Seminar mashg’ulotlari 1-mavzu. Falsafa fanining predmeti, mazmuni va jamiyatdagi roli Muhokama uchun savollar



Yüklə 15,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə120/452
tarix28.11.2023
ölçüsü15,64 Mb.
#167693
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   452
Seminar mashg’ulotlari 1-mavzu. Falsafa fanining predmeti, mazmu

Falsafaning madaniy funksiyasi 
odamlar dunyoqarashini kengaytirish, ularda bilishga qiziqish 
uyg‘otish, nazariy fikrlash madaniyatini shakllantirish va rivojlantirish orqali namoyon bo‘ladi. 
U dunyoni o‘zlashtirish va bilishning universal shakli sifatida, insoniyatning eng yaxshi 
yutuqlarini o‘zidamujassamlashtiradi va ularni butun insoniyat mulkiga aylantiradi. Turli 
mamlakatlar va xalqlarning falsafa tarixini o‘rganish ularning o‘tmishdagi va hozirgi 
madaniyatini yaxshiroq tushunish imkonini beradi, g‘oyalar almashinuvi va madaniy 


1-MAVZU: FALSAFA FANINING PREDMETI, MAZMUNI VA JAMIYATDAGI ROLI 
15 
an’analarning o‘zaro ta’siriga ko‘maklashadiki, bu madaniy meros bilan uzviy bog‘liq bo‘lgan 
ko‘pgina muammolarni echishda muhim ahamiyat kasb etadi

Falsafaning aksiologik funksiyasi 
(yunon. «axia» – «qadriyat») 
hayotning ma’nosi, o‘lim va 
umrboqiylik masalalarini kun tartibiga qo‘yish, u yoki bu harakat, voqea, hodisaga «yaxshi», 
«yomon», «muhim», «foydali», «foydasiz» kategoriyalari bilan baho berish orqali namoyon 
bo‘ladi.
Falsafaning axloqiy funksiyasi 
odamlarning u yoki bu jamiyatda qaror topgan munosabatlar 
ta’sirida shakllanuvchi xulq-atvori. Bunda, masalan, axloqiy qadriyatlar, ularning tabiati, asoslari 
va jamiyatdagi amaliy rolifalsafaning tadqiqot predmeti hisoblanadiki, bu jamiyatda yuzaga 
keladigan va tabiiy yo‘l bilan, ya’ni real hayot amaliyotida o‘rnatiladigan me’yorlar va 
qoidalarga sezilarli darajada ta’sir ko‘rsatadi. Bunday me’yorlar ijtimoiy munosabatlarni tartibga 
soluvchi muhim dastak hisoblanadi va odamlarning o‘zaro aloqalari, ularning munosabatlari
o‘zaro til topish darajasida namoyon bo‘ladi. Xulosa qilib aytish mumkinki, falsafa doimo 
axloqda, jamiyatning barcha a’zolari xulq-atvorida namoyon bo‘ladi va shu tariqa yana bir 
muhim funksiya – axloqiy funksiyani bajaradi. 

Yüklə 15,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   452




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin