2-MAVZU: FALSAFIY TAFAKKUR TARAQQIYOTI BOSQICHLARI:
SHARQ FALSAFASI
22
qudratli bo‘lasan», «Haq so‘zdan o‘zga hech narsa bilan shug‘ullanma», «Dunyoni taraqqiyot va
kamolot sari harakatga soladigan kishi lar bo‘lmog‘i lozim», «YOlg‘on gapirib tirik qolgandan
ko‘ra, rost gapirib o‘lgan yaxshi», «O‘z nafsini engib, jilovlab olmagan kishi, hech narsa ustidan
g‘olib chiqa olmaydi
2
» kabi fikrlar hozirgi kunda ham ahamiyatini yo‘qotgani yo‘q.
“Avesto”da quyidagi uch jihat insonning insoniyligini ta’minlovchi
asosiy fazilatlar
ekanligi aytiladi. Bular: 1) Ezgu fikr; 2)Ezgu so‘z;, 3)Ezgu ish (amal)dir.Mana
shu fazilatlarga
ega bo‘lgan inson oliy haqiqatga musharraf bo‘ladi. Bularga erishishning asosiy vositasi mehnat
qilish, o‘rganish, izlash, o‘z ustida tinmay ishlashdir. Avestodagi ilgari surilgan diniy-falsafiy
ta’limot, zardushtiylik g‘oyalari keyingi davrlar SHarq va Evropa diniy-falsafiy ta’limotlarining
shakllanishi va paydo bo‘lishida juda katta o‘rin tutgan va rol o‘ynagan.
Dostları ilə paylaş: