Seminar mashg’ulotlari 1-mavzu. Falsafa fanining predmeti, mazmuni va jamiyatdagi roli Muhokama uchun savollar


-MAVZU. FALSAFIY TAFAKKUR TARAQQIYOTI BOSQICHLARI



Yüklə 15,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə149/452
tarix28.11.2023
ölçüsü15,64 Mb.
#167693
1   ...   145   146   147   148   149   150   151   152   ...   452
Seminar mashg’ulotlari 1-mavzu. Falsafa fanining predmeti, mazmu

3-MAVZU. FALSAFIY TAFAKKUR TARAQQIYOTI BOSQICHLARI:
G‘ARB FALSAFASI 
40 
Ma’naviy uyg‘onayotgan millat va hududda hech qachon aqidaparastlik o‘z ta’sirini to‘la 
— to‘kis saqlab qola olmaydi. YYevropada ham xuddi shunday bo‘ldi. Ma’nan kamolga etgan, 
milliy davlatchiligiga ega bo‘lgan va endi ana shu mustaqil davlatlarini kamolga etishi uchun 
qarzdor ekanligini anglab olgan YYevropa millatlari o‘zlarininng komil insonlarini endi 
inkvizitsiyaning, aqidaparastlarning hukmiga topshirishga sira ham haqlari yo‘q ekanligini 
angladilar. 
Yevropada Rim impyeriyasidan keyin bir necha asrlar o‘tib, aynan ana shu davrda ilgarigi, 
butun mintaqa hayoti uchun xristianlik va uning xilma-xil oqimlari umumiy mafkura rolini o‘tab 
kelgan davr tugadi. Endi diniy oqimlararo kurash, xristianlikning sofligini saqlashga urinishning 
mutlaqlashtirilishi natijasida vujudga kelgan inkvizitsiya ham o‘z davrini o‘tab bo‘ldi. Butun 
Yevropani boshqarib kelgan qon-qardosh va bir-biriga dushman qirollar davri ham o‘tmishga 
aylana boshladi. Yevropa uyg‘ondi. Ilm-fan sohasida chuqur o‘zgarishlar ro‘y byerdi. 
Odamlarning dunyoqarashi keskin o‘zgara boshladi. Endilikda milliy davlatlarning har biri 
uchun muhim bo‘lgan mafkuraning shakllanishi zaruriyatga aylanib qoldi. Albatta bunda biz 
sanab o‘tgan omillar, ya’ni qirollik an’analari, xristianlik va uning oqimlari ta’siri, 
umumYevropaga xos xususiyatlar, Rim impyeriyasi davrida bir oila bo‘lib yashagan xalqlar 
o‘rtasidagi hududiy va ma’naviy yaqinlik o‘z ta’sirini o‘tkazdi. Ammo, asosiysi, bu davrda milliy 
g‘oyalar to‘la-to‘kis amalga oshishi uchun ijtimoiy sharoit etildi, italiya, ingliz, fransuz va 
boshqa xalqlar o‘z davlatchilik an’analarini to‘la-to‘kis tikladilar. Bu davlatlarda shakllangan 
falsafiy maktablar faqat milliy qobiqqa o‘ralib qolmadilar, balki umumYevropa va butun jahon 
taraqqiyotining umumbashariy muammolarini falsafiy jihatdan izohlash, ilmiy o‘rganish va 
asoslashga harakat qila boshladilar. ushbu davr falsafasi ham oldingiga nisbatan katta qadam 
tashladi. Fanda qo‘lga kiritilgan yutuqlarning falsafiy izohlanishi, kashf etilayotgan ilmiy usul va 
uslublarning falsafaga tadbiq etilishi, falsafiy qonunlarni fanning turli sohalarida sinab ko‘rilishi 
o‘sha davr faylasuflari uchun odatiy holga aylandi. Bu tamoyillar esa milliy chegaralarni 
bilmaydigan, umuminsoniy qadriyatlar xususiyatiga egadir. Uyg‘onish davri Yevropa fani va 
falsafasi ham insoniyat tarixida eng buyuk ko‘tarilish davrlaridan biri bo‘lib qoldi. 
Ingliz falsafasi. O‘sha davr falsafasining asosiy vakillaridan biri F. Bekon (1561-1626) 
yuqoridagi masala haqida shunday degan edi: «Moddiy dunyo, mamlakatlar, dengizlar, planeta 
juda keng bo‘lgani holda insonlarning ma’naviy dunyosini eski chegaralar bilan o‘rab qo‘yilishi 
sharmandalikdan boshqa narsa emas» («Yangi Organon» kitobi). Bekon ingliz falsafasining o‘rta 
asrlardagi taraqqiyotiga eng katta hissa qo‘shgan olimlardan biridir. Uning ta’limoticha, fanning 
yangi binosini ko‘rish uchun, to‘g‘ri fikrlashga o‘rganish kyerak. Bekon ta’limoticha, tabiatni 
bilishda bir necha «idollar» insonga halaqit byeradi. Ular inson aqlini o‘rab tashlaydi. Ular 
asosan to‘rtta. Birinchisi urug‘ idollari, bular inson zotiga, butun odamlarga xosdir. Masalan, 
Bekon shunday deydi: «insonning aqli qiyshiq ko‘zguga o‘xshaydi. U narsalarning tabiati bilan 
o‘z tabiatini aralashtirib yuborib narsalarni qiyshiq, buzuq ko‘rsatadi. Ikkinchisi, g‘or idollari. Bu 
har bir odamnning o‘z spetsifik xususiyatlari natijasida yanglishishi. Ular fikrlash ufqining 
cheklanishidan tug‘iladi. Bu narsa hamma narsani o‘z nuqtai-nazari bilan ifodalash, o‘zinnig tor 
doirasi bilan o‘lchash natijasida vujudga keladi. Uchinchisi, maydon idollari, bo‘lib, u ma’lum 
bo‘lgan tasavvurlarga tayanish odati, noto‘g‘ri yoki noaniq tyermonologiyalarga tanqidiy 
yondoshmaslik oqibatida vujudga keladi. Bu masalaga Bekon juda ham katta ahamiyat byeradi. 
Masalan, u shuni ta’kidlaydiki, real borliqni ifodalamaydigan yoki uni noaniq, mavhum 
ifodalaydigan so‘zlar soxta tushunchalarni tug‘diradiki, ular tafakkurga teskari ta’sir qiladi. 



Yüklə 15,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   145   146   147   148   149   150   151   152   ...   452




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin