Seminar mashg’ulotlari 1-mavzu. Falsafa fanining predmeti, mazmu
5-MAVZU. OLAMNING UNIVERSAL ALOQALARI VA RIVOJLANISH. FALSAFANING QONUN VA KATEGORIYALARI 78
3. Mohiyat nisbatan doimiyligi va barqarorligi bilan hodisadan farq qiladi. Mohiyat va
hodisa munosabatini daryoning yuzidagi ko‘piklar va uning ostidagi suvning tez oqimiga
o‘xshatish mumkin. Bundagi daryo harakatining yuzidagi ko‘piklar hodisa bo‘lsa, ularning
ostidagi suvning tez oqimlari mohiyatdir. Lekin uning ustidagi ko‘piklar ham mohiyatning
o‘ziga xos ifodasidir.
4. Mohiyatning nisbiy doimiyligi va barqarorligini, hodisaning o‘zgaruvchanligini
mutlaqlashtirmaslik lozim. Chunki mohiyat ham, hodisa ham o‘zgarib boradi. Lekin mohiyat
hodisaga nisbatan sekin o‘zgaradi, u ma’lum barqarorlikka ega.
Mohiyat va hodisa o‘zaro umumiy tomonlarga ega. Masalan: a) har qanday mohiyat
hodisada namoyon bo‘ladi, hodisa esa mohiyatning u yoki bu holda ko‘rinishidir: b) mohiyat va
hodisa ob’ektiv xarakterga ega bo‘lib, ular inson ongiga bog‘liq bo‘lmagan holda ham
mavjuddir; v) mohiyat ham, hodisa ham doimo o‘zgarishda va rivojlanishda bo‘ladi. Biroq
mohiyat va hodisa ziddiyatli xarakterga ham ega. Shu bilan birga, mohiyatning o‘zi ham
ziddiyatlidir. Dialektika buyumlarning o‘z mohiyatidagi ana shu ziddiyatlarni o‘rganadi.
Dialektikaning mohiyat va hodisa kategoriyalari konkret fanlarning shu sohada erishgan
yutuqlarini umumlashtirish asosida doimo boyib, rivojlanib boradi. Ular inson amaliyoti va
barcha fanlar yutuqlarini umumlashtirish natijasida kelib chiqqandir. SHu jihatdan mohiyat va
hodisa kategoriyalari inson bilimlari tizimining hamma sohalariga tegishli bo‘lib, dunyoni
bilishning metodologik vositasi sanaladi.
Mohiyat va hodisa bog‘lanishlari fan va amaliyotda ham muhim o‘rin tutadi. Bunda
hodisani mohiyatdan ajrata bilish muhim. Mohiyatni hodisadan ajrata bilmaslik nazariya va
amaliyotda jiddiy xatolarga olib keladi.