Seminar mashg’ulotlari 1-mavzu. Falsafa fanining predmeti, mazmuni va jamiyatdagi roli Muhokama uchun savollar


-MAVZU. FALSAFIY TAFAKKUR TARAQQIYOTI BOSQICHLARI



Yüklə 15,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə150/452
tarix28.11.2023
ölçüsü15,64 Mb.
#167693
1   ...   146   147   148   149   150   151   152   153   ...   452
Seminar mashg’ulotlari 1-mavzu. Falsafa fanining predmeti, mazmu

3-MAVZU. FALSAFIY TAFAKKUR TARAQQIYOTI BOSQICHLARI:
G‘ARB FALSAFASI 
41 
To‘rtinchisi, teatr idollari: ular avtoritetlar fikriga ko‘r-ko‘rona yergashib qadimgilarning falsafiy 
sistemalarini davom ettiravyeradilar. 
Bekon tomonidan sxolastikaga qarshi qaratilgan idollarning tanqidi katta metotologik 
ahamiyatga egadir. Bekon bilish nazariyasining birinchi bosqichi esa tajribadir, ikkinchi bosqichi 
aqldir. U tajriba ma’lumotlarini ratsional qayta ishlaydi va umumlashtiradi. Bekon ta’limoticha, 
olim chumoliga o‘xshab faqat yig‘ish va yig‘ilganlar bilan kifoyalanmasligi kyerak, 
o‘rgimchakka o‘xshab hayotdan ajrab, faqat o‘zining shaxsiy aqli bilan o‘zining makrli 
falsafasini to‘qimasligi kyerak. Bekon ta’limoticha, olim asalariga o‘xshab gullardan olib keyin 
ularni asalga aylantirishi lozim. Bekon o‘zining ijtimoiy-siyosiy qarashlari bo‘yicha kuchli 
markazlashgan davlat tarafdori bo‘lgan. Jamiyat hayotida asosiy rolni Bekon fikricha san’at va 
savdo rivojlanishi o‘ynaydi. 
Uning ta’limotini Tomas Gobbs (1588-1679) takomillashtirgan va rivojlashtirgan. Gobbs 
moddiylikni asosiy substansiya deb hisoblagan, matyeriyaning abadiyligi, harakatning esa 
mexanistik tarzda amalga oshishining tarafdori bo‘lgan olimdir. U matematik sifatida borliqning 
namoyon bo‘lishini geometriya fani nuqtai nazaridan tushuntirgan. Bilish nazariyasida Gobbs 
ko‘proq empirik jihatlarga o‘z e’tiborini qaratgan, sezgilarning bilimlar hosil qilish jarayonidagi 
ahamiyatini tahlil qilgan. Jamiyat taraqqiyoti va unda davlatning o‘rni hamda kelib chiqishi 
masalasida Gobbs ko‘proq xususiy mulkchilikka asoslanadi. Shu bilan birga uning fikricha 
davlatning monarxiya shakli maqsadga muvofiq bo‘lib hisoblanadi. 
Ingliz falsafasida Jon Lokk (1632-1704) qarashlari alohida o‘rin tutadi. U tajribani bilishning 
asosiy manbai deb hisoblaydi. Bunda ichki va tashqi tajriba ajratib ko‘rsatiladi. 1690 yilda Lokk 
tomonidan yozilgan «Inson aqli haqida tajriba» nomli asarida R. Dekartning «tug‘ma g‘oyalar» 
to‘g‘risidagi qarashlariga qarshi chiqadi. Lokkning fikricha bilish tabiat va inson o‘rtasidagi 
munosabatlardan iborat bo‘lib, haqiqatlar esa kishilarning bu jarayonda hosil qilgan tushunchalari, 
g‘oyalari va xulosalarining olamga mos kelishidan iboratdir. 
Ijtimoiy-siyosiy qarashlariga ko‘ra Lokk davlatning o‘ziga xos quyidagi tamoyillarini 
ta’riflaydi: 1. Hokimiyatni qonun chiqaruvchi tizimi; 2. Hokimiyatning ijro etuvchi organlari; 3. 
Ittifoq fedyerativ hokimiyati. Ana shu tamoyillar uyg‘un bo‘lganida davlatning faoliyati samarali 
amalga oshadi. Fransuz falsafasi. O‘rta asrlardagi Yevropa falsafasi taraqqiyotida Fransiyada 
shakllangan milliy falsafa maktabi nihoyatda katta o‘rin tutadi. Bu borada R. Dekart, Lametri, 
Gelvetsiy, Didro, Golbax va Russolarning qarashlari nihoyatda muhim. 
R. Dekart (1596-1650) falsafasida dualizm asosiy o‘rin tutadi. Uning fikricha matyeriya va 
ruh borliqning asosida yotadi va xudoga bo‘ysunadi. Olam, Dekart fikricha cheksiz va abadiy, u 
inson tafakkuriga bog‘liq bo‘lmagan holda rivojlanadi va takomillashadi. R. Dekartning «Men fikr 
qilayapman, demak men mavjudman» degan fikri faylasuflar orasida mashhur bo‘lib hisoblanadi. 
Bilishda fikr va sezgilarning ahamiyatini nihoyatda ortiqcha deb bilgan R. Dekart ratsionalizm 
ta’limotining asoschisi bo‘lib hisoblanadi. Uningcha insonning fikrlashi va mulohaza qilishi 
shubha ostiga olib bo‘lmaydigan jarayondir, undan boshqa hamma narsani tekshirish shubha ostiga 
olish mumkin. Dekart o‘sha zamonning eng buyuk matematiklaridan biri bo‘lib, o‘z davrida aniq 
fanlar sohasida katta ahamiyat kasb etgan deduksiya usulini falsafaga kiritgan olim bo‘lib 
hisoblanadi. 
Lametri va Gelvetsiy, Didro va Golbax o‘z davrida fransuz hayotida nihoyatda katta 
ahamiyatga ega bo‘lgan milliy davlatchilik, inson erkinligi va haq-huquqlari muammolariga 
alohida e’tibor qaratganlar. Fransuz millatini ma’naviy jihatdan yuksaklikka ko‘tarish va 



Yüklə 15,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   146   147   148   149   150   151   152   153   ...   452




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin