davrlardan boshlab kishilarning aqliy salohiyati 
o‘sishida, nazariy tafakkuri qaror topishida, axloqiy kamolatida muhim rol o‘ynab kelgan.
Bugungi kunda mamlakatimizda 2017 — 2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini 
rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi asosida barcha soha 
va tarmoqlarda ulkan o‘zgarishlar amalga oshirilmoqda. Bu borada jamiyat hayotida ezgu 
qadriyat va an’analarni chuqur qaror toptirishga, xususan, xalqimiz, ayniqsa, yosh avlodning 
ma’naviy-intellektual salohiyati, ongu tafakkuri va dunyoqarashini yuksaltirishda, ona Vatani va 
xalqiga muhabbat va sadoqat tuyg‘usi bilan yashaydigan barkamol shaxsni tarbiyalashda falsafa 
fanining o‘rni beqiyos ahamiyatga egadir. Yoshlarimizning jismonan sog‘lom, ruhan va aqlan 
rivojlangan, mustaqil fikrlaydigan, Vatanga sodiq, qat’iy hayotiy nuqtai nazarga ega yoshlarni 
tarbiyalash, demokratik islohotlarni chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish 
jarayonida ularning ijtimoiy faolligini oshirishda falsafa fanining ahamiyatini ko‘rishimiz 
mumkin. 
Falsafaning asosiy funksiyalari. 
Falsafa u yoki bu muammolarni hal qilar, qonunlar, muayyan 
tamoyillarni ta’riflar yoki gipotezalar, g‘oyalar va nazariyalarni ilgari surar ekan, ayni vaqtda 
(ba’zan, shu tariqa), har xil funksiyalarni bajaradi. Falsafaning muhim funksiyalaridan 
dunyoqarashni shakllantirish, bilish, metodologik, integrativ, madaniy, aksiologik, axloqiy va 
tarbiyaviy funksiyalarni qayd etish mumkin. Ularning barchasi bir-biri bilan uzviy bog‘liqdir. Bu 
funksiyalarning roli va ahamiyati falsafaning amal qilish sohasi, u hal qilayotgan vazifalar 
darajasi va xususiyati bilan belgilanadi. 

Yüklə 15,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   452




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin