Seminar mashg’ulotlari 1-mavzu. Falsafa fanining predmeti, mazmu
v) Butun va qism. Ma’lumki, borliqdagi har bir narsa, hodisa, jarayon bizning ko‘z oldimizda bir butunlik
sifatida gavdalanadi. Biz ularni o‘rganar ekanmiz, ularning qismlardan, bo‘laklardan,
komponentlardan, elementlardan iboratligini ko‘ramiz. Bu qismlar, bo‘laklar, komponentlar,
elementlar o‘zaro muayyan qonuniyatlar orqali birikib, ma’lum tuzilishdagi bir butun narsani,
hodisa yoki jarayonni tashkil qiladilar. Bu narsa va hodisalarning ma’lum bir guruhi o‘zaro
birikib, biron bir sistemani hosil qiladi. Bu esa ma’lum strukturaga ega bo‘lib, muayyan
elementlardan iborat bo‘ladi. Bundagi butun, qism, sistema, struktura, elementlar o‘zaro
dialektik birlikda, bog‘lanish va aloqadorlikda mavjud bo‘ladi.
Xo‘sh, butun va qism deb nimaga aytiladi?
Butun — o‘zaro dialektik aloqadorlikda bo‘lgan qismlar, bo‘laklar, tomonlar, elementlar,
komponentlarning uzviy birligidan iborat bo‘lgan alohida narsa, hodisa, jarayondir. Masalan,
bizni o‘rab turgan olam bir butundir. Qism esa shu butunni tashkil qilgan, uning tarkibidagi
ma’lum bo‘lak, komponent, elementdir. Masalan, bir butun olamning bir qismi tabiatdir.
Borliqdagi narsa va hodisalarga xos bo‘lgan butun va qismlarning o‘zaro qonuniyatli
aloqadorligi «Butun va qism» kategoriyalarida aks etadi va ifodalanadi. Olamdagi har bir
predmet (hodisa, buyum, protsess) ana shu butun va qismlarning dialektik birligidan iborat.
Masalan, leksikologiyaga oid «ishchilar» so‘zini olsak. Bu so‘z: «ish» — «chi» — «lar» kabi
ma’noli qismlardan iborat. Bu qismlar o‘zaro birikib, bir butun «ishchilar» so‘zini hosil qiladi.
Butun va qism o‘zaro dialektik aloqadorlikdadir. Butunning umumii tabiati uni tashkil
qiluvchi qismlarning umumiy xususiyatlaridan kelib chiqib, butun tarkibidagi har bir qism
butunning o‘ziga xos xususiyatini ma’lum darajada ifodalaydi. Lekin butunni tashkil qilgan bu
qismlar butun tarkibida har biri alohida-alohida emas, balki butunning bo‘laklari sifatida
ko‘rinadi. Unda butunga xos ma’lum xususiyat qismlarga ham xos bo‘lishi mumkin. SHu bilan
birga, butun tarkibidagi qismlar butun bilan umumiy birlikka ega bo‘lishi bilan birlikda, ular
bilan o‘zaro ziddiyatda, qarama-qarshilikda bo‘lishi ham mumkin. Butunsiz qismlar va
qismlarsiz butun yo‘q va bo‘lishi mumkin emas, ular faqat o‘zaro aloqadorlikda, birlikda,
birgalikda, bir-birini taqozo qilgan holda mavjud bo‘ladi. Bunda butunni tashkil qiluvchi qismlar