Seminar mashg’ulotlari 1-mavzu. Falsafa fanining predmeti, mazmu
5-MAVZU. OLAMNING UNIVERSAL ALOQALARI VA RIVOJLANISH. FALSAFANING QONUN VA KATEGORIYALARI 76
umumlashtiradi. Dunyo o‘z xossalari, narsalari va munosabatlarining rang-barangligi jihatidan
cheksiz darajada boydir. Bizning so‘z boyligimiz o‘zimiz yashayotgan dunyodan
qashshoqroqdir.
Falsafiy kategoriyalar – borliqning umumiy, muhim tomonlari, xossalari, aloqa lari va munosabatlari haqida fikrlash uchun qo‘llaniladigan o‘ta keng tushunchalar majmuidir .
Falsafa kategoriyalari muayyan fanlarning kategoriyalaridan ancha farq qiladi. Bu farq shundan
iboratki, dialektika kategoriyalari ob’ektiv dunyo hodisalari turkumlarining muhim xossalari va
aloqalarinigina emas, balki barcha moddiy jarayonlarga xos bo‘lgan eng umumiy xossalar va
aloqalarni aks ettiradi. Shunday qilib, dialektika kategoriyalari ob’ektiv dunyoni ideal aks
ettirishning o‘ta keng shakllari bo‘lib, ular voqelikni bilish va ma’naviy-amaliy o‘zgartirishning
asosiy tamoyillari bo‘lib xizmat qiladi. Ba’zi hollarda,
umumiy kategoriyalar, ya’ni borliq kategoriyalari dialektika kategoriyalari deb ham nomlanadi.
Dialektika kategoriyalarini ikki turga ajratish mumkin: substansion kategoriyalar va munosabatdosh kategoriyalar .
Substansion kategoriya lar – bu boshqa kategoriyalardan qat’i nazar, alohida-alohida
qo‘llaniladigan kategoriyalar. Bunday kategoriyalar qatoriga «borliq»,«materiya», «harakat»,
«rivojlanish», «makon», «vaqt», «ziddiyat» va hokazolar kiradi. Ular ob’ektiv voqelikning
muayyan umumiy xossalarini qayd etadi, lekin bu kategoriyalarning boshqa kategoriyalar bilan
aloqalari haqida bevosita tasavvur hosil qilish imkonini bermaydi.
Munosabatdosh kategoriyalar biri ikkinchisi bilan uyg‘un bog‘liq bo‘lib, bilish jarayonida biri ikkinchisini nazarda tutadi ;
ularning biri haqida tasavvur hosil qilganda, boshqasini hisobga olmaslik mumkin emas.