5-MAVZU. OLAMNING UNIVERSAL ALOQALARI VA RIVOJLANISH. FALSAFANING QONUN VA
KATEGORIYALARI
74
va jazo chorasi o‘rtasidagi muvofiqlikka rioya etiladi. Me’yor tushunchasida miqdor va sifat
xossalarining o‘zaro aloqasi aks etadi. Tabiatda kuzatiladigan narsalarning bir holatdan boshqa
holatga o‘tishi dunyo evolyusiyasining muhim va keng tarqalgan mexanizmlaridan birini aks
ettiradi. Me’yor tushunchasi evolyusiya tendensiyalarini aniqlash, turli tizimlarning o‘tmishi va
kelajagi xususida gipotezalar tuzish imkonini beradi. Miqdor sifat jihatidan bir jinsli
hodisalarning muayyan ob’ektiv ko‘rsatkichi bo‘lib, u mazkur hodisalarning kattaligini,
mavjudlik muddatini va umuman hodisa yoki uning ayrim tomonlari rivojlanishining faollik
darajasini tavsiflaydi.SHunday qilib, narsa va hodisalar sifat va miqdor xususiyatlariga ega
bo‘ladi. Ammo narsalar va hodisalarning bu tomonlari o‘rtasida uzviy aloqa mavjud emasdek,
ularning biri ikkinchisiga bog‘liq emasdek bo‘lib tuyulishi mumkin. Lekin amalda bunday emas.
Miqdor va sifat o‘rtasida dialektik aloqa mavjud: muayyan sifatni aks ettirmaydigan miqdor
mavjud emas va shu bilan bir vaqtda miqdorsiz sifat ham yo‘q. Mazkur sifatga qo‘shimcha
tarzda doim qandaydir emas, balki muayyan miqdor javob beradi. Biz, masalan, uzunligi
Amudaryo ustida qurilgan ko‘prikning uzunligiga teng bo‘lgan stolni ko‘rmaganmiz.
Miqdor va sifat o‘zgarishlarining o‘zaro bog‘liqligi haqidagi qoida umumiy ahamiyat kasb etadi.
U atrof borliqning barcha narsalari va hodisalariga nisbatan o‘rinli, ya’ni dialektika qonuni
kuchiga ega. U quyidagicha ta’riflanadi: m
iqdor va sifat o‘zgarishlarining bir-biriga o‘tishi
qonuni narsaning
miqdor va sifat tomonlarining shunday bir o‘zaro aloqasini aks ettiradiki,
uning ta’sirida miqdor o‘zgarishlari me’yor chegarasidan chetga chiqib, albatta tub sifat
o‘zgarishlariga sabab bo‘ladi, bu sifat o‘zgarishlari esa, o‘z navbatida, yangi miqdor
ko‘rsatkichlariga olib keladi.
Bu qonunga muvofiq rivojlanish
bir-biridan farq qiladigan, lekin
o‘zaro bog‘langan ikki bosqich – uzluksizlik va uzluklilikning birligi sifatida yuz beradi.
Rivojlanishda uzluksizlik – bu juda sust, ko‘zga ko‘rinmas miqdor o‘zgarishlari bosqichi.
Rivojlanishda uzluklilik sakrash deb ataladi.
Dostları ilə paylaş: