Seminar mashg’ulotlari 1-mavzu. Falsafa fanining predmeti, mazmuni va jamiyatdagi roli Muhokama uchun savollar


Ayniyat –  predmet umumiy belgilarning muayyan davrda o‘z-o‘ziga mosligi



Yüklə 15,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə191/452
tarix28.11.2023
ölçüsü15,64 Mb.
#167693
1   ...   187   188   189   190   191   192   193   194   ...   452
Seminar mashg’ulotlari 1-mavzu. Falsafa fanining predmeti, mazmu

Ayniyat – 
predmet umumiy belgilarning muayyan davrda o‘z-o‘ziga mosligi

Predmetning 
rivojlanishi va ziddiyatlarning echilishi bir necha bosqichdan
 
o‘tadi. Dastlabki bosqich – 
predmetning o‘z-o‘zi bilan nisbiy ayniylik holati. Tabiatda mutlaq ayniyat mavjud emas. 


5-MAVZU. OLAMNING UNIVERSAL ALOQALARI VA RIVOJLANISH. FALSAFANING QONUN VA 
KATEGORIYALARI 
72 
Masalan, har bir organizm hatto oqsil molekulasining tuzilishi darajasida ham o‘ziga xos 
belgilarga egadir. Har qanday predmet hech qachon o‘z-o‘zi bilan ayniy bo‘lmaydi. Masalan, 
ko‘zguga kelar ekansiz, siz o‘z qiyofangizda hech qanday farq ko‘rmaysiz. O‘z do‘stingiz bilan 
oradan besh yil o‘tib uchrashgach, ikkalangiz ham: «U juda o‘zgarib ketibdi!» deb
 
o‘ylasangiz 
kerak. 
SHu bois, 
«ayniyat» 
tushunchasi ziddiyat tarqalishining dastlabki bosqichini
anglatadi. 
Bu bir xillik, narsa, hodisa, jihatning o‘z-o‘ziga yoki boshqa narsalar, hodisalar, jihatlarga 
o‘xshashlik munosabati
. Ziddiyatning vujudga kelishi yagonaning ikkilanishi sifatida, 
yagonaning o‘z-o‘zini qarama-qarshiliklarga differensiatsiya qilishi sifatida yuz beradi. 
Ikkilanish chog‘ida bir vaqtning o‘zida ayni shu munosabatda qarama-qarshiliklar birligi ham, 
ularning kurashi ham vujudga keladi. Ziddiyatning shakllanish jarayonida qarama-qarshiliklar 
kurashi birinchi o‘ringa chiqadi va rivojlanishning ichki, teran manbaiga aylanadi. Ziddiyatning 
o‘zida qarama-qarshiliklar har xil rol o‘ynaydi. Faolroq, harakatchanroq qarama-qarshilik 
ziddiyatning etakchi tomoni hisoblanadi. Qarama-qarshiliklar kurashi oxir-oqibatda yangi sifat 
holatiga olib keladi. Paydo bo‘luvchi yangi hodisalar o‘zlariga xos bo‘lgan yangi ziddiyatlarga 
ega bo‘ladi. Bu ziddiyatlar mazkur hodisalar rivojlanishining harakatlantiruvchi
 
kuchi 
hisoblanadi. Ziddiyatlarning rivojlanish jarayoniga yanada chuqurroq kirish uchun ularning 
tarqalish bosqichlari (fazalari)dan tashqari, ularning holatlarini ham farqlash zarur. Predmetli-
moddiy, «etilgan» ziddiyatning holati deganda, qarama-qarshiliklarning amal qilish usuli, 
«birligi va kurashi»ning namoyon bo‘lish xususiyati tushuniladi. Ayni shu xususiyat bu qarama-
qarshiliklarning rivojlanish xususiyati va faollik darajasini belgilaydi. Ziddiyatning rivojlanish 
jarayonida bosqichlarni yoki tarqalgan, «etilgan» ziddiyatni tavsiflovchi holatlarni ham farqlash 
mumkin. Ijtimoiy tizimlarga tatbiqan ziddiyatlarning rivojlanish bosqichlariga nisbatan bunday 
yondashuv ularning quyidagi holatlarini aniqlash imkonini beradi: garmoniya, disgarmoniya, 
konflikt.
 
SHuni qayd etish muhimki, ziddiyatlar rivojlanayotgan har qanday tizimda mazkur 
tizim mavjudligining boshidan oxiriga qadar mavjud bo‘ladi. Holatlar, miqdor ko‘rsatkichlari, 
qarama-qarshiliklarning o‘zaro aloqasi xususiyati, ularning tizimdagi roligina o‘zgaradi.

Yüklə 15,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   187   188   189   190   191   192   193   194   ...   452




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin